Enter Engineering safidagi yoshlar
Murodjon Sharipov Enter Engineering yosh avlodining yorqin vakili. 2022-yilda Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tamomlagach, korxonaga ishga kirib, o‘z mehnat faoliyatini Boysun gazni qayta ishlash zavodi qurilish loyihasida qurilish hujjatlari bo‘yicha mutaxassis sifatida boshlagan.
— Qurilish maydonchasiga kelganimda korganlarim – bunyod etilayotgan zavodning ko‘lami va bu erda amalga oshirilayotgan ishlar meni hayratga soldi, — dedi Murodjon Sharipov.
— Birinchi taassurotlardan so‘ng, kundalik tashvishlarga to‘la hayot boshlandi: belgilangan talablarga muvofiq tuzilgan hujjatlar to'plamini qayta ishlash, tayyorlash, to'ldirish. Shuningdek, men ofis xodimlari tomonidan topshiriqlarning bajarilishini monitoring qilaman.
Bizning ishimizda ustozim, rahbarim Aleksey Nikolaevich Sisolyatin ta‘kidlaganidek, aniqlik, qat‘iyatlilik, eng muhimi, savodxonlik kabi fazilatlar muhim ahamiyatga ega.