Xakimov Zafar Tulyaganovich
Xakimov Zafar Tulyaganovich 1980-yil 13-noyabrda Toshkent shahrida tug'ilgan. Millati - o'zbek. Oliy ma'lumotli, 2003-yil Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tugatgan. Mobil aloqa tizimlari mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari doktori, professor.
1999-2003 yy. - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi
2003-2005 yy. - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistranti
2005-2006 yy. - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti radioaloqa qurilmalari kafedrasi laboratoriya mudiri
2006-2009 yy. - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti aspiranti
2009-2013 yy. - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti radioaloqa qurilmalari va tizimlari kafedrasi assistenti, katta oʼqituvchisi, dotsenti vazifasini bajaruvchi
2013-2013 yy. - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti radiotexnika, radioaloqa va teleradioeshittirish fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi
2013-2014 yy. - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti teleradioeshittirish tizimlari kafedrasi mudiri
2014-2016 yy. - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy ishlar boʼyicha prorektori
2016-2017 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Fan, taʼlim, sogʼliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari xizmati taʼlimni rivojlantirish va kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish masalalari boʼyicha guruhining bosh konsultanti
2017-2018 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Fan, taʼlim, sogʼliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari xizmati taʼlim masalalari boʼyicha shoʼba mudiri
2018-2020 yy. - Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy va oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markazi direktori
2020-2021 yy. - Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʼor texnologiyalarni tatbiq etish markazi direktori
2021y - h.v.q. - Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori