October 23

𝑿𝑨𝒀𝑶𝑳𝑰𝑴𝑫𝑨 𝒈𝒐'𝒛𝒂𝒍 𝒒𝒐𝒍...

ᴇᴘɪsᴏᴅᴇ 3

Jungkook kayfiyati yo'qligi sababli gapni maydalab o'tirishni xohlamadi
📲Jungkook: ishingni qil
Deb qo'ng'iroqni yakunladi

Taehyung/pov: asabi joyidamikin o'zi buni, ha mayli oxiri bahayr bo'lsin...

TIMESKIP⌛

Jungkook mashina derazasidan tevarak-atrofni kuzatar ekan, xayollar bilan bo'lganidan haydovchisi chaqirganini ham eshitmay qoldi...

Jungkookni eshitishi uchun haydovchi ovozini balandlatdi

-janob Jungkook, eshityapsizmi meni?

Jungkook: nega baqirasan, kar emasmanku

-sizni 3-marta chaqirishim edi, eshitmaganingiz uchun ovozimni balandlatgandim, uzr Janob

Jungkook/pov: aysh la'nati, 3-marta dedimi... Nega eshitmay qoldim, nega xayollarga berilyapman o'zi, oldingi Jungkook qani....

Jungkook: ha mayli, yo'lingga qara

-janob, sizdan bir narsa so'rasam maylimi?

Jungkook: seni ishing gurung berish emasu, ha mayli so'ra

-nimalar haqida xayol surayotganingizni bilsam bo'ladimi?

Jungkook: hech nima, shunchaki o'zim

Haydovchi/pov: hech nima? Hech nima haqida ham xayol sursa bo'larkanmi?

-ha janob...

Jungkook: endi savollar beravermasdan, tezlikni oshir, kech qolyapmiz

-xo'p bo'ladi Janob Jungkook

TIMESKIP⌛

Janob Jeon Jungkook amakivachchasi Kim Seokjinning ofisiga yetib keldi. Ofis judayam katta va uning atrofi tansoqchilar bilan to'la edi

Jungkookning haydovchisi mashina eshigini ochar ekan, undan kelishgan, mushakli, qop-qora kostyum-shimda bizning Jeon Jungkook tushdi

Jeon Jungkook
Jeon Jungkook

-marhamat janob

Jungkook sekin va ishonchli qadamlar bilan Seokjinning xonasi tomon bordi

Yurak yutib eshikni taqillatar ekan, ichkaridan "kiring" ovozi eshitilgandan so'ng, bir yutunib ichkari kirdi...

Ichkariga kirgan odamga bor diqqatini qaratgan Jinning yuz ifodasi sira o'zgarmadi, qanday o'tirgan bo'lsa, shundayligicha qoldi...

Kim Seokjin

Jin stolga o'tir ishorasini qildi
Jungkook stolga o'tirarkan, gap boshladi
Jungkook: chaqirishingizdan maqsad nima?
Jin: avval o'tirib ol
Jungkook indamay o'tirdi
Jin:senga ish bor

Jungkook: qanaqa?

Jeon Jungkook

Jin: sen qo'lingdan keladi deb o'yladim

Jungkook: gapni cho'zmaslikni iloji bormi?

Jin: shunchaki odam o'ldirish kerak

Jungkook/pov: mendan boshqa odam qurib qolganmi tavba?

Jungkook: mendan boshqasi yo'qmi?

Jin: men tanlov qilib bo'ldim Jeon Jungkook, endi foydasi yo'q

Jungkook: savolimga javob bermadingiz Seokjin?

Jin: sen javobga tushunmading

Jungkook : hih😏

Jin: erkak bo'l, yoki qo'rqyapsanmi?

Jungkook: balki siz qo'rqayotgandirsiz, shuning uchun menga qoldirgandirsiz bu ishni?

Jin: bu kabi ishlarda biroz ojizroqman, tan olaman buni, sen eplaysan

Jungkook: demak kim erkak bo'lishi kerak ekan bu yerda?

Jin: unut

Jungkook miyig'ida kuldi va kesatib gapirdi
Jungkook: shunchaki unutaymi?

Jin: qiyinmi?

Jungkook: kimsan deyarli butun Koreya taniydigan odam bo'lgan Kim Seokjin xato gapirib qo'ysayu, men uni shunchaki unutishim kerakmi?

Jin ham kesata boshladi
Jin: men sen kabi mukammal emasman Jungkook

Jungkook: men mukammalman demadim

Jin: bunday gapni gapirishingga sabab?

Jungkook: men tushunmaymanda, bunaqa mayda ishlarni menga buyurayotganingizga

Jin: mayda ish? Sen kimni o'ldirishing kerakligini bilsang edi

Jungkook: bilsam bo'ladimi?

Jin: Kim Woon

Jungkook: kim u?

Jin: mendek bir odam

Jungkook: o'ldirishga sabab?

Jin: u meni otamni o'ldirgan, xabaring bo'lsa

Jungkook: kim o'ldirganiga qiziqib ko'rmagan ekanman

Jin: xullas o'sha odam

Jungkook: bu o'ldirishga sabab bo'lolmaydi

Jin: senga qanaqa sabab kerak? U meni otamni o'ldirgan deyapman, seni otangni kimdir o'ldirsa, o'sha odamni yashab yurishiga qo'yib berasanmi?

Jungkook: balki qo'ymasdim, balki qo'yardim, buni anig'ini bilmayman

Jin: sabab?

Jungkook: bilib turib savol berasiz, meni otam oilamizni kambag'al deb tashlab ketganini, onam buni ko'tarolmay o'z joniga qasd qilganini bilasizku!?

Jin: bilaman

Jungkook: unda nega so'raysiz? Maqsad yaramni yangilashmi?

Jin: yo'q, fikringni so'radim xolos

Jungkook: hih😏fikrmish yana

Jin: bo'ldi qil, hozir o'zimga javob berolmay qolaman Jungkook

Jungkook: yaxshi

Jin: ishni ertaga kechgacha bajar, uning ofisi mana bu yerda
deb xaritadan manzilni ko'rsata boshladi

Jungkook: ha

Jin: bajarsang, evaziga istagan narsangni so'ra

Jungkook: vaqti kelsa so'rarman, hozircha hammasi joyida

Jin: yaxshi

Jungkook: bor-yo'g'i shumi, Kim Woon ismli sizning otangizni o'ldirgan odamni o'ldirish kerakmi?

Jin: ha, osonmi deyman, borganda bilasan

Jungkook: ko'ramiz, men ketdim

Jungkook xonani tark etdi

U ofisni tark etar ekan, Taehyungga qo'ng'iroq qildi...

📲Taehyung:labbay Janob

📲Jungkook: ish bor deganding, muhim bo'lmasa, uyga borsammi degandim

📲Taehyung: ha, unchalik muhim ishga o'xshamaydi Janob, bir qiz clubga xizmatkor bo'lmoqchi ekan

📲Jungkook: buni nimasini menga aytasan? Olsang olaver

📲Taehyung: bir og'iz so'ray degandim Janob, jahlingizni bilaman

📲Jungkook: bundan keyin so'rama, club seniki

📲Taehyung: xo'p janob

Kim Taehyung

Jungkook mashinasi tomon harakatlandi...

Jeon Jungkook

Taehyung qo'ng'iroqni yakunlab, qiz tomon yaqinlashdi
Taehyung: xo'sh qizaloq, bu yerga qanaqa sabab boshlab keldi seni?

########

Davomi keyingi qismda...

Writer: #Elis