July 6, 2023

  “CHIROYLI” AVTORAQAMLARNI ENDILIKDA 2 YIL SAQLASH MUMKIN.

Vazirlar Mahkamasining 21.06.2023 yildagi “Avtomototransport vositalariga ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilarini rasmiylashtirish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining «Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va ularga ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to'g'risida» 2017 yil 31 avgustdagi 683-son qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi 253-son qarori qabul qilindi.

2023 yil 1 iyuldan bir xil harf kombinasiyasiga ega bo'lgan 680 juft davlat raqami belgilari auksionga qo'yiladi.

Shuningdek auksionda sotiladigan davlat raqami belgilarining boshlang'ich narxlari o'zgarmoqda.

Transport vositasi sotilayotganda “chiroyli” avtoraqam egasi uni yo'l harakati xavfsizligi idoralariga 1 yil muddatga bepul saqlash uchun topshirishi mumkin. BHMning 1 baravarini to'lagan holda ushbu muddatni yana 12 oygacha uzaytirish mumkin

Termiz shahar yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti - V. Nazarov