Albert Enshteyndan 10ta hayotiy maslaxat!

Albert Eynshteyn nafaqat buyuk fizik sifatida mashhur bo’lgan, balki o’z davrining eng dono odamlardan biri bo’lgan. Uning maslahatlari butun dunyoga tarqatildi va shu kungacha dolzarbligini yo’qotmadi.

1. Qizuquvchan bo'ling:

«Mening hech qanday maxsus iste’dodim yo'q. Men shunchaki, juda qiziquvchanman.»

2. Bebaxo qatiyat:

«Men har bir masalaga, boshqalarga nisbatan, juda e'tibor va ehtiyotkorlik bilan qarayman.»

3. Vaqtdan yutishga harakat qilmang:

«Bir vaqtda bir necha ish qila olasan, lekin hammasini mukammal qila olmaysan”

4. Eng katta kuch bu — tasavvur:

«Tasavvur – bu hamma narsa. Bu hayotdagi bo’lajak voqealarni ko’rib chiqishdir. Tasavvur bilimdan ham muhimdir.»

5. Xato qilish:

«Hech qachon xato qilmagan inson, yangi narsani umuman tatib ko’rmaydi.»

6. Hozirgi vaqt bilan yashang:

«Men hech qachon kelajak haqida o’ylamayman – u juda tez yaqinlashib keladi.»

7. Qadriyatlarni yarating:

«Muvaffaqiyatga erishish uchun intilmang, balki hayotingiz mazmunli bo’lishiga intiling.»

8. Takrorlamang:

«Bir ishni qayta-qayta qilib, lekin har xil natijani kutish axmoqlik.»

9. Bilim tajribadan kelib chiqadi:

«Axborot – bilim emas. Ilmning yagona manbasi – tajriba.»

10. O'yinda yaxshiroq o'ynash uchun, qoidalarni bilish kerak:

«Siz o’yin qoidalarini o’rganishingiz kerak. Shundan so’ng, hammadan ko’ra yaxshiroq o’ynashingiz mumkin.

TerDU Denov filialining Telegramdagi rasmiy sahifasi