T
@tdpu.pr
15 posts

Pedagogika universiteti kasaba uyushmasi raisi taqdirlandi

Har bir tashkilotdagi xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy e'tibor nuqtayi nazaridan qo'llash, ko'maklashishda shu tashkilotlarda faoliyat yurituvchi kasaba uyushmasining o'rni beqiyos. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kasaba uyushmasi ham ta'lim dargohi xodimlariga har tomonlama ko'mak berib kelmoqda. Ayniqsa universitet kasaba uyushmasi raisi Said_Nosir Fayzullayevning faol harakatlari natijasida so'nggi yillarda uyushma faoliyati ancha yuksaldi.

30 ga yaqin TDPU talabalarining kontrakt summalari to'lab beriladi

Toshkent davlat pedagogika universitetida bugun Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar va Chilonzor tumani boshqarmalari bilan hamkorlikda yoshlar muammolarini yechishga qaratilgan muloqot tadbiri tashkil etildi.

Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi

Har bir insonning komil shaxs boʻlib voyaga yetishida, yetuk kasb egasi boʻlib jamiyatda oʻz oʻrnini topishida ustoz-murabbiylarning oʻrni juda muhim. Jamiyatni ilmli qilish barobarida yetuk, komil shaxsni yetishtirishning asosiy bo'g'ini bo'lgan pedagoglarni insoniyat yuragi deb atasak yanglishmaymiz.

Prorektor va yoshlar uchrashuvi

Kuni kecha Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti tomonidan “Prorektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Ochiq muloqot tarzda tashkil etilgan tadbirda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Raxmonqulova Nargiza Xojiakbarovna tashrif buyurib fakultet dekani sifatida faoliyat boshlagan pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Nurkeldieva Dilbar Axmadovnaning kelgusidagi rahbarlik faoliyatiga rivoj tilab, yuksak ishonch bildirilganligi qayd etildi.

Pedagogika universitetida xayriya hashari bo'lib o'tmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan bugun yurtimizda “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari oʻtkazilmoqda.

Magistratura imtihonlari boshlandi. Ularni onlayn kuzatib borish mumkin.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga magistratura bosqichiga roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun imtihonlar boshlandi. Magistratura abituriyentlari test sinovlariga faqat fuqarolik pasporti va imtihonda qatnashish uchun maxsus ruxsatnoma bilan kiritilmoqda. Ruxsatnomani http://magistr.edu.uz va http://ruxsatnoma.edu.uz/ manzili orqali yuklab olish imkoniyati yaratilgan.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Ilmiy Kengash murojaati

Xabaringiz bor, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-iyun kuni oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.

Vaksina olib yaqinlarimizni asraylik!

To'rt yil avval kimdir "koronavirus degan kasallik keladi, u millionlab insonlarni yostig'ini quritadi, hayot tarzimiz butkul o'zgarib ketadi" desa ustidan kulgan yoki ishonqiramagan bo'lardik.

Vaksina olib yaqinlarimizni asraylik!

To'rt yil avval kimdir "koronavirus degan kasallik keladi, u millionlab insonlarni yostig'ini quritadi, hayot tarzimiz butkul o'zgarib ketadi" desa ustidan kulgan yoki ishonqiramagan bo'lardik.

KASBDOSHLARMIZ MEHNATI MUNOSIB TAQDIRLANDI

Inson mehnat bilan ulugʻ. Mehnat - haѐt demakdir. Oʻzbekiston – inson qadri ulugʻlangan yurt. Ayniqsa, ilm ahliga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik, yoshlarning hurmat va ehtiromi mamlakatimizda inson manfaati, uning shaʼni va qadr-qimmati hamma narsadan ustun ekanini yana bir karra namoyon etmoqda. Universitetda uzoq yillar samarali ilmiy-pedagogik faoliyat olib borgan, yoshlarni malakali mutaxassislar qilib tarbiyalashda oʻz hissasini qoʻshgan, yirik ilmiy izlanishlari bilan unutilmas meros qoldirgan kasbdoshlarimiz nomzodlari “Nuroniy” jamgʻarmasiga mukofotlash uchun tavsiya etilgan edi. Oʻzbekiston Faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi Vasiylik Kengashining 2021-yil 19-apreldagi Qarori...