July 6, 2023

AYRIM TIJORAT TASHKILOTLARIGA YIDXP(my.gov.uz) XIZMATLARNI KO'RSATISHGA RUXSAT BЕRILDI.


Vazirlar Mahkamasining 10.06.2023 yildagi “Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha ustuvor vazifalar belgilanganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi 237-son qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari va to'lov tizimi operatorlariga o'zlarining mobil ilovalari orqali YaIDXPdagi elektron davlat xizmatlarini ko'rsatishga ruxsat berildi.

Buning uchun mazkur subʻektlar Raqamlashtirish vazirligi bilan tegishli shartnoma tuzishlari lozim.

Hujjat Qonun hujjatlari maʻlumotlari milliy bazasida eʻlon qilingan va 12.06.2023 yildan kuchga kirdi.

Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsuli - Behruz Sharipov