LOST IN PAGES
— Hech qachon hayolimdan ketmading. Hattoki o'ylashga sendan boshqa million xil o'ylarim borligida ham
Taehyung shahar chetidagi ombor yaqinida mashinasini toʻxtatib, atrofni biroz kuzatdi. Soʻngra mashinadan tushdi-yu magʻrur qadamlari bilan ombor ichiga kirdi. Uni koʻrgan yigitlar hurmat bilan taʼzim qilishdi
- bu aniq oʻshami? - dedi stulda boshiga qop kiydirib qoʻyilgan yigitga ishora qilib
- ha janob!
- chiqinglar, - uning birgina shu gapidan soʻng toʻrt-besh kishi tashqariga chiqib ketdi.
Taehyung omborda "u" bilan yolgʻiz qolgach, uni boshidan qopni oldi va qarshisidagi stulga oʻtirdi
- kimsan? - dedi past ovozda yigit
- seni ajaling, - Taehyung kulib yigitni qoʻrquv bosgan koʻzlariga tikildi
- bilasanmi nima?! Men uchun bu dunyoda atigi bir kishi oʻta qadrli. Unga qaragan har bir koʻzlarni oʻyib olaman! Uni tanasiga tegingan qoʻllarni esa - sindiraman! Sen esa har ikkalasini ham qilding? - Taehyung shimiga qistirilgan toʻpponchasini oldi-yu oʻqladi, - ammo bu senga yordam beradi, - toʻpponchaga ishora qilib
- q.qanday?
- men seni chala jon boʻlguninga qadar doʻpposlayman, bir-ikkita suyaklaringni sindiraman va tananga biroz ishlov beraman..toʻpponcha esa seni u dunyoga osongina olib ketadi. Rejam yaxshimi? - kulib dedi Taehyung
- n.nima uchun bunday qilyapsan? Men senga hech nima qilmadim axir!
- MENGA TEGISHLI QIZNING BADANIGA TEGINDING!! Qaysi qoʻling bilan quchoqlab turganding-a?! Oʻng edimi yoki chap? Haa esladim chap edi! - Taehyung yigitning orqaga qilib bogʻlangan qoʻlini arqondan boʻshatdi-yu birin-ketin barmoqlarini sindira boshladi
Ombor tashqarisida xoʻjayinini kutib turgan haligi yigitlar esa ichkaridan kelayotgan qichqiriqlarni eshitishga majbur edilar.
Timeskip»
Yeji muzey eshigidan chiqdi-yu tashqarida Taehyungni koʻrib hayronlik bilan unga tikildi. Soʻngra u tomon yura boshladi
- bu yerda nima qilyapsiz? - dedi Yeji yetib kelishi bilanoq
- seni olib ketish uchun kelgan edim, yoqmadi shekilli? - qoʻllarini choʻntagiga solib, mashinasiga suyandi Taehyung
- yaah yoʻq albatta! Bu nima deganingiz?! Ketdikmi? - notoʻgʻri gapirib qoʻyganini payqagan qiz qoʻllarini yigitning qoʻliga oʻrab jilmaydi
- shayton qiz! - Taehyung lab chetida kulib, Yejining yuzini chimchilab oldi. Yeji endigina gapirish uchun ogʻiz juftlagan edi hamki orqadan oʻzining ismini eshitib, ortga oʻgirildi
- meni tashlab ketmoqchi edingmi? - Ari zinalar tepasida turib qichqirdi
- hoy baqirmasangchi! - Ari sumkasini toʻgʻirlab qoʻygancha dugonasini oldiga keldi va ortda ularga qarab turgan bir juft koʻzlarni payqadi
- h.haligi.. u kim? - deb soʻradi Ari
- sevgan yigitiman, - deya Yeji gapirishidan avval oʻzini tanishtirdi Taehyung
- Yeji? Sen aytgan yigit shu edimi? - dedi Ari dugonasining qulogʻiga shivirlab, - jin ursin u juda kelishgan ekan-ku?!
- jim boʻl jinni! - deya qizning qoʻlidan chimchiladi Yeji
- sen Jungkook bilan ketmoqchi eding-ku boraqol?
- uni ishlari bor ekan, sizlar bilan ketsam halal bermaymanmi? Ishoning, borligimni ham sezmaysiz! - mushukcha koʻzlari bilan tikilib dedi Ari. Sevgilisi bilan yolgʻiz ketishni xohlagan Taehyung esa ichida soʻkingancha rozi boʻldi
Pov Yeji: Arini uyiga tashlab qoʻygandan soʻng Taehyung mashinani uyimiz tomon haydadi. Ikkimiz ham yoʻl davomida bir ogʻiz ham gapirmadik. Hozir yigitimga qarab turib, uning qanchalar kelishgan ekaniga yana bir bor amin boʻldim. Qaysi stilda kiyinsa ham yarashaveradigan koʻrkam tanasi, tim qora tekislangan sochlari, olovdek har yoqqa oʻt sochadigan oʻtkir nigohlari, mashina rulida turgan va men hech qachon koʻzlarimni uza olmaydigan oʻsha boʻrtma tomirli qoʻllari..
- menga bunday tikilib qarama
- a? - uni yuzi toʻgʻriga qaratilgan, ammo meni payqab qoldimi? Ishonchim komil, hozir yuzim qip-qizil olmadan farq qilmayapti!
- hozir nimalarni hayol qilding? - dedi koʻzlarini yoʻldan uzmagan holda
- nima? Menmi? Hech nimani oʻylamadim! - Yeji
- rostanmi? - Taehyung yuzini Yeji tomon burdi-yu bir qoshini yuqoriga koʻtarib soʻradi
- h.ha rostan albatta?
- unda nega qizarib ketding?
- m.men shunchaki..isib ketdim!
- kuzning oxiri, deyarli qish ammo bizning "uyatchan" malikamiz isib ketdilar? - deya kuldi Taehyung
- boʻldi men jim boʻlaman! - dedi Yeji qoʻllarini koʻksiga bogʻlash barobarida
Pov Yeji: Taehyung mashinani toʻxtatishi bilan tushdim-u, uy ichiga kirib ketdim. Ortimdan u ham mashinadan tushganini eshitdim, lekin eʼtibor bermay toʻgʻri uni xonasiga koʻtarildim. Sumkamni xona ichida joylashgan stullardan biriga otib, yuvinish xonasiga kirdim. Agar u bilan bir uyda boʻlsam hech qachon xona eshigini qulflamayman. Chunki unga ishonaman. U oʻzim istamagunimga qadar menga tegmaslikka vaʼda bergan. Taehyung men bilan birga boʻlishni* qanchalik xohlasa-da, hislarini juda yaxshi boshqara oladi.
Taehyung bilan birga yashayotganimga koʻp boʻlmadi. Yaqinda uni qistovi bilan bu yerga keldim. U meni hamma narsadan rashk qilaveradi. Shuning uchun koʻz oldida boʻlishimni xohlagan menimcha. Ochigʻi u rashk qilsa men undan qoʻrqa boshlayman. Kechagina gʻazabiga yengilib meni sovuq suv tagida turishga majbur qildi. Agar unga chinakamiga xiyonat qilsam, u meni topmasdan avval oʻzimni oʻldirib qoʻya qolaman(kuldi) jin ursin nimalarni oʻylayapman-a?!
Dush xalatida xonadan chiqdim. Xuddi kechagi kabi Taehyung shu yerda edi. Farqi shundaki, nigohlarida kechagidek gʻazab yoʻq. Uni nigohlari ochiq oyoqlarim va boʻynimning pastki qismida edi. Shundan keyingina, ustimda faqat bir xalat borligi yodimga tushdi
- h.haligi meni kiyimlarim uyimda qolib..
- yangi sotib ol, - gaplarim yakunlanmasdan gapirdi va kartasini stol ustiga qoʻydi
- rahmat lekin keragi yoʻq edi
- nega endi keragi yoʻq ekan? Meni sevgan qizimsan va meni pullarimni sarflashga mendan tashqari faqatgina seni haqqing bor. Shuni unutma, hopmi? - deya qoʻlini qizni boʻyni aralash yuziga olib borib, erkalay boshladi
- tushundim, - undan nigohlarimni olib qochishga urinib qisqagina javob berdim. Lekin Taehyung yuzimni bir deganda oʻzi tomon burib qoʻydi. Uni tim qora koʻzlariga tikilib qolib, menga yaqinlashganini ham sezmay qoldim. Masofa qisqarib borar lekin koʻzlarimiz bir-biridan hech uzilmasdi. Nam lablarimiz toʻqnashgan on - yuragim joyidan otilib chiqgudek ura boshladi. Yurak urishim butun dunyoga eshitilayotgandek his qildim.
Taehyung mayinlik bilan lablarini harakatlantirar va men oʻzimni tashlab yubormaslik uchun uni kiyimidan qattiq siqib turardim. Bir necha daqiqalik qaynoq boʻsadan soʻng u mendan uzoqlashdi. Qoʻllari hamon yuzimda edi. Koʻzlariga qarashga uyalyapman. Shu sababli yerga qarab turaverdim
- meni kiyimlarimdan kiyib ol. Ertaga birga doʻkon aylanamiz. Yaxshimi? - javoban shunchaki bosh irgʻab qoʻydim. U chiqib ketgandan keyin esa ortimda turgan stulga oʻzimni tashladim va qoʻlimni tipirchilab urayotgan yuragim ustiga qoʻyib dedim:
- sekinroq ursangchi!
Taehyungning yengil kiyimlaridan kiyib uxlashga qaror qildim. Yotoqqa joylashishim bilanoq bugun muzeydan oʻgʻrincha olib chiqqan oʻsha kitob yodimga tushdi. Oʻrnimdan turdim-u stul ustida turgan betartib sumkamni titkilab, kitobni chiqardim. Ustki muqovasidan tarixiy kitob ekani koʻrinib turar va sarlavhasiga yaltiroq harflar bilan oʻyib naqsh berilgan edi.
Ichimda qiziqish tuygʻusi joʻsh urib, kravat tomon yugurdim. Issiq koʻrpaga oʻranib, par yostiqqa suyandim. Kitobni ochishim bilan qadimgi koreys tili harflariga koʻzim tushdi. Arxeologiya universitetida oʻqiganim sababli qadimgi koreys tilini bilardim. Lekin nima uchun kitob qadimgi koreys tilida yozilgan? Nima u shunchalik eski kitobmi? Nega endi bunday kitoblar arxivda saqlanayotgani meni qiziqtiryapti
Ilk muqovada kirish qism bor edi:
«MUQADDIMA»
1890-1930 - yillar davomida Koreada shunday bir muhabbat uchqunlari porlaganki, bu uchqunlar oʻz vaqtida ulkan bir alanga hosil qilgan. Bu alanga oʻrtasida yonganlar esa - ikki juft qalblar edi.
Pov Yeji:
Nima? 1890-yillar? Kitobda bir asr avvalgi sevgi tarixi yozilganmi?
- Yeji? - kitobga termulib oʻz savollarimga javob izlar ekanman eshik ochilib, Taehyung savolli nigoh bilan tikildi, - uxlamadingmi?
- yoʻq hali, - sekinlik bilan kitobni yopib, tumba ustiga chap qilib qoʻydim va yigitimga eʼtiborimni qaratdim
- ishlarimni yakunladim. Bugun birga uxlaymiz, - uni gaplarini eshitib kayfiyatim tushib ketdi. Sababi men kitobni oʻqimoqchi edim. U yonimda boʻlsa qanday qilib oʻqiyman? Ishonchim komil, Taehyung sirayam kitob oʻqishga bermaydi. Bor eʼtiborim unda boʻlishini istaydi u. Taehyunga jilmayib qaradim-u yonimdan joy boʻshatdim
- xayrli tun, moychechak koʻzligim~