October 11

𝐒𝐄𝐑𝐕𝐀𝐍𝐓 πŸ’’

π„ππˆπ’πŽπƒπ„ 1

JANUBIY KOREYA. SEUL

Erta tong...Koreyadagi eng qimmat rusumdagi mashinalardan biri katta yo'l yaqinidagi Office yoniga kelib to'xtadi
Atrof suv quygandek jimjit, mashina Seulning gavjum ko'chasiga emas, inson qadami yetmagan xilvat yerlarga to'xtagandek go'yo...

O'sha ko'cha

Mashinadan sekinlik va mag'rurlik bilan Office Direktori Kim Taehyung tushib kelar ekan, bu uning tansoqchilari va ishchilari ikki bukilib ta'zim qilishiga sabab bo'ldi

Taehyung

U qaddini tik tutib, Offisi yo'laklarida yurib borar ekan, ko'ngli negadir g'ash, qattiq yutunib qo'ydi va xonasi tomon kirib bordi

Uning eng ishonchli ishchisi va shu bilan birgalikda do'sti bo'lishga ham ulgurgan Jimin unga o'ychan ko'zlarini qadadi
Jimin: Biror muammo bormi janob Kim?

Jimin

Taehyung ish stolida oyog'ini chalkashtirib, ruchkasini o'ynab o'tirarkan, savolga dadillik bilan javob berishni ma'qul ko'rdi

Taehyung:balki bor, balki yo'q, hozircha bo'shsan
Jimin Taehyungning bu gapidan battar shubhalandi, sababi u bugun avvalgi kunlarga qaraganda ancha o'zgargan va parishonxolroqdek ko'ringandi...

Jimin ham gapni cho'zib o'tirmadi, xo'p javobi bilan cheklanib qo'ya qoldi

U xonani sekin va dona-dona qadamlari bilan tark etdi...

JANUBIY KOREYA. SEUL

Elis bu vaqtda uyida shirin uyquda , krovatida uxlab yotardi. Bu uyqu davom etaveradi, qachonki xizmatkor kelib uyg'otmaguncha...

Xizmatkor eshikni taqillatib, sekin ochdi va Elisning hali hamon uxlab yotganini ko'rdi

Elis. Tevarak-atrof ahamiyatsiz

U sekin Elisning yoniga keldi va yelkasidan turtib uyg'ota boshladi

Xizmatkor: xonim, uyg'oning....xonim...

Elis erinibgina ko'zlarini ocharkan, har doimgi tanish yuz unga qarab turganini ko'rdi
U endi o'rnidan turaman degandi hamki, muvozanatni yo'qotib, yiqilishiga oz qolganida xizmatkor tutib qoldi

Xizmatkor: keling yordamlashay xonim...

Biroz vaqtdan so'ng....

Xizmatkor: Bugun Marin bilan uchrashuvingiz yo'qmi Xonim? Agar bor bo'lsa, qattiqqo'l akangizni ogohlantirib qo'yish esingizdan chiqmasin, aks holda....
Elis nima bo'lishini yaxshi bilardi shuning uchun ham davomini eshitishni xohlamay, xizmatkorning gapini shartta kesdi

Elis: bilaman, akam qayerda?
Xizmatkor : pastki qavatda nonushta qilyaptilar
Elis /pov: o yo'q, kunim bitdi, akam mendan oldin nonushta stolida bo'l degandi, va men bu xatoni ko'p marotaba takrorlaganman, ammo o'tgan safar boshqa takrorlanmaydi deb va'da bergandim, aks holda.....oooo yo'qqqqqq

Elis dush qabul qilish uchun ketdi
Elis/pov: nimalar qilib qo'ydim...la'nati...shibal, ertaroq tursam biror joyim kamayib ketarmidi, sochlarim to'kilib tusharmidi, lekin hozir pastga tushsam, aysh shiballll, o'zimga o'zim sotib olamanda shunaqa narsalarni

Elis dushdan chiqqunicha ertaroq uyg'onmagani uchun o'ziga la'natlar yog'dirardi

Va nihoyat sochlarini sochiqqa artganicha dushdan chiqib keldi va maktabga tayyorgarlik ko'ra boshladi...

Uning formasi

Elis akasining xarakterini yaxshi bilardi,u judayam qattiqqo'l, judayam judayam judayam qattiqqo'l, shuning uchun ham Elis uning bironta gapini ikki qilmaslikka harakat qilardi, lekin aynan o'sha nonushta masalasi bo'yicha doim gap eshitardi

Zinalardan yurak yutib tushib kelar ekan, akasi unga xo'mrayib qarab turganini ko'rib, yuragi qinidan chiqib ketdi
Elis: aka ...m..mm..en..haligi...

Jungkook ortiq uning javobini kutib o'tirishni xohlamadi, ishga kech qolayotganligi sababli gapini dangal va qisqa qilib aytdi

Jungkook: kechqurun gaplashamiz, seni ogohlantirgandim Elis

Jungkook

Jungkookning bu gapi Elisni battar qo'rqitar, kechqurun nimalar bo'lishini hattoki tasavvur ham qila olmasdi...

Xizmatkor to'satdan oshxonadan chiqib kelar ekan, zinada yig'lab o'tirgan Elisga ko'zi tushdi

Elis

Xizmatkor: nima bo'ldi xonim? Nega yig'layapsiz?

Elisning ko'ngliga hozir hech nima sig'masdi, hattoki ovutadigan inson ham kerak emasdi go'yo...

Elis to'satdan boshini ko'tardi va ovozi boricha baqirdi

Elis: keeeeeeeet, ket yo'qol hammang, birontangni ko'rishni ham xohlamayman, qaytib kelmasalaring ham mingdan ming roziman

Buni eshitgan boshqa xizmatkorlar, tansoqchilar Elisning nega bunday deyayotganini tushunishmadi. Sababi Jungkook va Elisning orasidagi bu gapni faqat shu ikkisigina bilishardi xolos...

1-qism tugadi....
Writer: #Elis