KORRUPSIYA – TARAQQIYOTGA QO’YILGAN TO’SIQ

Foto:Xabaruz.com

O’zbekiston mustaqillikka erishib mustabit tuzumdan xalos bo’lgach huquqiy demokratik davlat tuzish maqsadida dadil va shaxdam qadamlar bilan dunyo mamlakatlari orasida o’zining munosib o’rnini topish uchun ildam harakat qila boshladi. Eng avvalo huquqiy davlat barpo etish uchun amaldagi qonunlarni tubdan qayta ko’rib chiqish, huquqiy ong va savodxonlikni oshirish masalasini hal etish muhim o’rinda edi. Shu sababli avvalo xalqimiz manfaatlarini himoya qiluvchi asosiy bosh qonunimiz bo’lmish konstitutsiyamiz yaratildi. Unga asosan boshqa qonunlar qayta ishlab chiqilib hayotga tatbiq etildi. Huquqiy demokratik davlatda qonunlar shu davlat fuqorolarining manfaatini himoya qilish zarur edi. Shu bois hukumat tomonidan bir qator qonun va qonun osti aktlar qabul qilinib kuchga kiritildi va xalq manfaatlari uchun hizmat qilmoqda. Har bir qonun yaxshilikni ko’zlab ezgu maqsadda qabul qilinadi. Ayrim qonunlar o’z mazmun mohiyatiga ko’ra davlat va jamiyat taqdiriga xalq kelajagiga shu jumladan har birimizga dahldor bo’ladi. Shunday qonunlardan biri milliy parlamentimiz tomonidan qabul qilinib, 2017 yil 3-yanvar kuni muhtaram Yurtboshimiz imzolagan “Korrupsiyaga qarshi kurash to’g‘risida”gi qonun ana shunday ahamyatga ega desak mubolag‘a bo’lmaydi. 6 bob 34 moddadan iborat ushbu qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha keng qamrovli chora tadbirlar va me’yorlar belgilabberilgan. O’z o’zidan shunday savol tug‘uladi. Korrupsiya o’zi nima? U qanday yuzaga keladi? Shu kabi savollar ko’pchilikda yuzaga kelishi tabiiy. Bu haqida hammaning o’ziga hos tasavvuri va tushunchasi bor, albatta ushbu qonunda unga o’ziga hos shunday ta’rif keltirilgan. Korrupsiya shaxsning o’z mansabi yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlari yoxud o’zga shaxsning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga zid ravishda taqdim etishdir. Qonunda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, Korrupsiyani oldini olishga doir chora tadbirlar korrupsiyaga oid huquqbuzarlikni aniqlash ularga chek qo’yish javobgarlikning muqarrarligi kabi masalalar aniq belgilab qo’yilgan. Mazkur qonun bilan yaqindan tanishish, uning har bir moddasini chuqur o’rganib, hayotimizga tadbiq etishga intilish, sodda qilib aytganda Korrupsiya balosini naqadar mudhish illat ekanini tushuntirish, mustaqil idrok etish, eng muhimi, unga qarshi kurashish har birimizning fuqarolik burchimizdir. Ijtimoiy – tarixiy vaziyat fuqarolarning huquqiy dunyoqarashi, davlat tuzulishi, iqtisodiy rivojlanish omilidan kelib chiqib, har bir davlat Korrupsiyaga qarshi o’ziga xos usullarda kurashmoqda. Bu borada eng samarali yo’l haligacha topilgan emas. Chunki Korrupsiya bir qarashda oddiygina jinoyat bo’lib ko’ringani bilan aslida uning kelib chiqishi va yashovchanlik sabablari juda chigal va murakkabdir desak sira xato qilmaymiz. Qonunda Korrupsiyaga qarshi kurashni keng qamrovda olib borish choralari ko’zda tutilgani bu borada har bir masalaga alohida e’tibor qaratilgani bejiz emas. Qonunning 4-moddasiga ko’ra, Korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy prinsplari quyidagilardan iborat: ·Qonuniylik ·Fuqarolar huquqlari erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi ·Ochiqlik va shaffoflik ·Tizimlilik ·Davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi ·Korrupsiyaning oldini olishga doir chora tadbirlarning ustivorligi ·Javobgarlikning muqarrarligi. Bizdan talab etiladigan vazifa shulardan iboratki, Korrupsiya atalmish baloning oqibatlari ayanchli yakun topishi, bu jinoyatning jazosmuqarrarligini bilish va uni hayotga tadbiq qilishdir. Bu to’g’risida yoshlarga ham yetarli darajada tushunchalar berish bizning burchimiz sanaladi. Dunyoda korrupsiyaning turi ham tafsifi ham juda ko’p nazarimda. Turi va tafsifi qancha ko’p bo’lmasin u baribir bir nom bilan ya’ni, Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi sifatida ongimizga muhrlangan bo’ladi. Uning kelib chiqish sabablarini ochish unga qarshi kurashishning samarali yo’llarini topish bo’yicha olimlar turli institutlar xalqaro tashkilotlar tomonidan minglab tadqiqotlar o’tkazgan. Bu borada ishlar va izlanishlar izchillik bilan davom etmoqda. Hozirgi kunda Korrupsiyaning eng ko’p tarqalgan turlari poraxo’rlik, firibgarlik, tovlamachilik va shu kabilardir. Korrupsiya sozi “sotish” “sotilish” kabi ma’nolarga ega ekani barchamizga ma’lum. Biz korrupsiya atalmish balo haqida yetarli malumotga ega bo’dik. Lekin u qanday hollarda o’zini nomoyon qiladi? Unga kimlar sababchi bo’ladiyu, unga kimlar qo’l uradi? Rahbar yoki mas’ul shaxsni korrupsiya qay holda o’z domiga tortadi? Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi. Korrupsiya qurboni bo’lgan shaxsning ongida mansab menga o’z ehtiyojimni qondirish, u orqali moddiy va nomoddiy foydalarga ega bo’lish uchun berilgan. Undan хohlagancha o’z manfaatim yo’lida foydalanishim mumkin degan g‘oya singib ketgan bo’ladi. Korrupsiyaga aralashgan bu jirkanch ishga qo’l urgan odam uchun ulug‘ narsalar va mo’tabar tuyg‘ularning qadri yo’qoladi. Bunday odamlarning fikricha hamma narsani sotib olish mumkin hamma narsa sotiladi deb o’ylashadi. Ming afsuslar bo’lsinki bunday odamlarni jamiyatimizda ham uchratamiz. Xulosa o’rnida shuni aytishimiz joizki ,muhtaram yurtboshimiz tashabbusi bilan 2017-yil “Xalq bilan muloqot inson manfaatlari” yili deb e’lon qilinishi bejiz emas. Bu korrupsiyaga qarshi dastlabki qadam desak mubolag‘a bo’lmaydi. Bu yilda xalq bilan har bir shaxs bilan alohida qonun doirasida ish olib boruvchi tashkilotlar faoliyati yo’lga qo’yildi. Bu jamiyatimizdagi Korrupsiyani yo’qotishning o’ziga xos yo’li deb baholaymiz. Korrupsiya – taraqqiyotga qo’yilgan to’siq. Bu to’siqni yo’qotish bizning burchimizdir

A.Shukurov

TerDU Denov filiali katta o`qituvchisi

TerDU Denov filialining Telegramdagi rasmiy sahifasi