October 7

Love wins all

#EPISOD_16 FINAL

Pov Yerim: yana bir tong otdi. Jungkook bilan turmush qurganimizga ham olti oydan oshdi. Bu vaqt oraligʻida asosiy saroyga umuman bormadim. Onam meni saroydan uzoqroqqa ketgizish uchun qattiq harakat qilganga oʻxshaydilar. Chunki Jeyi saroyi asosiy saroydan anchagina uzoqda joylashgan.

Toʻgʻri, Jungkook juda yaxshi yigit. Toʻydan keyin menga yaqinlashmadi ham. Kun boʻyi saroyda boʻlmaydi. Qayerda boʻlishini bilmayman hatto. Men bilan bir yotoqda yotishni "unga" xiyonat deb bilgan yigit - vaqt oʻtib tunlarini turli kanizaklar bilan oʻtkazadigan boʻldi. Hatto bor alamini sharobdan oladi baʼzida..

Eng alam qiladigani nima?! Yaqinda Taehyung opam bilan unashtirildi. Hatto unashtiruv marosimiga ham bora olmadim. Toʻgʻrirogʻi atayin meni chaqirishmadi! Bu xabarni eshitganimdagi holatim hamon esimda. Necha kunlar xonamdan chiqmagandim. Jungkook majburan taomlantirgandi. Hozir esa shunchaki taqdirimga tan berganman. Opamga baxt tilayman xolos. Men erisha olmagan baxtga - u osonlikcha ega chiqdi.

Yerim bogʻdagi maysalar ustida oʻtirib, hayol surar ekan otning kishnagan ovozi eshitildi-yu qizni ortga oʻgirilishiga sabab boʻldi
- tayyorlan asosiy saroyga boramiz, - Jungkook qiz tomon yurib kelishi davomida gapirdi
- tinchlikmi? Nima uchun? - Yerim oʻrnidan turib hayratini ochiq koʻrsatdi. Sababi shu paytgacha hech ham saroyga chaqirtirilmagan edi ular
- hukmdorimiz yarim yil deganda bizni sogʻinibdilar chogʻi, - lab chetida jilmayib qoʻygan Jungkook biroz ensa qotirishni ham unutmadi
- shunchaki hayratdaman, - Yerim turmush oʻrtogʻiga oʻxshab ensa qotirgancha saroy ichiga kirib ketdi

Pov Yerim: kanizaklar yordamida biroz oʻzimga qarab saroydan chiqdim. Jungkook ot aravada meni kutib turardi. Yaqinlashganimdan soʻng mulozamat ila eshikni ochib, chiqib olishimga yordam berdi. Oʻrnimga joylashib olganimdan keyin u ham oʻtirib, haydashlarini buyurdi.

Ochigʻini aytsam, hayajonlanyapman. Nega? Chunki Taehyungni koʻrish umidi bor ichimda. U ham Na sulolasining yangi aʼzosi hisoblanadi endi. Demak, bugun u ham saroyda boʻlishi kerak?

Timeskip»
Masofa uzoqligi tufayli saroyga tushlik vaqtida yetib keldik. Arava toʻxtashi bilan birinchi boʻlib Jungkook tushdi va menga yordamlashdi. Asosiy darvoza oldida akalarim va opam Yeji turardi. Ochigʻi ularni juda sogʻindim. Shuning uchun ham deyarli yugurgan holda ularni yoniga keldim
- hoy hoy sekinroq, - singlisining katta-katta qadamlarini koʻrgan shahzoda Seok Woo uni sekinlashishga undadi, lekin qiz bunga quloq solarmidi?
- juda sogʻindim, - yigʻlashga tayyor turgan qiz akalarining quchogʻiga singib ketdi goʻyo
- eshitdingizmi? U meni sogʻinibdi! - kichik shahzoda Baekhyun boshqa shahzodalarga qarab gerdayib, qosh uchirdi. Tabiiyki bundan hamma kulib yubordi
- yaah hammangizni juda sogʻindim, - Yerim
- meni sira sogʻinmagan koʻrinasan? - Yeji xafa boʻlgandek koʻrsatdi oʻzini
- omo sizni sogʻinmay boʻlarmikan? - Yerim akalari quchogʻidan chiqib tezlikda malika Yejini quchogʻiga otildi
- nega kelib turmading? - Yeji singlisini qattiq quchdi, koʻzlari esa allaqachon nam
- sizchi? Siz nega bormadingiz hech?
- er-xotinni baxtli onlariga halaqit bergim kelmadi, - Yerim Yejining gaplaridan soʻng bu yerda Jungkook ham bor ekanini esladi
- aytgancha, Jungkook kelaqoling, - Yerim akalari oldida suyukli yor rolini oʻynay boshladi
- anneyong~ sogʻliqlaringiz joyidami? - yigit biroz taʼzim bilan mayin tabassum qilgancha dedi
- kechirasan Jungkook Yerim bilan boʻlib senga qaramabmiz ham, - shahzoda Eun Woo qoʻlini yigitning yelkasiga qoʻyib jilmaydi
- hechqisi yoʻq, - tabassum bilan gapirdi Jungkook
- ichkariga kira qolaylik, - malika Yeji qoʻli bilan hammaga saroyga kirishga ishora qildi

Tushlik dasturxonida hamma shahzoda va malikalar toʻplanishgan. Lekin qiorl va ona qirolicha hali kelishmagandi. Shuning uchun ham oʻzaro shirin suhbat allaqachon boshlab yuborilgan edi

- men "albatta unga erishaman" demaganmidim senga Yerim? - malika Yeji yonida oʻtirgan singlisiga dedi
- kimga? Aysh uzr yodimdan koʻtarilibdi, - peshonasiga yengil urib qoʻygan Yerim soxta tabassum qildi. Hattoki qalbi qayta tirnalgan boʻlsa-da
- sen turmushga chiqqach hayolparast boʻlib qoldingmi? Hayollaringni Jungkook band qilgan koʻrinadi, - Yeji singlisiga yaqin kelib, pichirladi va kulib yubordi
- hey unaqa emas!
- aynan shunaqa, - qoʻli bilan ogʻzini berkitib yana mazaxona kula boshladi Yeji
- oʻzingizni bilsangizchi! Hah telba oshiq!
- har holda men uni sevishimni yashirganim yoʻq?
- aytgancha.."sevgilingizni" oʻzi qayerda? - Yerim oʻzi gapirgan gapidan gʻalati boʻlib ketdi. Goʻyo ichidan bir nimalar uzilgandek boʻldi
- ana kelyapti, - Yeji qoʻli bilan Taehyung tomonga ishora qildi, koʻzlarida esa baxtni koʻrish qiyin emasdi.

Pov Yerim: Taehyung zinalardan birin-ketin yuqorilab kelardi. Unga qaratilgan nigohlarim goʻyo qotib qolgandek edi. Koʻzlarimni hech ham undan uza olmayapman. Oradan shuncha vaqt oʻtdi. Tan olish kerak, u anchagina oʻzgargan. Koʻrinishdan juda jiddiy.
Endi oldingidek hazil qiladigan Taehyung yoʻq. Ha, vaqt hamma narsani oʻzgartira oladi. Meni hislarimdan boshqa hech narsa - oldingi kabi emas

Yarim yil! Naq yarim yildan buyon koʻrmadim uni. Sogʻindimmi? Qanchalik rad qilishga urinmay, qalbim u tomon talpinishdan toʻxtay olmayapti. Lekin uni sevishga, sogʻinishga menda haq-huquq bormi?

Pov avtor: Taehyung oʻtirgan barcha shahzoda va malikalarga kichik taʼzim qilgach, Yejining yonidagi boʻsh oʻrinni egalladi. Malika bilan suhbatlasha boshlagan yigit ora-orada oʻgʻrincha nigohlarini mutlaqo boshqa tomonga qarab oʻtirgan Yerimga qaratardi
- siz bilan qayerdadir koʻrishmaganmizmi? - Taehyungning qarshisida oʻtirgan Jungkook biroz oʻylanib, soʻradi
- men bilanmi? - barmogʻini oʻziga niqtab qoshlarini yuqoriga koʻtardi Taehyung, - menimcha yoʻq. Koʻrishgan boʻlsak, albatta esimda qolardi
- lekin juda tanish koʻrinyapsiz? - Jungkook
- menimcha kimgadir oʻxshatdingiz, - beparvogina javob qaytargan yigit eʼtiborini qayta "sevgilisiga" qaratdi
- qayerdadir koʻrganman, - Jungkook qoʻlida turgan piyolaga nigohlarini qadagancha oʻziga eshitarli qilib pichirladi

Pov avtor: Taehyung tashqariga chiqib kelishini aytgancha oʻrnidan turdi. Deyarli Yejidan boshqa hech kim unga eʼtibor bermadi. Sababi qizgʻin suhbat ketayotgandi. Yerim ham qulay fursatdan foydalanib uning ortidan chiqib ketdi. Taehyung saroy bogʻi markaziga borganida Yerim uning ismini aytib yurishdan toʻxtatdi. Yerim ikkilamchi qadamlar bilan yigit tomon keldi. Uning ortidan kelishga va toʻxtatishga undagan jurʼati - yigitning koʻzlari bilan toʻqnashishi bilan gʻoyib boʻldi goʻyo
- nimadir demoqchimisiz malika? - Taehyung ortiga oʻgirildi-yu hissiz ohangda soʻradi
- oʻsha kuni..nima uchun kelmadingiz?
- qaysi kunni nazarda tutyapsiz?
- oʻzingizni goʻllikka solmang! Hammasini juda yaxshi bilib turibsiz! Musobaqa oʻtkazilgan kun - nima sabab boʻldi-yu kelmadingiz? "Biz birga boʻlamiz" deb meni ishontirgan Taehyung qayerda qoldi? Nega menga puch umidlarni berdingiz? - Yerim
- haqiqatga tik qarashni oʻrgandim! - Taehyung
- haqiqat mendan voz kechish edimi? - Yerim koʻzlari atrofiga yigʻilgan koʻz yoshlarini tashqariga chiqarmaslik uchun ularni pirpirata boshladi. Qizning yigʻlashga tayyor ekanini koʻrgan Taehyungning yuragi qayta tilka-pora boʻldi. Lekin u shunga majbur. Qilayotgan ishlarini oxirigacha yetkazishi shart. Agar malikaga - musobaqa kuni jarohatlangani sababli kela olmaganini aytsa, Yerim bunda oʻzini aybdor hisoblardi
- tushunsangizchi! Biz baribir birga boʻlolmasdik! Siz - malikasiz! Bundan tashqari u musobaqa shunchaki koʻz boyamachilik edi! Esingizda boʻlsa siz oʻsha paytda allaqachon unashtirilgan edingiz? - Taehyung

- vaqt hamma narsani oʻzgartiradi deyishardi, bunga endi ishondim! Siz oʻzgaribsiz! Oʻzingizni tutishingiz, gaplaringiz, harakatlaringiz va..hislaringiz ham oʻzgaribdi! - Yerim oʻpkasida toʻlgan havoni chiqarib gaplarini davom ettirdi, - lekin meni sizga nisbatan boʻlgan hislarim hamon oʻsha-oʻsha! - Yerim nigohlarini yigitning koʻzlaridan uzmay gaplarini yakunladi. Biroz vaqt yigitga termilib turgach, sekinlik bilan ortiga oʻgirildi.

Endigina yigitdan bir qadam uzoqlashgan qizni - Taehyung qoʻli yordamida oʻziga tortdi va lablar toʻqnashuvini sodir etdi. Yigitning oʻng qoʻli - qizning bilagidan siqib turibdi, chap qoʻli esa uning mayin teriga ega yuzida sayr etmoqda. Yerim hislariga yengilib koʻzlarini yumgan on - majburlik ila ushlab turgan koʻz yoshi uning yuzi uzra dumaladi.

Nomaʼlum vaqt davom etgan lablar uchrashuvini birinchi boʻlib Yerim buzdi. Oʻz tanasini bir qadam ortga olgan qiz tezlikda Taehyungni yuziga tarsaki tushirdi. Yuzidagi yoshlarni kafti bilan artgancha, bogʻni tark etdi u
- umid qilamanki, bu uning ilk boʻsasi edi, - Taehyung uning turmush oʻrtogʻi bilan yaqinlik qilmaganiga umid qilib - tarsaki yegan yuzini silab qoʻydi.

Yerim yoʻlakdan tez-tez yurib ketar ekan, yoʻlida birdan toʻxtab qoldi va yigʻlagani sezilmasligi uchun oʻzini tartibga solib oldi-yu oilasi oʻtirgan joy tomon yura boshladi
*
Dasturxon atrofida jimlik. Faqatgina qoshiqlarning likopchalarga urilganda chiqadigan ovozi xona boʻylab jarang sochmoqda. Qirol va ona qirolichaning yonida hech bir shahzoda va malikaning gapirishga jurʼati yetmaydi. Hatto ular oʻz ota-onasi boʻlsa-da.

Hukmdorni - toʻsatdan tutgan kuchli yutal tufayli xonadagi hamma shoshib qoldi. Qirolicha oʻrnidan turib, qirolning qarshisiga keliboq uni ikki yelkasidan tutdi - qirolim nima boʻlyapti? Yaxshimisiz? - ayol qaltiroq bosgan qoʻli bilan piyolaga suv quyib, qirolga ichirishga urindi. Lekin erkak suvni ichib ulgurmasdan, qayta yutal boshlandi. Qirolichaning qoʻlidagi piyola ham yerga tushib, parchalandi. Qirol qoʻli bilan ogʻzini berkitib yutalar ekan, uning qoʻliga tushgan qip-qizil qonni koʻrgan hammaning yurak urishi qoʻrquvdan tezlashib ketdi - TABIBNI CHAQIRING! TEZ! - shahzoda Eun Woo xona burchagida qotib qolgan xizmatkorlarga buyurdi*Xona ichkarisidan chiqib kelgan saroy tabibini koʻrgan shahzodalar tezda uni atrofini oʻrab olishdi - otam yaxshimilar? - ularga nima boʻlibdi? - ovqatdan zaharlanishmi bu? - nima uchun qon qusdilar? - barcha shahzodalar erkakni oʻrab olgancha unga ichida toʻplanib qolgan savollarni bera boshlashdi. Tabibning sukuti esa, hammaning asab tolalarini yemirayotgandek edi - gapirish niyatingiz bormi oʻzi?! - shahzoda Seok Woo erkakni bilagidan ushlab, siltadi - afsuski..hukmdorimizning umrlari tugab bormoqda, - tabib - b.bu nima deganingiz? - shahzoda Baekhyun zoʻrgʻa savolini yakunladi - ularning kasallik muddati allaqachon oʻtib ketibdi. Uzogʻi bilan ikki hafta umrlari qolgan..sabr tilayman, - erkak gaplarini yakunlashi bilan shahzodalarni chetlab oʻtib ketdi. Agar bu yerda yana biroz muddat qolsa shahzodalardan birortasi jahliga yengilib, uning qotili boʻlishi mumkin ekanligini bilardi u. - m.men ichkariga kiraman, - katta shahzoda Eun Woo koʻzlarida toʻplangan yoshlarini ukalariga koʻrsatmasdan, otasi yotgan xonaga kirdi - Eun Woo, - yumshoq yotoqda yotgan hukmdor past ovozda oʻgʻlini ismini aytib, yoniga chorladi - o.ota yaxshimisiz? - yigit yotoq burchagiga sekinlik bilan oʻtirib, otasining qoʻlidan tutdi - umrim oʻz nihoyasiga yetayotganini bilaman.. - unday demang ota! - gapimni boʻlmay eshit, - koʻzlarini ogʻir yumib, ochgan erkak qayta gapirishda davom etdi, - m.men.. oʻlganimdan soʻng - bu davlatni yangi hukmdori sen boʻlasan! Shahzodalar orasida eng aqlli va mehriboni oʻzingsan Eun Woo! Men yaxshi qirol boʻlgandurman, lekin yaxshi ota boʻla olmadim..iltimos kun kelib ota boʻlganingda mendek boʻlma! - qirolning nafasi siqilib gapirishi davomida Eun Wooning koʻzlaridagi yoshlar sira toʻxtamas ekan, bu otasi bilan soʻnggi suhbat boʻlib qolmasligi uchun ichida duo qilardi.

Lekin birdan gapirishdan va nafas olishdan toʻxtab qolgan erkak tufayli yigitning bu niyatlari shunchaki armon boʻlib qoldi xolos...

Eun Woo xonada baqirib yigʻlashni boshlashi bilanoq - eshik tashqarisida turgan shahzodalarning yuragi urishdan toʻxtadi goʻyo. Yigitlarning hammasi xona ichiga bostirib kirishdi. Ularning koʻrgan manzarasi - otasining sovuq tanasini quchib yigʻlayotgan shahzoda boʻldi...

Oradan vaqtlar oʻtdi»
Yana bir qorongʻu tun. Kech tushib qolganiga qaramasdan - Taehyung yana oʻsha qabr boshiga keldi. Bu hol allaqachon odat tusiga kirib ulgurgan. Yigit sekinlik bilan tanish qabr yoniga choʻkkaladi
- Yeji sovuq qotmayapsanmi? Yerning ostki qismi ancha sovuq boʻlsa kerak-a? Meni kechir. Men yana keldim. Bilaman - bilaman! Oʻtgan tunda menga "yonimga boshqa kelmang, oʻz hayotiniz bilan yashang" deb aytganding, lekin nima qilay? Vijdonim qiynalyapti, oʻzimni kechira olmayapman! Meni bu dunyoda vijdon azobida tashlab, oʻzing ketib qolding, - yigit maʼyus jilmayib qoʻygancha qoʻlida siqimlab turgan nam tuproqni qayta joyiga qoʻydi va yerni silay boshladi, - axir sen baxtli boʻlishing kerak edi? Nega bunchalik erta ketding? Biz turmush qurmoqchi edik! Sen bilan uzoqlarga ketmoqchi edik-ku? Esingdami? "Malika kabi emas, oddiy inson kabi yashashni istayman" degan eding? Sen borgan joylarda - hamma barobar..malika-yu shahzodalar yoʻq u yerda, sen istagan narsa shu edimi?

FLASHBACK
- Taehyung anavi gullarni qarang, - Yeji bir qoʻlini yigitning qoʻliga oʻrab, ikkinchisi bilan pushti rangli gullarga ishora qildi
- bir gul boshqa bir gulga qarashimga ishora qilyaptimi? - Taehyung otasi vafotidan keyin ancha xomush tortib qolgan qizni koʻnglini koʻtarish uchun uni saroy tashqarisiga olib chiqqan edi va bu qizni chalgʻishiga sabab boʻla oldi
- Taehyung~ mehringiz tafti shunchalar issiqki, men yonib - kul boʻlyapman, - Yeji yuzini yigitning koʻksiga qoʻyib, erkalandi
- men hozir, - Taehyung qizning sochlarini silab qoʻygancha, boyagina u koʻrsatgan gullar tomon yugurdi

Yeji birma-bir gul terayotgan sevgilisiga quvonchdan porlab turgan koʻzlari bilan tikilib turardi - toki yigitni nishonga olib turgan niqobli merganni koʻrmagunga qadar.

Yeji yigitning ismini lablari orasidan chiqarib, u tomon yugurdi. Sevgilisining koʻrkam tanasini oʻzining kichik tanasi bilan oʻqdan himoya qilgan qizning yuzi bir on ogʻriqdan burishdi. Ammo koʻzlari yigitning hayrat aks etib turgan koʻzlari bilan toʻqnashishi bilanoq mayin tabassumini siqib chiqardi u
- doim baxtli boʻlishga harakat qiling.. m.meni unutib qoʻymang iltimos..sizni sevaman - qiz soʻnggi kuchini toʻpladi-yu oyoq uchida turgancha lablarini sevgilisiniki bilan birlashtirdi. Garchi bu - harakatsiz, oddiy boʻsa boʻlsa-da, qizni yuragi goʻyo joyidan otilib chiqishga tayyordek urardi. Ammo bu "baxtli onlar" koʻpga choʻzilmadi: qiz oʻzining jonsiz tanasini sevgani qoʻllariga tashladi
- b.bunday..qilol.maysan..oʻlishga haqqing y.yoʻq! Iltimos..unday qilma!

FLASHBACK TAMOM!
- seni bu dunyodan koʻz yumishinga sababchi boʻlgan oʻsha itni - men oʻzim oʻldirdim! Aslida..seni oʻliminga men sababchiman..! Bilasanmi nima? Oʻsha yollanma qotilni Yerimning qaynotasi yollabdi, - yigit alamli kulib, - sabab nima? Men va Yerimni..koʻrgan emish.. Jin ursin meni! Seni yoninga kelib nimalar deyapman-a?! Jin ursin!! Meni kechir, iltimos! - yigit koʻzlaridan oqib chiqqan yoshlarini birma-bir artib, oʻrnidan turdi va oʻz uyi tomon yura boshladi.

- aka? Yana bordingizmi? - uy eshigi ochilganda chiqqan ovozdan Sue xonasidan yugurib chiqdi-yu eshik oldida akasini koʻrib soʻradi va javob tariqasida akasining bosh irgʻashini oldi xolos
- iltimos oʻzingizni qiynashni bas qiling! U sizni deb oʻlmadi! Tushunsangizchi axir? - Sue akasining qoʻlidan tutib, unga birma-bir gaplarini uqtirdi

- sen ham boshqalar aytayotgan gaplarni takrorlama, - Taehyung
- chunki hammamiz toʻgʻri gapni aytayapmiz aka! Oʻzingiz aytamaganmidingiz? Axir "u" sizni baxtli boʻlishingizni istar edi? - Sue gapirishi davomida akasining koʻzlaridan oqayotgan yoshlarni artib qoʻyar lekin bu koʻz yoshlar oʻrnini boshqasi egallardi

Yangi kun»
- hammasi uchun rahmat Jungkook, - Jeyi saroyini tark etayotgan Yerim aravaga chiqishidan avval ortida turgan "sobiq turmush oʻrtogʻiga" dedi
- rahmatga arziydigan hech nima qilganim yoʻq, aksincha sening hayotingni zulmat bilan qoplashga oz boʻlsa-da sababchi boʻldim, - Jungkook
- siz aybdor emasligingizni hammamiz yaxshi bilamiz. Shunday ekan oʻzingizni aybdordek his qilmang, iltimos, - Yerim gaplari yakunida biroz jilmayib qoʻydi
- aytgancha endi nima qilasan? - Jungkook
- oʻzim ham bilmayman..hamma narsa oʻzgarib ketdi. Endi baxtga erishish - men uchun eng mushkuli!
- aslida baxt sensan! Shunchaki bu sirni mendan boshqa hech kim bilmaydi xolos? - Jungkook
- unda nega shuncha vaqt ichida "baxt"ni sevib qolmadingiz? - Yerim
- meni taqdirimda baxt bilan birga boʻlish bitilmagan..qani endi boraqol! Yana biroz shunday qolsang, keyin ketolmay qolishing aniq! - Jungkook yuzini yerga qaratib gaplarini yakunladi va soʻngida Yerim tomon qoʻl choʻzdi. Lekin qiz uning qoʻlini siqib qoʻyish oʻrniga, yigitni bagʻriga bosdi
- rahmat

Timeskip»
- sizni sogʻindim, - Yerim qoʻli bilan nam tuproqni silar ekan, past ovozda pichirladi, - nega bunday qildingiz demayman..chunki sevgining kuchi qanday ekanligini bilaman. Insonni aqlidan ayiradi. Xuddi telba kabi, nima qilayotganini bilmay qoladi. Lekin ishonchim komil, vaqt ortga qaytganida ham siz uni qutqargan boʻlardingiz, - Yerim koʻzidan oqqan yoshlarni artib, yuzini osmonga qaratib biroz jim boʻlib qoldi, - sizga ayta olmagan gaplarim hali juda koʻp edi axir..sizni juda yaxshi koʻraman~

Yerim sekinlik bilan oʻrnidan turib, qabriston darvozasi tomon yura boshladi. Lekin yoʻlak boshida turgan tanish qiyofani koʻrishi bilan bir muddat joyida toʻxtab qoldi. Taehyung katta qadamlari bilan Yerimning qarshisiga yetib keldi - a.ahvolingiz yaxshimi? - Yerim ancha vaqtdan buyon uni koʻrmagani bois oʻzini titroqni his qildi - tanam tirik, ruhim - allaqachon oʻlib boʻlgan, - Taehyung - m.men ajrashdim, - Yerim nigohlarini yerga qadab dedi - siz bilan birga boʻlishim - "unga" nisbatan eng katta adolatsizlik boʻladi.. oʻzingizni ehtiyot qiling, - Taehyung qizni chetlab oʻtib, Yejining qabri tomon yurib ketdi - men u maʼnoda gapirmagandim, - yigitning ortidan yosh toʻla koʻzlari bilan tikilib turgan qiz oʻziga-oʻzi pichirladi* - senga qanaqa gullar yoqadi Sue? - Jimin barmoqlarini oʻynab, ulardan koʻz uzmay ketayotgan qizdan soʻradi - mengami? Mm..bilmadim. Muhimi qanday gul ekani emas, muhimi eʼtibor, toʻgʻrimi? - Sue - toʻgʻri aytasan! - oʻzining chiroyli tabassumini koʻrsatgan Jimin quvnoqlik bilan bosh silkidi - haligi..meni uyda ishlashim bor edi, balki qaytarmiz? - akasidek koʻradigan insoni bilan uchrashuvga chiqqan qiz oʻzini noqulay his qilayotgani uchun qaytishni afzal koʻrdi - mayli yuraqol, - Jimin muloyimlik bilan rozilik bildirdi

Pov Sue: uni akamdek koʻraman. Lekin bugun u bilan uchrashuvga chiqdim? Aysh jin ursin* yarim yil avval hayotim qanday edi-yu hozir qanday? Hammasi oʻzgarib ketdi. Jimin akam meni yoqtirishini aytganida ichimdan nimalar oʻtganini oʻzim ham bilmayman. Ularni sevgisi sof. Buni bilaman, lekin koʻnglim oʻzgasida boʻla turib, ular bilan boʻla olmayman! Oʻzimni ham, ularni ham baxtsiz qilishni istamayman..

Qaytishda Jimin akam ham, men ham gaplashmadik. Uydan unchalik uzoqda emasdik. Shuning uchun tezda uyim yaqiniga kelib qoldik. Hammasi yaxshi edi..toki yarim yil oldin - oʻzimdan uzoqlashtirgan oʻsha "sevgilimni" koʻrmagunimga qadar.

Uni koʻrdim-u yurak urishim tezlashib ketdi. Oyoq-qoʻlim titrayapti. Joyimda toʻxtab qolganimni sezmabman ham. Jimin akam biroz oldinlab ketib, meni koʻrgach toʻxtab, ismimni aytdi. Nigohlarimni qisqa fursatga ularga qaratdim.

- sen ham boshqalar aytayotgan gaplarni takrorlama, - Taehyung
- chunki hammamiz toʻgʻri gapni aytayapmiz aka! Oʻzingiz aytamaganmidingiz? Axir "u" sizni baxtli boʻlishingizni istar edi? - Sue gapirishi davomida akasining koʻzlaridan oqayotgan yoshlarni artib qoʻyar lekin bu koʻz yoshlar oʻrnini boshqasi egallardi

Yangi kun»
- hammasi uchun rahmat Jungkook, - Jeyi saroyini tark etayotgan Yerim aravaga chiqishidan avval ortida turgan "sobiq turmush oʻrtogʻiga" dedi
- rahmatga arziydigan hech nima qilganim yoʻq, aksincha sening hayotingni zulmat bilan qoplashga oz boʻlsa-da sababchi boʻldim, - Jungkook
- siz aybdor emasligingizni hammamiz yaxshi bilamiz. Shunday ekan oʻzingizni aybdordek his qilmang, iltimos, - Yerim gaplari yakunida biroz jilmayib qoʻydi
- aytgancha endi nima qilasan? - Jungkook
- oʻzim ham bilmayman..hamma narsa oʻzgarib ketdi. Endi baxtga erishish - men uchun eng mushkuli!
- aslida baxt sensan! Shunchaki bu sirni mendan boshqa hech kim bilmaydi xolos? - Jungkook
- unda nega shuncha vaqt ichida "baxt"ni sevib qolmadingiz? - Yerim
- meni taqdirimda baxt bilan birga boʻlish bitilmagan..qani endi boraqol! Yana biroz shunday qolsang, keyin ketolmay qolishing aniq! - Jungkook yuzini yerga qaratib gaplarini yakunladi va soʻngida Yerim tomon qoʻl choʻzdi. Lekin qiz uning qoʻlini siqib qoʻyish oʻrniga, yigitni bagʻriga bosdi
- rahmat

Timeskip»
- sizni sogʻindim, - Yerim qoʻli bilan nam tuproqni silar ekan, past ovozda pichirladi, - nega bunday qildingiz demayman..chunki sevgining kuchi qanday ekanligini bilaman. Insonni aqlidan ayiradi. Xuddi telba kabi, nima qilayotganini bilmay qoladi. Lekin ishonchim komil, vaqt ortga qaytganida ham siz uni qutqargan boʻlardingiz, - Yerim koʻzidan oqqan yoshlarni artib, yuzini osmonga qaratib biroz jim boʻlib qoldi, - sizga ayta olmagan gaplarim hali juda koʻp edi axir..sizni juda yaxshi koʻraman~

Yerim sekinlik bilan oʻrnidan turib, qabriston darvozasi tomon yura boshladi. Lekin yoʻlak boshida turgan tanish qiyofani koʻrishi bilan bir muddat joyida toʻxtab qoldi. Taehyung katta qadamlari bilan Yerimning qarshisiga yetib keldi - a.ahvolingiz yaxshimi? - Yerim ancha vaqtdan buyon uni koʻrmagani bois oʻzini titroqni his qildi - tanam tirik, ruhim - allaqachon oʻlib boʻlgan, - Taehyung - m.men ajrashdim, - Yerim nigohlarini yerga qadab dedi - siz bilan birga boʻlishim - "unga" nisbatan eng katta adolatsizlik boʻladi.. oʻzingizni ehtiyot qiling, - Taehyung qizni chetlab oʻtib, Yejining qabri tomon yurib ketdi - men u maʼnoda gapirmagandim, - yigitning ortidan yosh toʻla koʻzlari bilan tikilib turgan qiz oʻziga-oʻzi pichirladi* - senga qanaqa gullar yoqadi Sue? - Jimin barmoqlarini oʻynab, ulardan koʻz uzmay ketayotgan qizdan soʻradi - mengami? Mm..bilmadim. Muhimi qanday gul ekani emas, muhimi eʼtibor, toʻgʻrimi? - Sue - toʻgʻri aytasan! - oʻzining chiroyli tabassumini koʻrsatgan Jimin quvnoqlik bilan bosh silkidi - haligi..meni uyda ishlashim bor edi, balki qaytarmiz? - akasidek koʻradigan insoni bilan uchrashuvga chiqqan qiz oʻzini noqulay his qilayotgani uchun qaytishni afzal koʻrdi - mayli yuraqol, - Jimin muloyimlik bilan rozilik bildirdi

Pov Sue: uni akamdek koʻraman. Lekin bugun u bilan uchrashuvga chiqdim? Aysh jin ursin* yarim yil avval hayotim qanday edi-yu hozir qanday? Hammasi oʻzgarib ketdi. Jimin akam meni yoqtirishini aytganida ichimdan nimalar oʻtganini oʻzim ham bilmayman. Ularni sevgisi sof. Buni bilaman, lekin koʻnglim oʻzgasida boʻla turib, ular bilan boʻla olmayman! Oʻzimni ham, ularni ham baxtsiz qilishni istamayman..

Qaytishda Jimin akam ham, men ham gaplashmadik. Uydan unchalik uzoqda emasdik. Shuning uchun tezda uyim yaqiniga kelib qoldik. Hammasi yaxshi edi..toki yarim yil oldin - oʻzimdan uzoqlashtirgan oʻsha "sevgilimni" koʻrmagunimga qadar.

Uni koʻrdim-u yurak urishim tezlashib ketdi. Oyoq-qoʻlim titrayapti. Joyimda toʻxtab qolganimni sezmabman ham. Jimin akam biroz oldinlab ketib, meni koʻrgach toʻxtab, ismimni aytdi. Nigohlarimni qisqa fursatga ularga qaratdim.

Jungkook..u biz tomon kelyaptimi?! Yoʻq.! Kelma! Kelsang hislarimga yengilishim mumkin..
- Sue gaplashib olsak boʻladimi? - Jungkook yaqinlashib keldi va toʻxtagach shunday mayin ohangda gapirdiki, oʻzimni zoʻrgʻa tutib turdim
- n.nima haqida? - jin ursin duduqlanishga balo bormi?? Sue oʻzingni tut! Yo xudoyim! Jimin akam? U shu yerda ediku! Yaramas Jungkook meni qay koʻyga solganingni koʻryapsanmi? Hatto yonimdagi insonni ham unutib qoʻydim! Jin ursin seni!!
- haligi..Jimin aka u..u, - duduqlanib nima deyishni bilmay kalovlanar ekanman, Jimin akam lab chetida jilmayib qoʻydi
- sizlarni yolgʻiz qoldiraman, - Jimin akam shunday deb, ketib qoldi. Hech narsa deya olmadim. Hozir ularni ichidan nima oʻtganini tasavvur ham qilolmayman! Aysh!!
- uchrashuvga chiqdingizmi?
- ha toʻyim ham boʻladi! - jin ursin nima deyapman?!
- men esa ajrashdim, - Jungkook bu gapni shunchalik oddiy qilib aytdiki, ogʻzim lang ochildi qoldi. U malikaga uylangan edi, buni bilaman. Toʻy marosimi oʻtgach ham yonimga keldi, lekin unga qanday gaplar aytgandima? Oxirgi bor koʻrishganimda salkam haydagandim..hozir esa qarshimda ajrashganini aytyapti u
- n.nima?
- menga bir imkon berasiz deb oʻylagandim? Meni kechiring! Sizni hayotingizni barbod qilish niyatim yoʻq! Yaxshisi meni koʻrmagandek tuting oʻzingizni! Bu kunni unuting! - Jungkook tez-tez gapirib, yonginamdan oʻtib ketayotganda tezlikda uni qoʻlidan tutib toʻxtatdim
- y.yoʻq! Men aldadim! Hech qanday toʻy yoʻq! Ularni akam deb bilaman! - gaplarim yakunlanishi bilan meni bagʻriga tortgan yigitni qilgan ishidan dovdirab qoldim. Ochigʻi kutmagan edim. Jungkook meni qattiq bagʻriga bosib, yuzini boʻynimga olib borib chuqur hidladi..aysh uyalib ketyapman!! Yuzim pomidor kabi qip-qizil boʻlib qolganiga ishonchim komil!!

Parallel vaqtlar »
Taehyung doimiy qarorgohiga aylanib ulgurgan qabristondan chiqib, uyiga bozor ichidagi yoʻldan ketar ekan, beqaror koʻzlari turli tomonlarga aylanardi. Balki shu sababdur qarshisidan kelayotgan qari erkakni payqamay qolib, u bilan urilib ketdi
- kechi..rasiz, - yigit yuzini biroz egib, erkakdan uzr soʻramoqchi boʻlganida - odatga aylangan tushlarida koʻradigan oʻsha "amaldor erkak"ni koʻrib gaplari ikkiga boʻlindi
- koʻzinga qarasang boʻlmaydimi?! - erkak qoʻrslik bilan gapirdiyu oldinlab keta boshladi. Joyida haykal kabi qotib qolgan Taehyung esa qisqa vaqt ichida oʻziga kelib olib, oldinlab ketgan erkak izidan yurdi.

Erkak oqsoq oyogʻi bilan sekin yurgani sabab ancha muddat ichida bir eski kulbaga kelib, eshikdan kirib ketdi. Taehyung tushlarida koʻrgan hashamdor uy bu emasligini aniq bilardi
- mendan oldin yaratgan jazo berib boʻlgan koʻrinadi, - oʻziga-oʻzi gapirgan yigit sekinlik bilan ortiga burildi.

ORADAN 13 YIL OʻTDI»
- Yejii hey shoshmasangchi, - Taehyung besh yashar qizalogʻining ortidan chopar, lekin oldinda pildirab ketayotgan qizaloqqa hech ham yeta olmas edi, - hozir tutib olsam seni yeb qoʻyaman! - Taehyung bor tezligida yugurdiyu, qizchani koʻtarib oldi va uning turli qismlaridan tez-tez oʻpa boshladi. Ularni chetdan kuzatib turgan Sue bir qoʻlidan tutib turgan oʻgʻliga, bir Jungkookga qarab kulardi
- Yuhyeon unnie akam sizni oldingizda ham shunaqa yosh bola kabimi? - Sue yangasiga qarab soʻradi
- yoʻq u faqatgina Yeji bilan boʻlganida shunaqa, - turmush oʻrtogʻidan loʻz uzmay turib gapirdi Yuhyeon

- Yeji qara kimni olib keldim, - Taehyung gullar ochilib turgan qabrga qarab turib quchogʻida erkalanib oʻtirgan qizalogʻiga ishora qildi
- u xuddi seni oʻzing~ ismi ham seniki, - yigit qizchaga qarab jilmayib qoʻydi
- sen aytaning kabi oʻz hayotimni qurdim. Ammo seni unutganim yoʻq! Sen doim men bilansan..kichik Yeji koʻrinishida, - Taehyung gaplarini yakunlagach mitti Yeji, Yuhyeon, Sue, Jungkook va ularning mitti oʻgʻli bilan qabristonni tark etishdi

Fanficni oʻqigan hammaga rahmat💗 Oylar davom etgan ushbu fanfic ham oʻz nihoyasiga yetdi! Umid qilamanki, fanfic sizlarni koʻnglingizdan kichik boʻlsada joy oladi~

Yoqimli mutolaa moychechaklarim🌼 izohlarda oʻz fikringizni yozib ketarsiz balki? Eʼtibor berib, vaqt ajratib oʻqiganlar - rozi boʻlinglar💗

SEVGI BILAN: HWANG YEJI