Toshkent kimyo-texnologiya instituti va TKTI Yangiyer filiali delegatsiyasi Belorussiya oliygohlari bilan hamkorlik kelishuvlarini amalga oshirmoqda
Joriy yilning 21-26 avgust kunlari Korxonalar va ta'lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektor Anvar Normamatovich Shernayev, Xorijiy Oliy ta'lim muassasalari bilan xamkorlikdagi qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo'lim boshlig'i o'rinbosari Laylo Sayfiyevna Razakova xamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali Umumtexnik fanlar kafedrasi mudiri Muxammadjon Samadkulovlardan tashkil topgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti delegatsiyasi Belorussiyalik xamkorlarimiz Mogilyov shahridagi Belorussiya davlat Oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universitetida, Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universitetida, Belorussiya davlat texnologiya universitetida xamda Xalkaro ekologiya universitetida qo'shma ta'lim dasturlarini rivojlantirish, yangi ta'lim yo'nalishlarini tashkil etish, kimyo va oziq-ovqat soxalarining injenerlik yo'nalishlarida xamkorlikda kadrlar tayyorlash bo'yicha yangi kelishuv va shartnomalar loyixalari tayyorlandi.
Bundan tashqari 2023-2024 o'quv yilidan boshlab o'qishlarini davom etiradigan bakalavriat va magistratura talabalarini talabalar Turar joyiga joylashtirish, migratsiya xizmatidan ro'yxatdan o'tkazish, tibbiy ko'rikdan o'tkazish, talabalarni universitet va shahar bilan tanishtirish kabi ishlar amalga oshirildi. Xamkorlik doirasida Grodno davlat universiteti bilan xamkorlikda Oliy talim muassasasida o'quv va boshqaruv jarayonlarini rakamlashtirish xamda ta'lim yo'nalishlarini Xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazish bo'yicha yo'l xaritasi tayyorlandi, xamkor universitet bilan ilmiy tadqiqot, professor o'qituvchilar stajirovkalari xamda talabalar almashinuvi dasturi bo'yicha 2023-2024 o'quv yilida amalga oshiriladigan ishlar bo'yicha kelishuvlar amalga oshirildi.