September 5, 2023
Termiz shahar YXKM "Gulira'no" mahallasida fuqarolarning huquqiy masalalarida yordam berdi.
Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan” shiori ostida o‘tkazilayotgan aksiya doirasida mahallarga tashrif buyurib aholi va tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Jumladan, shahardagi "Gulira'no" mahallasida bo'lib fuqarolarga aliment, bolalar nafaqalari va boshqa masalalarda hamda mahalladagi tadbirkorga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish borasida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mahalla raisi, hokim yordamchilariga qonunchilikdagi so'nggi yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.