Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun FHDYoga borish shart emas!
Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun FHDYoga borish shart emas
Xabaringiz bor, 2023 yil 1 yanvardan Toshkent shahrida tug'ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDYo bo'limlarida qayd etish tartibi joriy etilgan.
Endilikda bola tug'ilishi bilan tibbiyot muassasasi u va ota-onasi haqidagi maʻlumotlarni, jumladan, bola ro'yxatga qo'yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo'limi, navbatga qo'yiladigan davlat maktabgacha taʻlim tashkiloti haqidagi maʻlumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDYo bo'limiga axborot tizimi orqali yuboradi.
FHDYo bo'limi tug'ilganlikni qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qo'yilgan tug'ilganlik haqidagi maʻlumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi.
Tibbiyot muassasalari maʻlumotnoma bolaning ota-onasiga taqdim etadi.
Ushbu maʻlumotnoma tug'ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qatʻiyan taqiqlanadi.
Tug'ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDYo bo'limlari tomonidan eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beriladi.
‼️Otalik belgilash va yolg'iz ona arizasiga asosan tug'ilishni qayd etishda hamda topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug'ilishini qayd etishda bevosita FHDYo bo'limiga murojaat qilinishi lozim.
Maʻlumot uchun: mazkur tartib 2023 yil 1 iyundan butun respublika hududida joriy etilgan.
Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i - M. Turdiyev.