Qorovulbozor tuman adliya bo‘limi tomonidan Do'stlik OShP da huquqiy targ'bot kuni tashkil qilindi
Targ‘ibot tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasining 28.10.2022-yildagi O‘RQ-798-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining, Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan normalar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.03.2024 yildagi “Mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini va hamkorligini samarali ta’minlash hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan amalga oshirishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-aprel kunidagi 204-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may kunidagi PF-80-son Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi