Cruel Lover 1-qism
Li Misu yolg‘iz yashardi. Onasi Germaniyada bo‘lsa-da, u o‘sha yerda yashashni istamaganligi sabab u Seulda qoladi bu uning orzulari shahri edi. Shuning uchun u bu yerda qolishga qaror qilgan. Bugun esa Misuning uzoq kutgan kuni — ishining birinchi kuni edi.
U kim korporatsiyasida ishlashni juda-juda hohlagandi. Ko‘zguga qarab, oddiy-yu chiroyli shim va kofta tanladi. Kiyim unga juda yarashgandi.
— Bu kiyim meni ochdi. Shu holatda bugun men albatta muvaffaqiyatga erishaman,
Taksi chaqirdi. Mashina kim korporatsiyasi oldida to‘xtadi. Misu mag‘rur qadamlar bilan mashinadan tushdi va ishonch bilan binoga kirdi. Atrofga nazar tashlab, ichki hayajonni bosishga harakat qilar edi.
Ammo hayollari to‘satdan bir insonning ovozidan bo‘linib ketdi.
Bu inson — Park Jimin edi. U kompaniya bilan hamkorlik qiladigan taniqli shaxs va ayni paytda kompaniya boshlig‘i Kim Taehyungning yaqin do‘sti.
— Xush kelibsiz, Misu xonim. Sizni kutib olish vazifasi menga topshirilgan,
Jimin, iltifot bilan jilmayib.
Jimin Misuni sinashga qaror qildi. Unga qarab jilmaydi-da, dedi:
— Endi sening asl mahoratingni ko‘raylik, Misu xonim.
Misu hech ikkilanmadi. Katta zalga olib kirildi. U yerda modellikka tayyorlab qo‘yilgan liboslar orasidan birini tanladi — nafis, ammo jozibali. U kiyimni kiyib chiqqach, hammayoq jim bo‘lib qoldi. Misu o‘ziga ishongan holda podium yo‘lagi bo‘ylab yurishni boshladi.
Uning yurishi, qomatidagi nafislik, ishonch bilan tashlangan har bir qadami Jiminga ham ta’sir qildi. U bexos "voh" deb yuborgudek edi. Misu shunchalik tabiiy va go‘zal harakat qilar edi-ki, zalda vaqt to‘xtagandek bo‘ldi.
Ammo to‘satdan katta zalning og‘ir eshigi ochilib ketdi. Qattiq qadam tovushlari yangradi. Hammayoq jim. Misu ham yurishni to‘xtatdi. Zalda sovuqlik sezildi.
Qora kostyumda, sovuq nigohli, yuzida hech qanday ifoda yo‘q. U Misuga to‘g‘ri qarab, sekin, ammo qat’iy qadamlar bilan unga yaqinlasha boshladi.
Misuning yuragi go‘yo ko‘ksidan chiqib ketadigandek dukkullab ura boshladi. Nafasi qisildi.
Taehyung to‘xtadi. Va hech nima demay, Misuga qarab turdi
Misu pov : bu.bu kim nega u juda kelishgan erkak, u erkak modelmi lekin uni yuzida hech qanday ifodani kormayapman
Keyin Tea gapira boshladi
-Qomatinga gap yo‘q... Sinovdan o‘tding.
Bu so‘zlar son misu tushundi u bu yerni boshlig'i
Misuning yuragida ishonch uyg‘otdi. Qalbi yorishib, o‘zini quvonch bilan zal ortiga urdi kiyimlarini almashtirish uchun.
Misuni Ichki hayajon, yuragidagi iliqlik bilan labida jilmayish bor edi.
Ammo birdan katta zalda baland, sovuq ohangda aytilgan ovoz jarangladi.
— Ortiq bu kompaniyaga seni keraging yo‘q. Yaxshilikcha ket!
Bu — Kim Taehyungning ovozi edi.
Misu eshikni biroz ochib, mo‘raladi. Ichkarida Taehyung va bir qiz — Jae tortishayotgan edi. Taehyung qat’iy nigoh bilan Jae’ga qarab turardi.
Jae esa g‘azab bilan unga yaqinlashdi, ammo Taehyung undan chekinib, sovuq ohangda dedi:
— Sen kabi bichlar bilan gaplashadigan na gapim, na vaqtim bor.
Bu so‘zlar Jae’ni larzaga soldi. Ammo u tezda o‘zini tutdi. Orqaga qaradi va ko‘zlari Misuga tushdi. Nigohi o‘zgardi — endi u g‘azabini boshqa tomonga yo‘naltirayotgandi
— Ha, senmisan? Meni joyimni egallab olgan!
— Men... tushunmadim. Qanday joy?
Jae kulimsiradi, ammo bu kulgi zaharli edi.
— Go‘yo hech narsa bilmaysanmi? Baribir bir kun qasdimni olaman ,
Deb misuni quloğiga pichirladi
-sen yolģiz yashaysan sen haqingda ma'lumot toplash qiyinmas, hohlasam ertagacha seni tinchita olaman yani õldiraman
-dedi-da, g‘azab bilan chiqib ketdi.
Misu qotib qoldi. Bu gaplar, bu sovuqlik, dumshani paydo bo'lganini anglatardi
Jae zalni tark etgach, Misu hanuz jim turgancha yuragini bosolmayotgandi. Qadam tovushlarini eshitdi. Orqasiga qaraganida Taehyung unga yaqinlashib kelayotgan edi. U har doimgidek sokin, ammo uning nigohida o‘tkir narsa bor dek
U Misu qarshisida to‘xtadi. Sovuq ohangda, yurakni titratadigan ovozda dedi:
— U shunchaki senga hasad qilyapti. Jae g‘azabini yashira olmayapti. Uning gaplariga ishonma.
Misu asta boshini egdi. Ovozi pas, titroq aralash edi:
— Lekin... u meni qo‘rqitib qo‘ydi. U hatto mening yolg‘iz yashashimni ham bilarkan. Uyga borishga yuragim dov bermayapti...
Tea biroz jim turdi. So‘ng chuqur nafas olib, ayyorona jilmaydi:
— Unda bugun men bilan qolasan. Mening uyimda. Faqat... faqat bir kechaga.
U Misuga yaqinlashdi. Nigohi ohangiga mos — sovuq, lekin ichida yashirin olov bor edi. Misu cho‘chib ketdi, ammo uyida yolg‘iz qolish va usha jae uni hayolini qamrab olgandi
— Ertaga sen uchun yangi uy sotib olaman. Maoshingni ham oldindan to‘layman. Faqat... buu ishonchni oqlashing kerak,
Tea, lablarida vahshiyona jilmayib
Misu yuragini bosib, bosh irg‘adi. U bu taklifda xavfni sezsa ham, uyga yolg‘iz qolishdan qo‘rqar edi. Teaning uyiga borishni tanladi.
Teaning uyi. Katta, jimjit va sirli edi
Misu ichkariga qadam qo‘yar-qo‘ymas, ichki yuragi g‘ashlandi. Bu joyda iliqlik yo‘q edi. Devorlardagi qorong‘i portretlar, dim yoritilgan xonalar — bu uy begona emas, yovvoyi tuyulardi.
Tea orqasidan kirib, unga e’tibor bilan qaradi. So‘zsiz, ammo nigohi bilan uni kuzatardi — bu nigohda nafaqat qiziqish, balki hukmronlik istagi ham bor edi.
— Men seni himoya qilaman, Bu kechani eslab qolishinga... vada beraman juda uzoq vaqtga.
Misu cho‘chib ketdi. Bu gaplar oddiy emas edi. Tea unga ko‘zini uzmasdan tikilib turar, lablarida haligacha o‘sha sovuq jilmayish bor edi. U unga yaqinroq bordi, nafasini his qilish mumkin edi. Misu orqaga chekinmoqchi bo‘ldi, lekin Tea asta uning bilagidan ushlab qoldi.
— Qo‘rqma... hozircha hech narsa qilmayman,
pichirlab dedi..
1chi qism yakunlandi
Misu bu kechani xavfsiz o‘tkazarmikan? Yoki bu, uning qopqonga tushgan birinchi qadami bo‘ladimi? Bu haqida izoh qoldiring