September 4, 2019

Maktabgacha taʼlim sifatini baholash ishlariga YUNISEFning xalqaro eksperti jalb qilindi

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Maktabgacha taʼlim vazirligi mutaxassislari hamda xalqaro konsultant Majena Rafalska ishtirokida mamlakatimizdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini baholash boʻyichaishlab chiqilgan mezonlarmuhokamasi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv mobaynida Taʼlim isnpeksiyasi mutasaddilari tomonidan xalqaro ekspert va ishtirokchilariga mamlakatimizda maktabgacha taʼlim sifatini baholash jarayonlarini tubdan isloh qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha maʼlumot berildi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-sonli qarori bilan” Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlangan edi. Yangi tartib asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi soddalashtirildi. Shuningdek, attestatsiya jarayonini oʻtkazuvchi komissiya tarkibi tarkibi, ekspertlar qayta koʻrib chiqildi va jahon tajribasiidan kelib chiqqan holda ichki va tashqi baholash oʻtkazilishi belgilangandi.

Baholash jarayonida maktabgacha taʼlim tashkilotining oxirgi 2 yillik faoliyatini kompleks tahlil qilinishi hamda taʼlim-tarbiya jarayonining davlat talablariga muvofiq tashkil etilganligi, tarbiyalanuvchilarning rivojlanish darajasi, rahbar va tarbiyachi –pedagog kadrlar salohiyatiga eʼtibor berildi. Shuningdek, moddiy-texnika bazaning holati va tarbiyalanuvchilarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, estetik talablarga rioya qilinishi hamda ovqatlantirish sifati, milliy, madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va kitob oʻqishga qiziqishni uygʻotuvchi oʻquv-metodik, didaktik materiallar, oʻyin va oʻyinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan taʼminlanish holati, maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati yuzasidan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasida oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovnoma natijalariga ham eʼtibor kuchaydi.

Xalqaro ekspert Majena Rafalska maktabgacha taʼlim sifatini baholash vositalari va mexanizmlari boʻyicha xalqaro tajriba bilan oʻrtoqlashar ekan, Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini baholash mezonlari” boʻyicha ijobiy fikr bildirdi va maʼqulladi.

Maʼlumot uchun, Majena Rafalska xonim taʼlim sohasi boʻyicha xalqaro maslahatchi hisoblanib, MDH davlatlari bilan ishlash boʻyicha katta tajribaga ega. U taʼlim tizimida 30 yildan va inson huquqlari sohasida 20 yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat koʻrsatib, Gruziya, Ukraina, Rossiya va boshqa davlatlarning rivojlanishiga koʻmaklashish qaratilgan loyihalarni boshqarish va amalga oshirish boʻyicha katta tajribaga ega.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Matbuot xizmati