Ahmoqona va dono fikrlar.

#Dunyo_boylari_tarixi.

Ahmoqona va dono fikrlar.

Tahlilchilarning aytishicha, AMD direktorlar kengashi aksiyadorlar uchun emas, balki boshqaruv direktori va asoschisi Uolter Jeremi Sanders uchun ishlar ekan…

Hayot yo’li – buyuk ish.

Jeremi Sanders hayotda nimaniki qo’lga kiritgan bo’lsa, barchasiga osonlik bilan erishmagan. U murakkab yo’lni bosib o’tdi. Sandersning Intelra qarshi kurash ostida kechgan o’ttiz yillik umri mobaynida bir necha bor muvaffaquyatsizliklar, hatto, sud jarayonlari bo’lib o’tdi.

Jeremi Sanders bolaligida kino yulduzi bo’lishni orzu qilardi. Ammo taqdir taqozosi bilan muhandislikni tanlashiga to’g’ri keldi. Sandersning iste’dodi 1960- yillarda namoyon bo’la boshladi. O’sha vaqtlarda u Fairchild Semiconductor Corp.da jahon marketingi bo’yicha direktor edi. Sanders va uning sakkiz hamkasbi 1969 – yili AMDga asos solish uchun Fairchildni tark etishdi. Keyingi 12 yil ichida kompaniyaga Intel uchun ikkinchi darajali xom ashyo sifatida qaraldi. Sanders esa AMD prosessor klonlar yaratuvchi oddiy kompaniya emas, balki undan ham katta imkoniyatlarga ega ekanligini his etib, mikrosxemalar ishlab chiqarish bo’yicha mashg’ulotlarga qatnay boshladi. Avval boshdan Sandersning ichki qiyofasi Inteldagi muhitdan farq qilardi. Uning ishbilarmonligi tufayligina kompaniya mikroprosessorlar bozorida yetakchi o’rinlarni zabt etdi. Kuzatuvchilarning fikricha, o’zining asosiy raqibi bo’lmish Intelga qarshi turishda Sandersning kuchli shaxs ekanligi, boshqaruvchilikdagi g’ayrati va halol raqobatni sevishi yordam bergan. Uning raqibi shunchaki kompaniya emas, balki har 18 oyda prosessorlarning yangi avlodini bozorga chiqaruvchi mashina ekanligini unutmaslik lozim.

Xato qildingmi, javob ber!

Muvaffaqiyatga erishish uchun Sanders tez –tez reklamalarga murojaat qilar va har bir reklamalarga murojaat qilar va har bir omadsizlikda faqat o’zini aybdor sanardi. 1996 – yilda ishlab chiqarish borasidagi muammolar K5 mikroprosessorlarning peshtaxtalarda paydo bo’lishiga to’sqinlik qilganida Sanders AMD aksiyadorlari oldida barcha aybni o’z bo’yniga oldi.

Oradan ikki yil o’tgach yana muammolar paydo bo’ldi. Aynan K6 tufayli AMD, hatto, Intelning Pentium IIsidan o’zib ketdi. Ammo kompaniya zavodlari yetarli darajada mahsulot yetkazib berishga tayyor emasdi. Mikroprosessorlarning keyingi avlodi bo’lmish K6 hajmi juda past edi. Buyurtmachilari va sarmoyadorlarining hafsalasi pir bo’lgan AMD esa yana pastlik tomon sho’ng’imoqda edi. Biroq uchinchi chorakda kompaniya yana daromad ko’ra boshladi. AMD bundan ham tezroq o’zini tutib olishi mumkin edi, biroq Sandersning va’dasi to’sqinlik qildi. Gap shundaki, ishbilarmon xaridorlar K6ni Intel mahsulotlariga qaraganda 25 foizga arzon sotishi mumkinligini va’da qilishgandi. Bir yil davomida narxlarni arzonlashtirish borasidagi va’da xaridorlar e’tiborini tortib keldi. Ushbu usul kompaniya cho’ntagini to’ldirdi, hisobi.

“ Biz, albatta, g’alaba qozonamiz!”

Sandersning dovyurakligi kompaniya reklamalarida ham namoyon bo’ldi. Kompaniyaga ishchilarni taklif etish borasidagi reklama “ To’lqinni tutib ol” deb nomlangan edi. To’g’rirog’I, Sandersning fikricha, AMDda ishlash – yaxshigina kursiga ega bo’lish ekan. Bu kursi ham kuchli, ham egasiga vafo qilmaydi. K6ni ishlab chiqarish jarayonida, hatto, “ Yulduzlar jangi” kinofilmini reklama qilish fikri paydo bo’lgan edi. Bunda, albatta, u kurash olib boradigan qora kuch Intel kompaniyasi edi.

1998 – yili kuzda Jeremi Sanders sanoatda erishgan yutuqlari evaziga Roberta N. Noysa mukofotiga loyiq topildi. Ushbu tantanaga bag’ishlangan ziyofatda ham Sanders yig’ilganlarga mazkur mukofot Intel bilan kechgan kurashiga to’sqinlik qila olmasligini isbotlashga urindi:

-         Biz g’alaba qozonamiz. Bizning harakatlarimiz – g’alaba uchun. Mukofot meni to’xtatishga undaydi, deb o’ylaganlar xato qilishadi.

Zarba berishga tayyor tur.

Yaqinda Intelda Pentium 4ga va Pentium III(1,13 Gs) yetkazib berish borasida muammolar tug’ildi. AMD esa xuddi shu fursatni kutib turgandek tezda raqibiga qarata zarba berdi. Bozorga o’zining yangi Athlon (1,12 GGs) va ron (800 MGs) prosessorlarini chiqardi. Oxirgi voqealar AMDga bozorning katta qismini egallab olishiga yordam berdi. Shunday qilib, ayni paytda ikki kompaniya o’rtasidagi kurash , oxir – oqibat, sayyoramizdagi eng tez ishlovchi prosessor yaratilishiga eng tez ishlovchi prosessor yaratilishiga sabab bo’lishi mumkin. Kim birinchi bo’lsa, o’sha g’olibdir.

Harakat samarasiz ketmaydi.

Bugun AMD misli ko’rilmagan muvaffaqiyatlarga erishdi. Buning asosiy boisi, shubhasiz, Athlon mikroprosessorlaridir. U Pemtium IIIga qaraganda arzon hamda tez ishlaydi. Bundan tashqari, AMD foydalanuvchilar uchun uyali telefonlar va flesh – xotira singari boshqa bir qancha moslamalar yetkazib beruvchiga aylangan. Kompaniyaning moliyaviy ko’rsatkichlari ham rekord natijani ko’rsatmoqda. Merill Lynch & Co. nashrining xabar berishicha, AMDning yillik pul aylanmasi 4,95 mlrd. Dollarni tashkil etgan.

Hukmdorlik va qo’rquv haqida.

O’tgan yili Fortune jurnali Sandersni yirik kompaniyaga asos solgan va u bilan birga aksiyadorlariga juda kam mablag’ sarf etgan boshqaruvchi deb atadi. Jurnal shunday deb tozadi:

“ Bu toifa kishilar o’z o’rinlarini yaqin do’stlari va kengash direktorlari qo’llab – quvvatlashi evaziga saqlab qoladilar. Kompaniya kengashi vakillarining Sandersga munosib o’rinbosar topish borasidagi harakatlari samarasiz kechmoqda. O’tgan yili yoz oylarida kompaniya direktori Attik Raza ishdan ketgach, hamma hayron qoldi. Aynan Raza Saandersdan so’ng uning kursisiga da’vogarlik qilayotgan edi. Yaqinda AMDda yangi president paydo bo’ldi.agar Gektor Ruiz ikki yil ichida direktor bo’lmasa, maoshiga qo’shimcha haq to’lashga va’da berishgan edi. Bundan ko’rinib turibdiki, AMD Jeremi Sandersdan hayiqadi. Hech kim u yana qanday ahmoqona va dono fikrlarni aytishi – yu, qanday yo’l tutishini bilmaydi”.