September 6, 2023

Talabalar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir bo'lib o'tdi

Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Yangiyer shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish bo'yicha davra suhbati o’tkazildi.

Unda Yangiyer shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimi mayor Jamshid Xudoynazarov, profilaktik inspektori Farxod Xatamov, filial Yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi direktor o'rinbosari Otabek Abdug'aniyev va 200 dan ortiq talabalar ishtirok etdi.

Davra suhbatida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklarga qaramasdan, yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari kuzatilib turilayotganligi, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning ko‘payib borayotganligi tashvishlanarli holat ekanligi, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari atrofimizdagi voqealarning asl mohiyatini xalqimizga, ayniqsa, yoshlarimizga to‘g‘ri tushuntirish ishlarini olib borishda alohida rol o‘ynashlari, yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan ekanligi ta’kidlab o‘tildi.