NBU bank ilovasi orqali virtual HUMO, VISA va Mastercard!
Assalomu aleykum! Ushbu maqolada siz NBU bank ilovasi orqali virtual kartalarni qanday qilib ochishni o'rganib olasiz. 5 daqiqa ichida 3 ta karta!
1)NBU bank ilovasini o'z telefoningizga o'rnatib oling va ro'yxatdan o'ting!
2) Ro'yxatdan o'tish uchun telefon raqamingizni kiritasiz, sms-tasdiqlash kodi keladi (uni hech kimga bermaysiz). Kelgan kodni kiritishingiz kerak bo'ladi;
3) Ro'yxatdan o'tib bo'lganingizdan so'ng, bank kartalaringiz bo'lsa, ularni kiritishingiz kerak bo'ladi, bank kartalaringiz bo'lmasa, Virtual kartalar (hamyon) ochish imkoniga ega bo'lasiz. Buning uchun "Yana" tugmasini bosib -> "Karta buyurtma qilish" tugmasini bosasiz:
4) Paydo bo'lgan darchada siz UZCARDdan tashqari VIRTUAL HUMO, VISA va MASTERCARD kartalariga buyurtma berishingiz mumkin.
5) Shartlar bilan tanishib, "Karta buyurtma qilish" va undan so'ng "Yuborish" tugmalarini bosasiz va Virtual so'm/valyutalik kartalarga ega bo'lasiz:
6) Ochilgan HUMO/VISA/MASTERCARD virtual kartalaringizni, "Kartalar" bo'limidan topasiz.
Boshqa banklar:
Ravnaq Bank - Humo, Visa, Mastercard - https://youtu.be/l9pygr6F8p4?si=zQCHEJayEO9ZqE2Y
TBC - Humo, Visa - https://youtu.be/l9pygr6F8p4?si=zQCHEJayEO9ZqE2Y
AgroBank - Humo, Visa - https://youtu.be/w5GWDaG27U8?si=6Nnmy0jfaRbzA6fa
Beeline - Visa (Ravnaq Bank) - https://youtu.be/w5GWDaG27U8?si=6Nnmy0jfaRbzA6fa
Anorbank - Mastercard - https://youtu.be/AsRoLLQmr4U?si=7hduYZLiPtJHDkC5
Kapital - Humo https://teletype.in/@admin_uzb_1/bHjcylYpTb
Zoomrad - HUMO/VISA https://teletype.in/@SugarMicky/visavertual