October 23

Qorovulbozor tuman adliya bo‘limi tomonidan “Bo’ston” MFYda xususan, aholini kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish maqsadida uzoq hududdagi qishlog aholisi bilan uyma-uy uchrashildi.

Uyma-uy yurish orqali uchrashuv jarayonida fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, aniqlangan huquqiy muammolar bo‘lim ish yurituviga qabul qilindi.

Bundan tashqari, mahallaning “Mahalla yettiligi” hamda aholiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-aprel kunidagi 204-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may kunidagi PF-80-son Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha tushuntirishlar berilib flayerlar tarqatildi.

Shuningdek, aholini saylov qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish bo’yicha tushuntirish ishlari o’tkazildi.

Qorovulbozor tuman adliya bo‘limi