October 20

𝑿𝑨𝒀𝑶𝑳𝑰𝑴𝑫𝑨 𝒈𝒐'𝒛𝒂𝒍 𝒒𝒐𝒍...

ᴇᴘɪsᴏᴅᴇ 1

📲 ᴊᴜɴɢᴋᴏᴏᴋ: ɴɪᴍᴀ? ɴɪᴍᴀ ᴅᴇᴅɪɴɢ? sᴇɴ ʜᴏᴢɪʀ ɢᴀᴘɪʀᴀʏᴏᴛɢᴀɴ ɢᴀᴘɪɴɢɴɪ ǫᴜʟᴏɢ'ɪɴɢ ᴇsʜɪᴛʏᴀᴘᴛɪᴍɪ? ǫᴀɴᴀǫᴀsɪɢᴀ ʙᴜɴᴅᴀʏ ʙᴏ'ʟɪsʜɪ ᴍᴜᴍᴋɪɴ?

Jk telefondagi odamga bor ovozi bilan o'shqirarkan, uning ovozi butun uy va hovlini tutib ketdi...

📲 - bilmadim Janob, bizga hozir xabar berishdi...

📲Jungkook: qanaqasiga bilmaysan, seni nega ishga olganman o'zi, la'nati!

Jungkook uning ishchisi bu katta voqeaga shunchaki uning "bilmayman" deb cheklanib qo'ya qolishi uning battar jahl otiga minishiga sabab bo'lgan edi...

📲- iltimos qizishmang janob

📲 Jungkook: qizishishimga sen sabab bo'lyapsan la'nati, tezroq bu ishni uchini top va menga xabar qil!

📲- xo'p bo'ladi

Jungkook telni o'chirib, otib yubordi va halloslagancha , xonadagi divanga o'zini tashladi, boshini qo'li bilan qattiq siqarkan, bu bilan o'ziga og'riq berayotganini bilgan Jungkook sekin o'rnidan turdi...

Jungkook/pov: Aysh shibal, nega doim bular shunaqa, bir ishni eplolmaydiganlar yig'ilib qolganmi nima balo? Ha mayli, bu bilan biron narsa o'zgarib qolmaydi, shu bilan birgalikda boyligim ham kamaymaydi... Yaxshisi clubga boraman....

Jungkookning uyi juda hashamatli , xonalari keng va ko'p bo'lganligi sababli adashib qolish hech gap emasdi... Har bir xona yonida ikkitadan tansoqchi turardi...

U xonadan chiqib, pastladi, nihoyat bir necha daqiqalardan so'ng, eng pastki qavatga yetib keldi...

Sekin yurib uyni tark etmoqchi bo'lganida, orqadan xizmatkor ovozi eshitilgani Jungkookni to'xtashiga sabab bo'ldi...

-janob Jeon Jungkook, qayerga ketayotganingizni bilsam bo'ladimi?

Jungkook keskin javob qaytardi

Jungkook: seni ishing xizmatkorlik, tergovchilik emas

Xizmatkorlar Jungkookning bu kabi muomalasiga o'rganib ketishgan, shu sababli bu safargisiga ham xizmatkor ajablanmadi...

-haligi... Shu kiyimda ....ketaverasizmi?

Jungkook xizmatkorning bu gapini eshitarkan, sekin egilib, kiyimiga qaradi...

Uyalgannamo jilmayib, labini tishladi...

Jungkookni ketayotgandagi kiyimi

Jungkook xizmatkorga bir qarab qo'ydida, hech nima demasdan, to'g'ri kiyinish xonasiga ketdi...

Biroz vaqt o'tgandan so'ng, CALVIN KLEIN brendli kiyimni kiyib, qizlarni bir zumda o'ziga rom etadigan shirin hidli atirdan sepdi...

U xonalardan yana pastga tushib, uyni tark etarkan, unga qo'ng'iroq bo'ldi

Jungkook/pov: kim bo'ldi endi bu?

📲Jungkook: eshitaman

📲- janob Jungkook, boyagi ishni hal qildim, ko'nglingizni xotirjam qiling

Jungkook bu gaplarni eshitib, bu o'zining ishchisi ekanini angladi. Unda raqamlar ko'pligi sababli ularni bittalab saxranit qilishga vaqti yo'q edi...

📲Jungkook: yaxshi, kutganimdan ham tezroq

📲- rahmat Janob, biroz oldingi befarqligim uchun uzr so'rayman

📲Jungkook: boshqa qaytarilmasin

📲-xo'p bo'ladi janob

Jungkook

U mashinasi tomon yaqinlashar ekan, tansoqchi eshikni ochdi...

Jungkook: sen bo'shsan, o'zim haydayman

- lekin janob...

Jungkook pachakalashib o'tirmay , tansoqchi gapini kesib, unga o'shqirdi

Jungkook: men nima dedim hozir, devorga gapirdimmi?

-uzr janob, ehtiyot bo'ling.

Jungkook tansoqchiga yovqarash qilib, mashinaga o'tirdi va katta tezlikda haydab ketdi...

Jungkook/pov: har kuni shu ahvol, bir xil hayot tarzi jonga tegdi la'nati!

U shu kabi xayollar bilan o'zining shaxsiy tungi clubiga yetib keldi.

Jungkookning bir qancha, taxminan 100ga yaqin shaxsiy tungi klublari bor... Ularning har biriga o'zining ishongan odamlarini ta'yinlagan.

Jahl bilan ichkari kirar ekan, hech kimga e'tibor bermasdi...

To'satdan bir qiz Jungkookga urilib ketdi...

Qizning qo'lidagi shampan Jungkookning kiyimiga to'kilib ketdi...

Jungkook: aysh, la'nati! Ko'zingga qarab yursang bo'lmaydimi axmoq?

Qiz yig'i aralash javob berarkan, Jungkookning ustini arta boshladi...

-uzr, men bilmasdan turtib yuboribman, shunchaki o'tib ketayotgandim...

Jungkook: yo'qol, yaqinlashma, befarosat!

Shu payt ularning yoniga yoshi 30lar atrofi bir yigit keldi...va baqira ketdi

- hoy bu nima ahvol, sen qanaqa qizsan o'zi, yo'qol bu yerdan, ikkinchi kelganingni ko'rmay!

Atrofdagi hamma ularga qarab turishardi va uyerdagilarning Jungkook haqidagi xayoli:

-bu o'zini kimman deb o'ylayapti?
- kim bu o'zi?
- namuncha qo'pol?

Qiz yig'lagancha clubni tark etdi...

-uzr janob Jeon Jungkook, bunaqa befarosat qizlar judayam ko'payib ketayapti,ahamiyat bermang, yuring men bilan

Hamma hayron qoldi, shivir-shivir boshlanib ketdi...

-bu o'sha hamma tanigan badavlat Jeon Jungkookmi?

-nahotki bu o'sha?

-men uni sevaman

Jungkook: yo'qot ko'zimdan hammani!!!

Bir zumda hamma clubni tark etdi...Jungkook vino ichib o'tirar ekan, biroz o'ziga kelgandek bo'ldi, jahli bosildi, uning yoniga boyagi yigit keldi...

- ahvoling yaxshimi?

Jungkook vino ta'sirida, kulib gapirardi

Jungkook: rasmiyatchilikni boplaysanda, Taehyung

Kim Taehyung, 29 yosh. Uylanmagan. Jungkookning eng ishongan insonlaridan biri, uning bir nechta clublari rahbari. Jumladan hozirgisining ham.

Taehyung Jungkookning gapiga hazil qilib javob qaytardi

Taehyung: sening do'stingmanda

Jungkook kulib yubordi

Taehyung: eng alamlisi bilasanmi nima?

Jungkook vinoni qo'lida zo'rg'a ushlab turar ekan, tili aylanib bazo'r gapirdi

Jungkook: nima ekan, gapni cho'zma

Taehyung : hammani oldida o'zimdan 2 yosh kichik odamni sizlayman, u esa meni senlaydi.

Jungkook qattiq va qo'pol kuldi

Jungkook: naqadar alamli😂😂

Taehyung Jungkookning barcha hazillarini ko'tarar va uni yaxshi ko'rar edi. U bilan juda qalin do'st edi.

###########

Davomi keyingi qismda...
Writer: #Elis