Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich
1963-yil 24-martda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.
1980-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi Pushkin nomidagi o‘rta maktabni tamomlagan. 1980–1981-yillarda Qo‘ng‘irot paxtachilik sovxozida avtomexanik bo‘lib ishlagan. 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetiga o‘qishga kirdi.
1986–1987-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot paxtachilik sovxozida mexanizator bo‘lib ishlagan. 1988-yilda V.P.Goryachkin nomidagi Moskva qishloq xo‘jaligi muhandislari institutida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, 1989–1992-yillarda aspiranturaning kunduzgi bo‘limida tahsil olgan. 1992-yildan beri texnika fanlari nomzodi. 1992-yil 20-yanvarda 05.20.03 – “Qishloq xo‘jaligi mashinalarini ekspluatatsiya qilish, taʼmirlash va restavratsiya qilish” ixtisosligi bo‘yicha “Ultrafiltratsiya usulida foydalanilgan sanoat moylarini qayta tiklash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Texnika fanlari doktori ilmiy darajasi 2005-yil 22-martda Toshkent avtomobil-yo‘l instituti qoshidagi malaka komissiyasi tomonidan berilgan – 05.05.03 – “Avtomobillar va traktorlar” ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekiston sharoitida foydalanilgan avtomobil va traktor motor moylarini qayta tiklashning Yangi tamoyillari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1995-yilda “Traktor va avtomobillar” kafedrasi dotsenti ilmiy unvonini oldi.
1992–2003-yillarda TIQXMMI traktorlar va avtomobillar kafedrasi o‘quv ustasi, assistenti, dotsenti, “Agrosanoat majmuasining resurs tejovchi texnika va texnologiyalari” muammoli ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mudiri (2002–2003), Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekan o‘rinbosari (2001–2002) lavozimlarida ishlagan.
2003-yildan 2007-yil avgust oyi oxirigacha Toshkent DEU Markazi bosh direktori lavozimida ishlagan (2005-2008-yillarda “Avtomobillar va avtomobil texnologiyalari” kafedrasi professori lavozimida yarim stavkada ishlagan).
2007-yil avgustidan 2009-yil yanvarigacha “TOSHAFUS” O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasi bosh direktori lavozimida ishlagan.
2009-yilning yanvar–iyul oylarida “GM Uzbekistan” YOAJ bosh direktori lavozimida ishlagan.
2009-yilning iyulidan 2010-yilning sentyabrigacha Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimida ishlagan.
2010-yil oktyabr oyidan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining moliya va iqtisod bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida ishlagan.
2017-yil avgustidan 2019-yilgacha Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimida ishlagan.
2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
2019-yil noyabr oyidan 2024-yil fevral oyiga qadar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimida ishlagan.