September 15, 2020

E. Kuin “ Yevropa tartibsizlik ichida”

-         Oh, - qichqirdi keksa Uneker. Keyin dahshat, janob Kuin, qon… janob Xazlitt, bu janob Elleri Kuin – mashur detektiv.

-         Ha , meni tunab ketishdi, janob Kuin, - tasdiqladi Xazlitt.. – Kecha kechqurun, taxminan soat o’nlarda. Meni bir kishi to’xtatib, sigareta tutatib qolishni so’radi. Men cho’ntagimdan gugurt qidira turib, u qo’ltig’imga qistirib olgan kitobimga qiziqib qarayotganini sezdim.

-         Qanaqa kitob edi? – so’radi Elleri.

-         Unchalik qiziq ham emas, - yelka qisdi Xazlitt. – “ Yevropa tartibsizlik ichida”. U sigaretasini tugatib olib, gugurtni qaytardi. Men ketish uchun o’girildim va shunda gurs… Gardanimga musht tushdi, qolganini eslolmayman. O’zimga kelsam, zovurda yoribman.

-         O’g’ri faqat kitobingizni o’g’irlabdimi? – kinoya qildi Elleri. – Uni tasvirlab bera olasizmi?

-         Yo’q-yo’q, u hech narsani tasvirlab berolmaydi, - qo’shildi Uneker. – Chunki hamma amerikaliklarga o’xshab, noshud. Kitobni o’g’irlash kimga kerak bo’ldi ekan-a?

-         Men uyimga yetib borganimda, - davom etdi Xazlitt, - o’g’ri u yerda ham bo’libdi. Bilasizmi, nimani o’g’irlabdi?

-         Menimcha yana bitta kitobni.

-         To’ppa – to’g’ri! “ Yevropa tartibsizlik ichida”ning ikkinchi nusxasini!

-         Boshqa kitoblar ham yo’qolganmi?

-         Yo’q, faqat shu.

-         Qiziq, agar o’g’ri bitta odam bo’lsa, siz qaytguningizcha uyingizni tunashga ulgurarmidi?

-         Ulgurardi. Chunki men uyimga qaytgunimcha, polisiyachiga uchrashgandim. U meni yaqin atrofdagi polisiya mahkamasiga olib bordi. Shuning uchun tungi soat birda uyimga kirib bordim.

Elleri Kuin do’konchadan chiqib, Senter – stritga yo’l oldi. Kabinetiga hech kim yo’q edi. U otasining yordamchisi serjant Veylini qidirib ketdi.

-         Veyli, ikki kun oldin 49 – ko’chada bir o’g’rini quvishgan. U do’stim Unekerning kitob do’koniga kirib yashiringan. Uneker menga gapirib berdi, lekin men voqeaning hamma tafsilotini bilmoqchiman.

Ikki kun oldin tushda Uneker do’konidan uch uy naridagi binodan yuzi qonga belangan bir kishi yugurib chiqadi. U “ Yordam beringlar!”, degancha ko’cha bo’ylab yugurib ketadi. Yo’lidan chiqqan patrul Makkalumga o’ta qimmatbaho markasi – “ Qora penni”ni o’g’irlashganini aytadi. O’sha talonchi mo’ylovli va ko’zoynakda bo’lgan. Makkalum bir necha daqiqa oldin xuddi shunday odam kitob do’koniga kirib ketganini ko’rgan edi.

Polisiyachi filatelist (pochta markalari va qog’oz pullarni kolleksiya qiluvchi kishi) bilan birga uning izidan tushadi. Do’kon egasi Uneker bir mo’ylovli kishi to’rdagi xonada kitoblar ko’rib turgandi, deb aytadi. Lekin u yerdan o’g’rini topisholmaydi. Makkallum butun kvartalni tekshirib chiqadi, lekin o’g’ri yer yutgandek hech qayerda yo’q edi.

Jabrlanuvchining ismi - Fridrix Ulm. U akasi Albert bilan birga noyob markalar savdosi bilan shug’ullanardi. Shu kuni ertalab Ulm markani uchta xaridorga ko’rsatgan. Ikkitasi ketgan, uchinchisi - o’zini Averi Benison deb tanishtirgan mo’ylovli kishi unga tashlanadi.

Ulm chap berishga ulguradi, lekin po’lat xivich yonog’ini shilib o’tadi. O’g’ri o’sha quroli bilan qimmatbaho markalar saqlanadigan qutining shisha qopqog’ini ochadi. Charm albomdan “ Qirolicha Viktoriyaning qora penni”sini sug’urib oladi va qochib qoladi. Makkallum buzilgan qutini tekshiradi, kolleksiyachilarning ism – sharifini manzilini va raport yozib olgach, ketadi.

Detektiv ikkita kolleksiyachi – Jon Xingmen va J.S. Peterslar bilan suhbatlashgach, Benisonni qidirib ketdi.

Benison aka – uka Ulmlarning taklifnomasini ko’rmaganini aytadi. Lekin uning uyida ikki hafta qora ko’zoynak taqib yuradigan mo’ylovli kishi yashagan. Xuddi o’sha Ulmlarni o’g’ri urgan kuni u ham izsiz yo’qolgan edi.

Oradan bir kun o’tgach, Unekerning do’koniga biro dam kelib, : Yevropa tartibsizlik ichida”ning qolgan yettita tomini ham sotib oladi. Kecha esa yana bitta o’g’rilik sodir bo’ldi. Kimdir Unekerning do’konidan ikki kun avval o’sha kitobdan sotib olgan Xornell degan kishinikiga o’g’rilikka tushadi. Yana Janet Mikins deganning uyidan ham xuddi shu kitobni o’g’irlashadi.

Elleri Kuin bilan serjant Veyli kitob do’koniga borishdi.

-         O’g’irlik bo’lgan kuni shu kitobning nechta nusxasi bore di do’koningizda, Janob Uneker?

-         O’n bitta.

-         O’g’ri kechqurun qaytib kelganida yettita qolgan bo’lgan. Demak, to’rttasi sotilgan. Siz xaridorlarning ism – sharifini yozib borasizmi?

Uneker qaznoqdan kattagina daftar ko’tarib keldi va kerakli sahifani ochdi.

-         Janob Xazlitt – u ikkita nusxasini sotib oldi. Va kitoblarini o’g’irlab ketishdi. Keyin … Janob Xornell – eski mijozimiz. Yana Janet Mikins xonim. to’rtinchisi esa – janob Sherter Singermenn edi.

-         O-o, janob Uneker, nemislarga xos rasmiyatchilingizni Xudo yorlaqasin, - dedi Elleri Kuin. – Yur, Veyli, hali ishimiz ko’p…

-         Hammasi oddiy, - dedi Elleri yo’l – yo’lakay. – O’g’ri qimmatbaho markani o’g’irlaydi va Unekerning kitob do’koniga yashirinadi. Shovqin – suronni eshitgach, qo’liga tushgan “ Yevropa tartibsizlik ichida” kitobi orasiga berkitadi va qochib ketadi. Markani qaytarish kerak. U kechqurun qaytadi va qolgan hamma nusxasini sotib oladi. Lekin yettita kitobning bittasidan ham marka chiqmaydi. U tunda kelib hisobot daftaridan xaridorlar ro’yxatini bilib oladi. Va bitta – bitta o’g’riligini boshlaydi.

Ular Benisonning qumtoshdan qilingan eski uyiga kelishdi,

-         Men Ulmlarning taklifnomasini ko’rganim yo’q, - dedi kolleksiyachi mehmonlarga. – Yordamchim Uilyam Plank mening kolleksiyamni kuzatib yurardi. Balki, u taklifnomani topib olib, imkoniyatdan foydalanish uchun do’konga borgan va o’zini Benison, deb tanishtirgandir?

-         O’sha kundan keyin qaytib uni ko’rmadingizmi? – so’radi Elleri.

-         Yo’q, albatta.

-         Janob Plank nimalar bilan shug’ullanardi?

-         Markalarni saralab, katalog tuzib, xatlarga javob Berardi. U bor – yo’g’i ikki hafta ishladi. Lekin men Plankning ishidan mamnun edim. U sal g’alatiroq edi.

-         Qanaqa, g’alati?

-         Odamlarga qo’shilmasdi. Mening yonimga birov kelsa xonasiga kirib bekinib olardi.

-         O’ziga xos odatlari bormidi?

-         Ha, u tamaki hidlardi.

Elleri va Veyli bir – biriga qarab oldi.

-         Xuddi mening otamga o’xshab, - jilmaydi Elleri, - Plank tinimsiz tamaki hidlarmidi?

-         Aniq bilmayman, janob Elleri, - qovog’ini uydi mezbon. – Ikki hafta ichida bor yo’gi bir marta ko’rdim tamaki hidlaganingni.

-         Telefoningizdan foydalansam bo’ladimi, janob Benison? – so’radi Elleri kutilmaganda.

-         Bemalol.

Detektiv bir – ikkita joyga qo’ng’iroq qilgach, Benisondan so’radi:

-         Bizga bir – ikki soat vaqt ajratolmaysizmi? Men sizga ba’zi narsalarni ko’rsatishim kerak.

-         Jonim bilan.

Ular 49 – ko’chaga yo’l olishdi. Ulmlarning do’koniga kirishdan oldin Elleri kitob do’koniga kirishdan oldin Elleri kitob do’koniga bosh suqib, qariya Unekerni yetaklab chiqdi.

Aka – uka Ulmlarning do’konida ularni soliq firmasi detektivi Xeffli va Xazlitt kutib o’tirardi. Aka – ukalarining biri detektivning yonidan, ikkinchisi – yashil ko’zoynaklisi esa burchakdan joy olgandi.

-         Xayrli kun, janoblar! – so’rashdi Elleri Kuin. – Men bu chigal ishni yechish uchun sizlarni yig’dim. Sizlardan tashqari kitoblari o’g’irlangan Peters va Xingmenni va yana bir kishini ham taklif qilganman.

Oraga og’ir sukunat cho’kdi. Nihoyat Peters va Xingmenlar kirib kelishdi. Bir necha daqiqadan keyin eshik ochilib, xonaga oqsoch qariya kirdi.

-         Keling, ota, keling! – dedi Elleri quvnoqlik bilan. – Ayni vaqtida keldingiz. Janoblar, bu mening otam – inspector Kuin bo’ladi.

Keksa nozir to’mg’illab oldida, o’tirdi.

-         “ Qora penni”ning o’g’irlashini, - gap boshladi Elleri, - juda qiziq jumboq edi. “ Edi” deyishimning sababi, bu ish ochildi.

-         Ochildi? – hayron bo’ldi Benison. – Demak, siz Plankni topibsiz-da!

-         Uni topish shart emas edi. Esingizda bo’lsa, Plank mo’ylovli edi va qora ko’zoynak taqardi. Har qanday kriminilastika bilan qiziquvchi odam bunday ko’rinishdagilarni eslab qolish osonligini biladi. Demak, Plank ham eslab qolishlarini hohlagan. Buning hammasi niqob, mug’ombirlik. Mo’ylovlari yasama, qora ko’zoynakni esa umuman taqmaydi.

Hamma Ellerining gapini ma’qulladi.

-         Ota, siz tamaki ishqibozisiz, to’g’rimi? Bu sassiq tutunni qancha vaqtda bir hidlaysiz?

-         Har yarim soatda, shekilli? – yelka qisdi inspector Kuin.

-         To’g’ri. Janob Benison esa Plank bilan ikki hafta ishlaganiga qaramay, bor- yo’g’i bir marta hidlaganini ko’rgan. Bu belgi menga birinchi turtki bo’ldi. Ikkinchisi - Plank markani o’g’irlash uchun janob Fridrix Ulmning boshiga urgan. Har qanday o’g’ri jinoyat joyidan tezroq qochish payida bo’ladi. Lekin unday bo’lmagan. Janob Ulm birozgina gangigan. U darhol o’ziga kelishi, odamlarni yordamga chaqirishi mumkin edi.

-         Bir daqiqaga, o’glim, - uning gapini bo’ldi inspektor. – Menga aytishlaricha, o’sha markaning ikkinchi nusxasi ham bor. Men ana shu ikkinchisini ko’rmoqchiman.

Elleri otasining gapiga rozi bo’ldi:

-         Janoblar, marka keltirsangiz, - dedi.

Fridrix Ulm ikkinchi “qora penni” saqlanayotgan charm albomni keltirdi. Inspektor Kuin o’ttiz ming dollar turadigan bir necha qog’ozga qiziqib tikilib qoldi. Elleri kutilmaganda Veylidan to’pponchasini berib turishini so’radi. Hamma voqeaning davomini taajjublanib kutardi. Elleri to’pponchaning og’irligini chamalamoqchidek kaftida tutib turdi, keyin:

-         Janoblar, marhamat qilib mening harakatimni kuzatib turinglar, - dedi va yana o’rtasida turgan mmarkalar saqlanadigan qutiga yaqinlashdi. – Qutini ochish uchun Plank kichkina lomdan foydalangan. Qutidagi barmoq izlariga qaraganda, to’rt marta urinib ko’rgan. Quti yupqa shishadan qilingan va yopiq bo’lgan. “ Qora penni” esa charm albomning ichida turgan. Plank esa mana bu yerda turgan. E’tibor bering, uning qo’lida temir lom bo’lgan. Janoblar, shoshib turgan o’g’ri birinchi bo’lib nima ish qiladi?

Hamma unga tushunmagandek qaradi. Elleri to’pponchani boshi uzra baland ko’tardi va zarb bilan…

-         E, oynani sindirasiz-ku, - qichqirib yubordi Albert Ulm. – Nima qilyapsiz? – shunday deganicha u yugurib kelib Ellerini itarib yubordi. Hamma gap nimadaliginitushunmay, talvasaga tushib qoldi.

-         Meni to’xtatganingiz uchun xursandman, janob Ulm, - jilmaydi Elleri Kuin. – Qo’lingni ko’tar!

-         Nega… nima uchun? – Ulm qaltiraganicha qo’lini ko’tardi.

-         Negaki siz – Planksiz, ukangiz Fridrix esa sherigingiz!

Aka – uka Ulmlar qotib qolishdi. Ayniqsa, Albert Ulm. Chunki uning boshida davangirday Veyli turardi.

-         Hammasi juda oddiy, - davom etdi Elleri. – Men, nega o’g’ri lom bilan shisha qopqoqni sindirib qo’ya qolmadi, vaqtini o’tkazib qulfni buzdi, deb o’yladim. Keyin qolgan markalarga zarar yetmasligiga kim ko’proq qayg’urardi? Albatta, egasi. Ya’ni, aka – uka Ulmlar. Agar o’g’ri o’zga odam bo’lganida boshqa noyob markalarni ham o’g’irlamasdi?

-         O’g’rining tamaki hidlash odati-chi, janob Elleri? – savol tashladi kimdir.

-         Tamaki masalasi ham juda jo’n. bundaylar tez – tez hidlab turishadi. Demak, Plank tamaki hidlamagan. Balki narkotik hidlagan. Nashavandlarning o’ziga xos qanday belgilari bor? Ozg’inlik, asabiylik va… ko’zlari. Ularning ko’z qorachiqlari torayib qoladi. Mana, sizga Plankning ko’zoynak taqishining isboti! Ko’zoynaklar ikkita vazifani bajargan: birinchisi – niqob, ikkinchisi – jonsarak toraygan ko’zlar sohibini sotib qo’ymasligi uchun! - shunday deb Elleri Albert Ulmga yaqinlashdi va yashil ko’zoynagini tortib oldi. – Umid qilamanki, endi filastelistning mitti qorachiqlarini ko’rsatib.

-         A-a-a, bu kitoblarni o’g’irlash-chi? – eslatdi Xazlitt. – Shunchaki, puxta tuzilgan rejaning bir qismi, Albert o’g’ri bo’lgan, Fridrix esa uning sherigi. Kitob o’g’riligi odamlarni chalg’itish uchun kerak edi. Aka – uka Ulmlar polisiya ba sug’urta kompaniyasi markani birov o’g’irladi, deb o’ylashini hohlashgan. Aslida markani hech kim o’g’irlamagan. Bu o’yindan asl maqsad – sug’urta kompaniyasidan pul undirish!

-         Puxta o’ylangan, janob Elleri, - ming’irladi sug’urta polisiyachisi Xeffli. – Jin ursin, unda marka qani?

-         Ulmlarning o’rnida bo’lganimda men ham Konan Doyl qahramoniga o’xshab o’g’irlangan buyumni hammaga ko’rinadigan joyga berkitardim. Ular ham o’sha xat haqidagi hikoyani o’qiganlariga ishonchim komil.

-         Ota, - dedi Elleri albom ko’rib o’tirgan inspektorga. – Hozir qo’lingizda ikkita “ qora penni”ni ushlab turganingizga shubham yo’q. markalar bir – biriga yelimlab qo’yilgan!

Ruschadan Dilfuza Sobirova tarjimasi.