July 12, 2023

Uy-joy (kvartira)ni ijaraga berish shartnomasini tuzish


Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi bo'yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga bino yoki inshootni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoxud vaqtincha foydalanish uchun topshirish majburiyatini o'z zimmasiga oladi.

Uy-joyning ijara shartnomasi yozma shaklda tuziladi, uning notarius orqali tasdiqlash talab etilmaydi.

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining muddati - 5 yilgacha.
Ijaraga oluvchi va uning oila aʻzolarining talabiga binoan shartnoma oila aʻzolarining bittasi bilan tuzilishi mumkin. Ijaraga oluvchi vafot etgan yoki uy-joydan chiqib ketgan taqdirda, shartnoma uy-joyda yashab turgan oila aʻzolarining biri bilan tuziladi.

Shartnomada uy-joyda ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar ko'rsatilishi lozim.

Ko'chmas mulk shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo'yishda to'lov undirilmaydi.

Tuzilgan shartnomani soliq organlari hisobiga qo'ymaslik jarima solishga sabab bo'ladi.

Fuqarolar o'rtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qo'yilishiga rioya etmaslik, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Termiz shahar yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti - Vohid Nazarov