December 4, 2024

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori ostida tashkil etilayotgan “Targ‘ibot poyezdi”  

Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun mohiyatini aholiga tushuntirish maqsadida respublikaning barcha hududidagi maktablar, professional va oliy ta’lim muassasalari, mahallalar va mehnat jamoalarida 2024-yil 2-5 dekabr sanalarida “Targ‘ibot poyezdi!” loyihasi tashkil etildi.

Toshkent davlat yuridik universitetining har bir targ‘ibot guruhi, ya’ni 1 nafar professor-o‘qituvchi rahbarligidagi 4 nafar iqtidorli talabalaridan iborat targ‘ibot guruhi shakllantirildi.