July 17, 2023

Korrupsiyaga qarshi kurash to'g'risida targ'ibot olib borildi.

Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 17-iyul kuni markazga biriktirilgan davlat tashkilotlari, jumladan Termiz shahar tibbiyot birlashmasi, Termiz shahar moliya bo'limi hamda maktab tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurash tadbirlari va uning oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, korrupsiya jinoyati haqida, jumladan pora berish, bora olish uchun Jinoyat kodeksida belgilangan jazolar hamda jamiyat va millat rivojiga katta to'siq bo'lishi tushuntirildi. Uchrashuvlar qiziq va ko'tarinki ruhda o'tdi va suhbat so'ngida xodimlar va YXM yuristlari o'rtasida qiziq savol javob bo'lib o'tdi.