May 5, 2019
Ramazon muborak!
Salom, Noila!
Kirib kelgan muborak ramazon oyi barchamizga qutlugʻ kelsin. Olloh barchamizga sabr-qanoat ato etsin. Shunday muborak oyda olloh barchalarmizning qilgan gunohlarimizni kechirsin.
Muborak oyda barcha yaqinlarimiz bilan qilingan gina-kudratlardan chekinib inoqlikda roʻza tutib, ibodat qilish nasib etsin.
Qutlugʻ ramazon oyiga yetkazganinuchun ollohga shukurlar boʻlsin. Qilgan har bir duomiz mustajo boʻladigan shunday oyda sizga sogʻlik salomatlik, mustahkam ishonch, sabr-qanoatlar tilayman.
Ramazon oyi muborak boʻlsin!