" Nokia"dan boyigan milliarder.

Finlar milliarderi.

Kompyuter, internet, qolaversa, uyali aloqa vositalari yigirmanchi yuz yillikning eng ko’zga ko’ringan ramzlariga aylandi. “ Go’shaklar” imperiyasining ramzi Finglandiya kompaniyasi “ Nokia”dir. Uning ramziga kelsak, shubhasiz, kompaniya yetakchisi Yorma Olliladir. Bu inson hech kimga tanish bo’lmagan firmani bir necha yil ichida Yevropaning eng nomdor kompaniyasiga aylantira oldi…

2000 – yilda Business Week jurnali “ Nokia”ni jahonning yuqori texnologiyalari sohasining yetakchisi deb topdi.

Yuz yillik oxirida xalqaro brendlar ro’yxatining birinchi to’rttao’rni Koka kola va uchta kompyuter firmasiga tegishli bo’lardi. “ Nokia”ga esa beshinchi pog’ona nasib etardi, xolos.

Odatda, bunday hol yuz berganida kompaniya yetakchisining xizmatlari to’g’risida gapirish lozim. Haqiqatan ham Yorma Olliloning kompaniyadagi o’rni o’zgacha. Ollilo to’g’risida ma’lumotlar juda kam. Ehtimol, bu finlarning kamtarinligidandir? Balki, Olilo muvaffaqiyatida birgina o’zining emas, butun boshli jamoaning xizmatini ko’rayotgandir?

90 – yillarning birinchi yarmida uyali aloqa dunyosi tubdan o’zgardi. Bunda asosiy rolni “ Nokia” o’ynadi, desak, adashmaymiz. Yorma Ollilo faoliyati boshqa ishbilarmonlardan farq qiladi. U kompyuter yoki telefon desa, o’zini tomdan tashlamasdi. Ollilo bozorni o’rganardi. U xaridorlar istagiga emas, balki o’z hohishiga qarab ish tutardi.

Yorma Ollilo 1950 – yilda Finlandiyaning Seynayoki nomli kichik shaharchasida tavallud topdi. 1976 – yilda Xelsinkidagi universitetni tamomlagach, siyosiy fanlar magistri maqomiga erishdi. Fin, ingliz va shved tillarini bilgan Ollilo 1978 – yildan Citibankning Londondagi bo’limida ishlay boshladi. 1985 – yildan “ Nokia”ga o’tdi. Demak, u asoschi emas, ammo islohotchidir. “ Nokia”ning bugungi mavqeyini qo’lga kiritishida Olliloning xizmatlari benihoya kattadir. Bu dargohda u vitse – president sifatida xalqaro operasiyalarni o’tkazishga mas’ul edi.

Oradan uch yil o’tib, Ollilo katta vitse – president, 1990 – yildan esa Nokia Mobile Phone bo’limiga rahbar etib tayinlandi.o’sha vaqtlarda moliyaviy inqiroz yoqasida turgan uyali aloqa biznesi bilan bundan keyin qanday yo’l tutishni hech kim bilmasdi: rivojlantirish kerakmi yoki sotib yuborgan ma’qulmi?

Ollilo olti oy ichida ushbu muammoni hal etishi lozim edi. U rahbariyatga telefon biznezini sotish aslo mumkin emasligini uqtirdi.

Yangi jamoani tuzish boshlandi. Avvalo, o’tgan yillar ichida boshqaruvchilik sohasida tajribaga ega bo’lmagan yoshlar jalb qilindi. Qirq yoshli Ollilo, oxir – oqibat jamoaning eng keksa xodimiga aylandi. Bundan tashqari, jamoa chinakam millatlararo jamoa darajasiga chiqdi. Olliloning o’zi chet elda tehsil olgani va faoliyat yuritgani bois xorijliklarni katta – katta lavozimlarga jalb eta boshladi. Ikkinchidan, asosiy e’tibor mustaqil ijodkorlikka qaratildi. Jamoa a’zolari bir – biri bilan kerakli axborotlarni olish uchun munosabatga kirishardi. Har bir ishchi mustaqil izlanish olib borishga haqli edi. Omadsizlik endi xizmatchilarni qo’rqitmay qo’ydi. Buning uchun ularni jazolamadilar. Jamoaning istalgan a’zosi o’z loyihasining kelajagiga ishonmasa, uni bekor qila olardi.

Ollilo uyali aloqaning yagona standart rejasini ishlab chiqishga qaror qildi. 1991 – yil Finlyandiya bosh vaziri mamlakatda birinchi bor GSM formatidagi qo’ng’iroqni amalga oshirdi. U “ Nokia” telefoni va uyali aloqa vositasidan foydalandi. Bu esa chinakam omad edi.

1992 – yilda Ollilo “ Nokia”ning prezidentiga aylandi. Shu ondan boshlab, kompaniya yuqori texnologiyalar sohasida boshqaruv tizginini qo’lga oldi. Boshqa biznes turlarini asta – sekin chetlatishdi. Hatto, televizor, magnitofon va monitor ishlab chiqarishdan voz kechishga to’g’ri keldi. “Nokia” endi faqat uyali aloqa vositalari bilan ish yuritishni ma’qul ko’rardi.

Bundan tashqari, asosiy ish telefonlarini yig’ish, mexanizasiyalash, ularni modellashtirish va funksiyalarini oshirish edi. Iste’molchilarning talabi bilan bu ishlarni amalga oshirish anchayin xarajatni kamaytirardi. Eng asosiysi, Yevropadagi kichik kompaniya dunyoga chiqishga harakat qilardi. Ammo hammasi silliq kechmadi. 1995 – yilda mahsulotlarning to’planib qolishi tufayli “ Nokia” katta moliyaviy inqirozni boshidan kechirdi. 1996 – yilda esa o’sish yuz berdi. 1999 – yilda savdo hajmi uch baravarga, daromad esa besh hissaga oshdi. Aksiya kursi 25 baravarga ko’tarildi.

Ollilo eng mashhur finlardan biri, ammo uning dovrug’I Bill Geytsdan tubdan farq qiladi. Uning oxirgi texnika mo’jizalari bilan jihozlangan osmono’par qasri yo’q. ollilo Xelsinkida hamma qatori kun kechirgan.

“Nokia”ning bugungi kundagi shiori odamlarni bir – biri bilan bog’lashdir. Uyali aloqaning bugungi kundagi rivojlanishiga qaramay, kompaniya og’ir vaziyatlarni boshidan kechirmoqda. Masalan, 2000 – 2001 – yillarda talay qiyinchiliklarga duch keldi. Bu hodisa esa 2004 – yilda ham yuz berdi.

Shunday ekan, Ollilo muvaffaqiyatga erisha olarmikan?! Yana raqiblarini ortda qoldirib, uyali aloqa vositalari bozorida hukmronlikni qo’lga kiritarmikan?!

Nima bo’lganida ham, Yorma Ollilo o’tgan asrning eng ajoyib ixtirolaridan biri bo’lib qoladi.