356 kun
Men sevgini hohlamaydigan insonlardan edim boy boʻlganim uchun koʻp alfons yigitlar men bilan gaplashmoqchi boʻlishga yoʻq men hech kim bilan gaplashmaganman va gaplashmayman deb oʻzimga vaʼda berib oʻqishda oʻqidim koʻp dugonalar orttirdim mening dugonam Nargis u hozir Xitoyda oʻqimoqda u bn koʻrishganimizga 2yilcha boʻldi u bilan faqat telefon orqali gaplashaman yaqinda u bilan Koreyada koʻrishmoqchi edik lekin afsuski oʻqishim ruhsat bermadi oʻzi bitirishimga 1yil qoldi u bilan körishishimga ham u Oʻzbekistonga qaytadi va birgalikda Koreaga ketishga kelishib olgan edik. Meni boshqa dugonalarim ham bor Mushtariy Mubina ular bilan 9-sinfligimda tanishib dugona boʻlganmiz . Bittasini eri bor bittasida esa yigit ular ham yaqinda unashtiriladi faqat menda ikkalasi ham yoʻq.
3kursda oqiyotganimz uchun bizga ishlashga ruhsat berishdi buni adam eshitib mani doʻstini korxonasiga ishga joyladi u yerda menedjer boʻlib ish boshladim. Men oʻzini ishxonasida ishlatadi deb oʻylagan edim yoʻq doʻstini ishxonada ishlaydigan boʻldim bilaman adam biron nima rejalashtirgan boʻlmasam hatto ishlashimga ham qoʻymasdi. Men aslida matematika boʻyicha oʻqirdim oʻzim bank ochmoqchi ham boʻlib rejalar tuzib qoʻygandim lekin 2kurs boʻlishim bilan qayerdandir kelinoyim paydo bolib 18yosh qizini erga berayotganini oyim eshitib qoldi va
-Qachon men ham seni oʻz eganga topshirar ekanmana deya ozini yiglaganga sola boshladi
Hammasi shu yerdan boshlandi deb oʻylayotgan boʻlsangiz adashasiz
-Oyi men hali yoshman keyin Koreada Magistraturada ham oʻqishim kerak dedim oʻzimni hafaga soʻlib oyimga meni uzatib toʻy qilib hamma dugonalarini ogʻzini oʻchirib qoʻyish uchun meni uzatishi kerak edi holos chunki Akam 4yildan beri chet eldan qaytish tugul 1oyda zoʻrgʻa qoʻngʻiroq qilar edi oʻshanda ham xotin toʻy haqida gap ochilsa shu bilan 1yoki 2oy umuman topib boʻlmasdi nima emish
-Mohini birinchi erga berib keyin oʻzim uylanaman deb qoʻngʻiroqni yakunlar edi men esa keyin unga habar yozib juda asabini buzar edim u menga koʻp narsalar bilan kelishib olishini aytar men esa hech biriga koʻnmay uni asabini buzar edim.
Erta tongda uyqudan voz kechib turishim juda qiyin baʼzida uyqu meni yutsa baʼzida man uyquni yutar edim lekin toʻgʻrisi aytaman juda koʻp uhlab qolaman dushga kirib yuvinib Unverga yoʻl olaman mashinam bor lekin uni haydamayman dugonalarim bilan birga piyoda borish yoqadi menga.
-Mohi bugun seni yolgʻiz qoldiramiz dedi Mushtariy
-Ha har doimgiday biring ering bilan biring esa yigiting bilan ketasan dedim ensamni qotirib
-Sen ham oʻzinga yigit top demayman ogʻzimdan olib yoqamga yopishtirasan soniyalar ichida dedi Mubina kulib
Darslar juda qizgʻin oʻtar bugun faqat 1para boʻldi va hamma uy uyiga ano ikki dugonachalarim esa erlari bilan men esa deb yoʻlda ketar ekanman kimdir meni ismimni aytdi men esa balkim menmasdir deya ketaverdim u kishi yana ismimni qisqartirib aytib chaqirdi orqamga qarab menimi deya imo ishora qildim
-Ha ha siz nega chaqirsam qaramaysiz dedi notanish yigit buni esa Mubina bilan Mushtariy eshitib turishar edi
-Ana endi Mohi ham yolgʻiz qolmaydi dedi Mubina kulib
-Kim aytdi u bilan ketadi deb meni deya Mubunaga teshib ketguday koʻz bilan qaradim
-Mayli hayir biz ketdik yaxshi yigit dugonam sizga omonat sal injiqroq til topishib ketaslar degan umiddamiz deya Mubina gapini aytdiyu Mushtariy bilan tez qadamlar tashab ketib qolishdi
-Marhamat deya eshikni ochdi notanish yigit
-Begonalarni mashinasiga oʻtirmayman dedim asabiylashib
-O'tirsangiz tanishib olamiz Mohi dedi kulib
-Kulib charchab qolmang keyin ismimni ham toʻliq qilib ayting
-Mohlaroy balkim oʻtirarsiz mashinaga yoki majburlab õtkizaymi dedi jiddiy yuz bilan
-õzim oʻtiraman deya yuzimni bujmaytirib orqaga oʻtirdim
-Ismim Mohlaroy 21 yoshdaman hoʻsh nega bu yerda siz sabab
-Siz bilan uchrashuvdamiz dedi Shohrux ayyorona kulib
-Haa uchrashuv deng deya asabiylasha boshladim chunki menga bu haqda aytmagan hech kim
-Qayerga boramiz deb soʻradim mashina oynasini menga toʻgʻirlab
-Menga farqi yoq bironta koreskiy restoranga borsak yoʻq demayman dedim bezrayib