Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini tashkil etildi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tashabbusi bilan, Astrum IT akademiyasi, Zakovat NNT Toshektn viloyati bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaaga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti Toshkent viloyati Kengashi bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yinining Toshkent viloyati bosqichi tashkil etildi.
Bunda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan bittadan jamoa, jami 100 nafar talaba yoshlar ishtirok etdilar.
“Zakovat Quiz” intellektual o‘yini 9 raund, har bir raundda 6 tadan iborat savollar asosida o‘tkazildi. Qiziqarli savollarga boy bo‘lgan ushbu musobaqada 12 ta oliy ta’lim muassasalari jamoalaridan 1-o‘rin Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining “Nur” jamoasiga, 2-o‘rin Chirchiq davlat pedagogika universitetining “Megaminds” jamoasiga va 3-o‘rinni Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institutining “TIPI” jamoasiga nasib etdi.
G‘oliblarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bundan tashqari Astrum IT akademiyasi tomonidan esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa uchun Vaucher, ya’ni jamoa a’zolarining har biriga 2 oy bepul o‘qish uchun maxsus sertifikatlar topshirildi.