October 21

Capitan Jeon

~15-QISM~

Skuter to'g'ri yo'l bo'ylab harakatlanib ketarkan, Capitan Jeon ham, uning beliga qo'llarini o'rab olgan Sue ham faqat sukunat bilan kifoyalanishardi

Sue yiqilib ketmaslik uchun Capitanning ortidan deyarli quchoqlab olgan, uning nafas olishigacha sezib ketardi

Jungkook esa tez-tez uni o'rab olgan qo'llab tomon qarab, bilinar-bilinmas tabassumini namayon qilardi-yu, chap yuzida kulgichi ko'rinish berar edi

Ko'p vaqt o'tmay kun o'rnini g'ira-shiralikka bo'shatib bera boshladi. Bunga osmondagi bulutlarning ko'payishi ham sabab bo'lgandi

Havo ayniyotganini sezishgach, Jungkook skuterni tezroq hayday boshladi, garchi yo'l halo hamon ancha uzoq bo'lsa-da..

-Bo'linmagacha yetib bora olmaymiz, deb qo'rqaman - dedi Capitan qo'lining ustiga tomgan yomg'ir tomchisiga qarab

-Osmon go'yoki avval tomchilab turib, keyin bor suvini yer yuziga ag'darib yubormoqchidek?..- Sue bo'g'ilgan osmonga tikilib gapirarkan, Capitan Jeon kulib yubordi:

-Ajoyib bo'lardi, to'g'rimi?

-Hechamda, men yomg'irni yoqtirmayman! - Sue

-Nega ekan?! - Capitan Jeon hayratli nigoh bilan ortiga bir nazar tashladi

-Kayfiyatim ham osmon kabi bo'g'ilib, tushib ketadi. Keyin yurganda poychalarim ho'l va loy bo'ladi. Undan ko'ra, quyosh charaqlab nur sochib turganiga nima yetsin?! - Sue lablarini yoyib tabassum qildi

-Qo'yaver yomg'ir yog'aversin! Yer yuziga bitta sendek quyosh yetadi - Capitan Jeonning gaplari sabab Suening tabassumi beixtiyor kengaydi

Kutilganidek, oradan bir qancha daqiqalar o'tgach yomg'ir tezlasha boshladi. Sue Jungkookning qo'llari bandligi sabab, bir qo'lini uning belidan bo'shatdi va Jungkookning boshiga pana qildi

-Mitti qo'lchalaring bilan qanchalik yomg'irdan to'syapman, deb o'ylaysan? - kuldi Capitan Jeon boshi tepasiga qaragancha

Sue tutib turgan qo'li bilan Capitanning boshiga yengil zarba berdi-yu, lablarini burishtirdi:

-Men yordam bermoqchi bo'lsam-u?..

Capitan Jeon Suening o'sha qo'lidan tutib, takror o'z boshi tepasiga tutdi:

-Meni yomg'irdan himoya qil, men esa seni qolgan hamma narsadan himoya qilaman!

Skuterdagi juftlik ancha qorong'ulashib qolgan yo'l uzra uzoqroqda yorug'lik ko'rishdi

Yaqinroq borishganida bu temiryo'l stansiyasining bekati ekanligini ko'rib, Capitan Jeon skuterini to'xtatdi

-Kechirasiz?..- Jungkook stansiya bekatining derazasini barmoqlari bilan taqillatdi

Qorovul bu shiddatli yomg'irda panaga kirgancha shalabbo bo'lib ketgan yigit va qizni ko'rib, hayron holatda derazasini ochdi:

-Tinchlikmi, bolalar?

-Men Janubiy Koreya 021-harbiy bo'linmaning bosh Capitani Jeon Jungkookman. Telefoningizdan foydalansam bo'ladimi, bo'linmaga xabar berib qo'yishim kerak - Jungkook derazaga egilgancha gapirarkan

-H-ha..ha marhamat! - qorovul bu yerlardagi yagona aloqa vositasi bo'lgan simli telefonni deraza tomon surdi

Capitan Jeon harbiy bo'linma bilan bog'lanib, ob-havo tufayli ertaga qaytishini va Sue ham u bilan birga ekanligining xabarini berdi

-Sizga katta rahmat! - Capitan Jeon bilan birgalikda Sue ham tez va kichik ta'zim qilgancha, shoshilib ketishdi

-Xoy, xoy! Bu havoda qayerga borasizlar?! - qorovul ularning ortidan qo'l siltab baqirgancha qarab qolarkan, ular allaqachon skuterlariga yetib olib, o't oldirish bilan ovora edi

Qorovul amaki Jungkook va Suening ketishini derazadan boshini chiqargancha qarab turarkan, notanish ovozni eshitib sergak tortdi:

-Xayrli kech!

-Senga ham?..

-Ular..- notanish inson Capitan Jeon va Sue tomon ishora qildi - Kimga qo'ng'iroq qilishdi?

-Senga nega kerak? - qorovulning ko'zlari yetarlicha qisilib, notanish odamni boshdan-oyoq o'rganib chiqdi

-Men ham askarman, iltimos javob bering - u qorovulni ko'ndirish maqsadida ovozini biroz yumshatdi

-U Janubiy Koreya 021-bo'linma Capitani ekan. Bo'linmasiga qo'ng'iroq qilib, yo'lda muammo chiqqanini aytdi - qorovul xotirjam joyiga o'tirdi

-Demak, shunday deng?..- notanish odamning nigohlari Capitan Jeon va Sue ketgan tomonda qotib qoldi

Yomg'irning ayamay yog'ishlari ostida Capitan Jeon va Sue o'sha kichik uychaga yetib kelishdi

Bu avvalroq Capitan kiyimlarini va mashinasini skuterga almashtirgan, daraxtzorlar orasidagi mo'jaz uy edi..

Capitan Jeon Suening yelkalaridan ushlab, zinadan uy eshigi tomon ko'tarilishiga va ichkariga kirishiga yordam berdi

-Men hozir olov yoqaman - Jungkook tezlikda kichik pechka ichiga olov qalashga tushib ketdi

-Men mana buni topdim! - Sue ikkita adyolni qo'llarida ko'tarib chiqdi va kichik kresloga o'tirdi - Bu yerda kiyimlar bo'lmasligi esa tabiiy..

Jungkook yoqqan olov natijasida uy ichiga biroz yorisharkan, Suega qaradi:

-Adashasan, go'zal qiz! Hammasini sinchkovlik bilan kuzatibsan-u, men bu yerda kiyimlarimni alishtirganim esingda yo'qmi? - masxara qilib kuldi

Sue o'zini xuddiki josusdek tasavvur qilib, yuzlari qizarib ketdi va adyolga qattiqroq o'ranib oldi

Capitan Jeon boshqa xonadan quruq kiyimlarini olib chiqib, Sue tomon uzatdi:

-Bularni alishtirib ol

-Bu sizniki, o'zingiz kiyavering! Men hozir qurib qolaman. Mana ancha yaxshi his qilyapman, uy ham isib qoldi - Sue adyolni yanayam quchoqlarkan

-Seni qara-yu? - deb kuldi Jungkook, Suening lablari hali ham titrayotganini, ammo Sue buni bildirmaslik uchun lablarini bir-biriga bosayotganiga qarab:

-Kiyimingni almashtir! Yo'qsa bu ishni o'zim qilaman!

Suening ko'zlari daxshatli tarzda kattalashib, shart etib Capitan Jeon tomon qaradi:

-Shart emas, men o'zim! - degancha Capitanning qo'lidan kiyimlarni yulib olib, boshqa xonaga kirib ketdi

Sue o'ziga anchagina katta bo'lgan Capitanning formasini kiyib, oyoq poychalari va yenglarini bir necha qavat buklangan holatda chiqdi

Uning bu holda chiqishini ko'rgan Jungkookning ko'zlari qisilib ketguncha kula boshladi:

-Ajoyib ko'rinyapsan, qasam ichaman!

-Xooy! - Sue qo'llarini havoda musht qildi - Kulmang!

Sue o'z joyiga borib, takror adyoliga o'rangancha o'tirib oldi. Capitan Jeon esa uning har bir harakatlarini bir zum ko'z uzmay kuzatib o'tirar edi

-Men bu yerda choy yoki qahva topa olmadim..- degancha yonidan issiq krujkani olib uzatdi, Jungkook..

Sue shunchaki issiq qaynagan suv bo'lsa-da, jilmayib ikki qo'lida mahkam ushlagancha jilmaydi:

-Katta rahmat)

Suening javobidan, Capitan ham o'z krujkasini tabassum qilgancha ushladi

-Xo'sh, endi so'raysanmi?..- Capitan krujka ichiga termulib turib, Suega murojaat qilarkan

-Nimani? - Sue

-Nega u yerga borganimni, qiyofam va ismimni o'zgartirganimni..men haqimda biroz bo'lsa-da shubhaga bordingmi?.. - Capitan Jeon

-Men..to'g'risiz juda qo'rqib ketdim..- Sue

-Biror narsa deyishing shart emas, o'sha holatda meni ko'rganingdan keyin albatta bunday o'ylashing tabiiy - Capitan Jeon

-Men shubhalanmadim! Faqat siz uchun qo'rqdim, xolos?..- Sue

-Bu ma'suliyatli vazifani General menga ishongani uchun topshirdi - dedi Jungkook Suega g'amgin, ammo shu o'rinda uning ishonchidan mamnun holatda qarab - Men go'yoki oddiy askar sifatida borib o'z bo'linmamizdagi kichik ma'lumotlarni yetkazaman, ammo evaziga esa u yerdagi sharoitni to'liq o'rganib kelishim mumkin bo'ladi

-Hayotingizni xavf ostiga qo'yibmi? -Suening qoshlari yetarli darajada bukildi

-Xavotir olma, hammasi joyida! 3 yil urush mobaynida oddiy xabar yetkazib turuvchi askar sifatida ularning ishonchiga kirib bo'lganman - yengil tabassum qildi, Jungkook va Suening yelkasi uzra qo'lini qo'ydi - Tez orada urush tugaydi, hali ko'rasan hech nima bo'lmagandek birgalikda baxtli yashaymiz!)

Suening yuragi bo'g'ziga qadar tez urib ketdi. Yengil nafas chiqarib, Capitan Jeonning qo'llari ustidan o'z qo'lini qo'yib, tabassum bilan qaradi

-U senga juda yarashibdi. Hech qachon yechma, kelishdikmi? - Capitan Jeon Suening bo'ynidagi yurakli zanjirga ishora qildi

Sue barmoqlari bilan zanjir ustidan mayin silab qo'ydi - So'z beraman!..

Bizning boshqa qahramonlarimiz esa yomg'irli tun zulmatida bedor edilar. Butunlay qulflangan xona ichida Aesa Mayor Kim bilan ovora bo'lsa, Yoongi ham Reya uchun shunday yonib-kuyardi

Maxsus xonaga o'tkazilgan Reya - Yoongining nazoratida ostida edi. Reyada asoratlar tezda sezilib, xuddi shu tezlikda ahvoli yomonlashib borardi

Bu holat Yoongining sabrini daqiqa sayin sinab, ojiz qolishga mahkum etmoqchidek edi, go'yo..

Yoongi maxsus niqob, qo'lqop va kiyimlar bilan himoyalangan holda, endigina Reyani uxlashga majburlagandi

Qizning sochlari uzra qo'lini yugurtirib, mayin siladi va Reyaning peshonasida kichik o'pich qoldirdi..garchi, niqob ostidan bo'lsa ham

-Tezroq tuzalib, yonimga qayt. Mening asabimni buz, jaxl qil, o'sha shirin rashkingni ko'rsat..kasal bo'lish senga yarashmaydi, sen kasallarni davolashing kerak. Qani turaqol, shifokor ham shunaqa bo'ladimi, a?..

Yoongining past ovozda Reyaga aytayotgan hazillari ortida - alamdan yig'lab yubormaslik, g'amgin tabassum berkitilgan edi..

Bu vaqtda esa Aesa sham yoqilgan stol ustida sinchkovlik bilan nimadir qilar edi

Ortida uxlayotgan Taehyungga bir qarab qo'ydi-yu, o'z ishiga takror e'tiborini qaratdi

Probirkalarga solingan o'zining va Taehyungning virus aralashgan qonini tekshirib, bor bilimlarini ishga solardi

O'zining qonidan maxsus ajratma olib, Taehyungning probirkasiga tomchilatib solar, har bir harakatini ehtiyotkorlik bilan amalga oshirar edi

Hayajon va ehtiyotkorligidanmi yoki maxsus kiyimlardagi issiqligidan - hatto peshonasidan chiqayotgan terni ham sezmasdi

~TONG~

-Tunda yelkamga suyangancha qotib uxlab qolding. Shunaqa ham tez uxlab qolasanmi, bunaqada seni qanday xotin qilaman?! - Jungkook skuterda uni quchib ketayotgan Sue tomon kulib qarab qo'ydi

-Voy, yaramasey! - Sue Capitan Jeonning yelkasiga kichik musht tushirib, qizargan yuzini yashirishga urindi

Shu tarzda ko'tarinki kayfiyat bilan bo'linmaga yetib kelishganida, atrofning tippa-tinchligi ularni biroz shubhalantirdi

-Hamma qayerda?! - Capitan Jeon skuterdan tushib, chimirilgan qoshlari bilan oldinga qarab yura boshladi

Sue ham unga ergashar ekan, barchaning shifokorlar bo'linmasida yig'ilishganiga guvoh bo'lishdi

-Bu yerda nima bo'lyapti?! - Capitan Jeon eshikni ochib, hammaga bir ko'z yugurtirib chiqdi, ortida Sue ham hayron nigohlari bilan turardi

-Yana bir shifokor qizda virus aniqlandi. Shuning uchun butun bo'linmani tekshiruvdan o'tkazyapmiz - kattaroq shifokor Capitan Jeonga yuzlanganida, barchaning harakatlari to'xtab qolgan edi

-K-kimda?..- Sue titroq ovoz bilan so'radi

-Lee Reyada. U hozir maxsus xonada, shifokor va askar Min Yoongining nazoratida

Suening nafasi tiqilib, nigohlari qotib qoldi. Capitan ham buni sezgandek Sue tomon qarab, chuqur nafas oldi

-Akam va Reyaning ahvoli qanday?.. - Capitan Jeon

Shifokor xo'rsinib sukut saqlagancha yerga qarashining ma'nosini Capitan Jeon ham, Sue ham tushundi

-Bu yerlarda yaxshilab davolashning imkoni yo'q. Virusga chalingan barchani maxsus samalyotda shaharga yuboramiz. Ertaga ertalab. - Capitan Jeon shunday degancha, tashqariga chiqib ketdi

-Shoshmang, Aesa onnim va Yoongi ham ketishadimi? - Sue Capitan Jeonning ortidan yurgancha so'roqladi

-Ha, ularda ham virus bo'lishi ehtimoli bor, axir - Capitan Jeon

-To'g'ri..- Suening qadamlari oldinda yurib ketayotgan Jungkookning to'xtashi bilan birdan to'xtab qoldi

Bu Mayor Kim joylashgan xona edi. Jungkook eshikni taqillatgancha Aesani chaqirdi

-Men hozirgina Mayor Kimga ukol qildim. Kechasi bilan izlanib virusga qarshi suyuqlik tayyorladim. Vaqt kerak, hammasi ijobiy bo'lishini kutyapman..- Aesa eshik ortidan gapirar edi

-Nahotki?..- Capitan Jeonni tasvirlab bo'lmas quvonch egallab oldi - Nima bo'lsa ham menga xabar berib turing, iltimos!

-Yaxshi, tashvishlanma! - Aesaning gapini eshitishi bilan Capitan Jeon ortidagi Suega yoshli ko'zlari bilan qarab, so'ng qattiq quchib oldi

Sue bilan birgalikda Capitan Jeon ham - Reya va Yoongidan xabar olib, Aesa aytgan yangilikdan ularni ham biroz tinchlantirishdi

~15-qism tugadi~

#Yerim
@daisy_fanfic