April 10, 2020

TANLOVLAR

Assalomu aleykum, hurmatli va aziz talabalar!

Bu sinovli kunlar bizlarga nafaqat majburiyatimiz balki imkoniyatlarni ham yaratmoqda-ki, xalq bo'lib, buyuk bir millat bo'lib bir-birimizni qo'llash, iste'dodimizni namoyon etish uchun vaqt va mahoratimizdan foydalanishning ayni fursati.

Buxoro davlat universitetining Xorijiy tillar fakulteti e’lon qilgan #TANLOVLARda qatnashib, mahoratingiz va bilimingizni namoyish etishingiz har kungidan ko'ra muhimroqdir. Siz o’z tengdoshlaringiz va yoshlarga o'rnak bo'la olasiz!

SHOSHILING AZIZ TALABALAR!

Oxirgi muddat 2020 yil 18-aprel

SIZ BARCHADAN AJRALIB TURASIZ!

SIZ O'ZGACHASIZ!

QOBILIYATINGIZNI NAMOYISH ETISH VAQTI KELDI.

SIZ ALBATTA G'OLIB BO'LASIZ!

Har bir tanlov uchun 5 sovrinli o'rinlar e’lon qilinadi. Barcha qatnashuvchilar taqdirlanadi! Va albatta 1-2-3-4-5- darajali diplomlarga ega bo’lasiz.

IMKONIYATINGIZNI QO'LDAN BOY BERMANG!

#UYDA QOLING!

MAHORATINGIZNI NAMOYON ETING!

Quyidagi tanlovlar Sizni kutmoqda

1-TANLOV : Taniqli o'zbek adibi Abdulla Qodiriy tavalludiga bag'ishlanadi.

O'zingiz o'qigan roman va hikoyalardan parchani mahorat bilan, his kechinmalar va dialoglar to'liq aks etgan holda ijro eting va ovozingizni .mp3 shaklda yozib oling. Xorijiy tillarda va o'zbek tilida tayyorlangan podkastni quyidagi [email protected] elektron pochta manziliga yuboring.

Tanlovda ishtirok eting va g'olib bo'ling.

Tanlovda ishtirok eting va g'olib bo'ling.

@tanlovlar

2-TANLOV : Ingliz adibi Vilyam Shekspir tavalludiga bag'ishlanadi.

"Shakespeare alive!" tanloviga qatnashing. Shekspir sonnetlarini mahorat bilan ijro etib 2-3 daqiqalik videorolik tayyorlang. Xorijiy tillar va o'zbek tilida tayyorlangan video ijroni ushbu foreign_[email protected] elektron pochta manziliga yuboring va g'olib bo'ling.

@tanlovlar

3-TANLOV : Daniyalik mashhur yozuvchi, shoir va ertakchi Xans Xristian Andersen tavvalludiga bag'ishlanadi.

"Andersen ertaklari" tanlovida qatnashing va g'olib bo'ling. Andersen ertaklarini mahorat bilan, his kechinmalari va dialoglarini to'liq aks etgan holda ijro eting va ovozingizni mp3 shaklda yozib oling. Xorijiy tillarda va o'zbek tilida tayyorlangan podkastni ushbu foreign_[email protected] elektron pochta manziliga yuboring.

Tanlovda ishtirok eting va g'olib bo'ling.

@tanlovlar

4-TANLOV : Taniqli fransuz adibi Sharl Perro (Charles Perrault) ertaklariga bag'ishlanadi.

Sharl Perro asarlaridan qisqa dialoglar va qisqa matnlarni mahorat bilan his kechinmalar va dialoglarni to'liq aks etgan holda ijro eting va ovozingizni .mp3 shaklda yozib oling. Fransuz va o'zbek tilida tayyorlangan podkastni ushbu foreign_[email protected] elektron pochta manziliga yuboring.

Tanlovda ishtirok eting va g'olib bo'ling!

SHOSHILING AZIZ TALABALAR!

Oxirgi muddat 2020 yil 18-aprel

SIZ BARCHADAN AJRALIB TURASIZ!

SIZ O'ZGACHASIZ!

QOBILIYATINGIZNI NAMOYISH ETISH VAQTI KELDI!

SIZ ALBATTA G'OLIB BO'LASIZ!

Har bir tanlov uchun 5 sovrinli o'rinlar e’lon qilinadi. Barcha qatnashuvchilar taqdirlanadi! Va albatta 1-2-3-4-5- darajali diplomlarga ega bo’lasiz.

IMKONIYATINGIZNI QO'LDAN BOY BERMANG!

#UYDA QOLING!

MAHORATINGIZNI NAMOYON ETING!

@tanlovlar