October 15

15 oktyabr – qishloq ayollari kuni munosabati bilan “Yosh xotin-qizlarning kiyinish madaniyati, axloqi, oila estetikasi va milliy qadri” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi 

2024 yilning 15 oktyabr kuni Nemis filologiyasi kafedrasida “Ma’naviyat kuni” tadbirlari doirasida 15 oktyabr – qishloq ayollari kuni munosabati bilan “Yosh xotin-qizlarning kiyinish madaniyati, axloqi, oila estetikasi va milliy qadri” mavzusida davra suhbati tashkil etishdi.

Davra suhbatida kafedraning barcha professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi va  kafedra kattao’qituvchisi D.H. Hayotovaning shu mavzudagima’ruzasi tinglandi: Ayol – ulug‘ zot. Ayol – e’zozgamunosib, madh etiluvchi, e’tiborga loyiq zot. Shoirningshe’ri, adibning asari, mashshoqning nolasi, olimningilmi unga qaratilgan. Azaldan shunday bo‘lgan. Hozirham shunday. Ular – uyda oila, ishxonada jamoatko‘rki. Bir so‘z bilan aytganda, Yaratganning buyukmo‘jizasi. Kiyim – inson tanasini yopib turuvchi parda. Manbalarda u bilim, did, farosat, hayo kabi insoniyfazilatlar bilan bog‘liq holda talqin etilgan. Libos insonmadaniy darajasining asosiy belgisi hamdir. Kiyinishmadaniyati insonning go‘zallik, nafosat, nazokat, odobborasidagi qarashlarini aks ettiradi. Kishiningkiyinishiga qarab, uning nafaqat ma’naviy-madaniydarajasi, balki moddiy ahvoli, kasbi, jamiyatdagimavqei, hatto e’tiqodini ham aniqlash mumkin. Demak, libos imon, e’tiqod masalasi ham ekan. Manbalarda ta’kidlanishicha, libos, avvalambor, jismniyopishi lozim. Uning vazifasi – shu. Aks holda, boshqalar e’tibori sizga qaratiladi. Bu esa ortiqchanoqulaylik, diniy jihatdan gunohga sabab bo‘ladi.Ikkinchidan, libos iqlimga, faslga mos bo‘lishi talab etiladi. Aksincha bo‘lsa, sog‘liq ham, imon ham zararko‘rishi mumkin. Xalqimiz bejizga “yozdayopinchig‘ing tashlama, qishda o‘zing bilasan”, demaydi, axir. Yozdagi yopinchiq – libos quyoshdanasrasa, qishning sovug‘i insonnni beixtiyor qalinkiyimlar kiyishga majbur qiladi. Uchinchidan, libosinsonning tashqi qiyofasiga mos, milliy-ma’naviyqadriyatlarga muvofiq bo‘lsin. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, atlas, adras – ayollar libosi matosi. Aslo erkaklarniki emas. Vaholanki, ayrim yoshlar, ayniqsa, zamonaviylik, moda ketidan quvadigan yosh AYOLlar bu matolardan libos tiktirib, o‘zlarini ko‘z-ko‘z qilmoqda. Ammo bilmaydilarki, bu ishlariularning ilmsizligiyu asl tarixdan bexabarliginiko‘rsatmoqda. Bizningcha, hozirgi qizlar ham birchetda qarab turgani yo‘q. Masalan, “hap, senimi?” – deb yigitlar shimlarini tor qilib kiyib olishmoqda. O‘tmish tariximizdagi Nodirabegim, Bibixonimlarhozirgi kundagi ayrim qizlarimiz kiyinishi ko‘rgandabormi? Uyatdan qayta o‘lgan bo‘lmasmidi? Bu ham do‘ppini yerga qo‘yib, jiddiy o‘ylab ko‘rilishi shartbo‘lgan muammolardan. Shunday emasmi? Milliy deb, bu matolardan libos tiktirib olish aql belgisihisoblanmaydi. Qizlarimiz ham umrida bir martabo‘ladigan baxt kechasida oppoq g‘arbona libosga burkanishni orzu qilmasdan, atlasu adraslarni, a’lobaxmallarni o‘ziga ep bilishi maqsadga muvofiq, kerakbo‘lsa, millatparvarlik, vatanparvarlik.

Uchinchidan, libos insonning tashqi qiyofasiga mos, milliy-ma’naviy qadriyatlarga muvofiq bo‘lsin. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, atlas, adras – ayollarlibosi matosi. Aslo erkaklarniki emas. Vaholanki, ayrim yoshlar, ayniqsa, zamonaviylik, moda ketidanquvadigan yosh AYOLlar bu matolardan libos tiktirib, o‘zlarini ko‘z-ko‘z qilmoqda. Ammo bilmaydilarki, buishlari ularning ilmsizligiyu asl tarixdan bexabarliginiko‘rsatmoqda. Bizningcha, hozirgi qizlar ham birchetda qarab turgani yo‘q. Masalan, “hap, senimi?” – deb yigitlar shimlarini tor qilib kiyib olishmoqda. O‘tmish tariximizdagi Nodirabegim, Bibixonimlarhozirgi kundagi ayrim qizlarimiz kiyinishi ko‘rgandabormi? Uyatdan qayta o‘lgan bo‘lmasmidi? Bu ham do‘ppini yerga qo‘yib, jiddiy o‘ylab ko‘rilishi shartbo‘lgan muammolardan. Shunday emasmi? Milliy deb, bu matolardan libos tiktirib olish aql belgisihisoblanmaydi. Qizlarimiz ham umrida bir martabo‘ladigan baxt kechasida oppoq g‘arbona libosgaburkanishni orzu qilmasdan, atlasu adraslarni, a’lobaxmallarni o‘ziga ep bilishi maqsadga muvofiq, kerakbo‘lsa, millatparvarlik, vatanparvarlik.

Davra suhbati qiziqarli munozara shaklida olib borildi va kafedra professor-o’qituvchilari mavzu bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.