Jazo muddatini o‘tayotgan mahkuma ayollarga 8-mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram sovg'alari tuxfa qilindi.
Ayol... Dunyoda unga ko‘pgina ijobiy ta'riflar berilgan. Haqiqatan ham nozik hilqat vakilalariga qancha chiroyli ta'rif-u tavsiflar keltirsak, shuncha oz. U – mushtipar ona, sevikli yor, mehribon opa, mehribon singil...
Ayol nozik jussasida butun hayot tashvishlarini ko‘tarib yurishi mumkin. Ammo hayot har doim ham shodlikdan iborat emas. Unda azob, nafrat, qiyinchiliklar ham uchrab turadi. Hayotning chalkash yo‘llari uni gohida jinoyat ko‘chasiga yetaklaydi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi xodimlari Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 21-sonli jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkuma ayollarni 8-mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan tabriklash maqsadida tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida jazo mudatini o‘tayotgan ayollar bilan O‘zbekiton yoshlar ittifoqi tomonidan "Yoshlarning sud jarayonida kafillikka olish" tartibi, ularni huquqiy himoyalanishlari, aynan tashkilotning maqsad va vazifalari, yoshlarni ijtimoiy himoyalash, ularni qo‘llab quvvatlash tartiblari to‘g‘risida Kengash raisi M.Xamzayev, mas’ul hodimlar O.Bo‘riboyev va E.Sharopovlar tomonidan tushuntirish ishlari olib borilib, maxkumalarni qiziqtirgan savollariga zarur tavsiyalar berildi.
Suhbat va qizg‘in kechgan savol javoblardan so‘ng ayollarni madaniy hordiq chiqarishlari uchun yosh ijodkor, suxandon “Shapaloq” ko‘rsatuvi ijodkorlaridan Bexruzbek Qo'ldoshevning hajviy chiqishlari ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tadbir so‘ngida bayram munosabati bilan ayollarga Kengashning esdalik sovg‘alari va tabriknomalari topshirildi.