June 23, 2022

Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tuman“Oziq-ovqat dehqon bozori” MCHJda Jarqo'rg'on tumani YXKM bosh yuriskonsultlari X.Saodatov ishtirokida huquqiy targ`bot tadbiri o'tkazildi.

Jarqo‘rg‘on tuman Adliya bo`limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti X.Saodatov ishtirokida 2022 yil “22 ” iyun kuni Jarqo‘rg‘on tuman “Oziq-ovqat dehqon bozori” MChJ radiouzeli orqali hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini, milliy qonunchiligimizdagi o‘zgarishlar, normativ-hujjatlarning ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda, 2022 yil 16 may kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘RQ-769-son qonuni, 2022 yil 31 may kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Fuqaroviy qurol va uning o`q-dorilarini hadya etish taqiqlanishi toʻgʻrisida”gi O‘RQ-772-son qonuni, 2022 yil 31 may kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Ko`p kvartirali uylar konstruksiyalarini noqonuniy o`zgartirganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-773-son qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi “Sement-beton qoplamali avtomobil yo‘llari tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-249-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 mart kunidagi “Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-240-sonli farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 may kunidagi “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”giPQ-263-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 19-maydagi 2022/2023 o‘quv yilidan davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etish to‘g‘risida”gi 271-sonli qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.