@tsueuzofficial
5 posts

Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor tomonidan tyutorlarning ish faoliyati hamda ularga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi

Joriy yilning 14-oktabr kuni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor boshchiligida Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limida faoliyat olib borayotgan tyutorlarning ish faoliyati hamda ularga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

“Talabalar ligasi” hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari doirasida sportning futbol, voleybol, shaxmat hamda stol tennisi turlari bo‘yicha fakultetning final bosqichi bahslari olib borildi va kuchlilar shohsupa tepasiga ko‘tarildi

Joriy yilning 12-oktabr sanasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Soliqlar va byudjet hisobi” fakultetida talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirish, ularni mardonavor ruhda tarbiyalash, iqtidorli va iste’dodli yoshlarni saralab olish hamda jismoniy tarbiya va sportning talaba-yoshlar o‘rtasida ommaviyligini yanada oshirish maqsadida “Talabalar ligasi” hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari doirasida sportning futbol, voleybol, shaxmat hamda stol tennisi turlari bo‘yicha fakultetning final bosqichi bahslari olib borildi va kuchlilar shohsupa tepasiga ko‘tarildi.

 Ta’lim siyosati bo‘yicha “yo‘l xarita”da belgilangan vazifalar ijrosi amalda

2024-yil 10-oktabr kuni "Savdo ishi" kafedrasi tomonidan ta’lim siyosati bo‘yicha "yo‘l xaritasi"da belgilangan vazifalar ijrosidan kelib chiqib, "Savdo ishi" ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari uchun oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash maqsadida "Tashqi savdo faoliyatini tartibga solish istiqbollari" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

TDIU va Ural DIU qo'shma xalqaro ta'lim dasturi fakulteti talabalari Хalqaro ijodiy iqtisodiyot konferensiyasida (WCCE) ishtirok etishdi

2024-yil 2-oktabr kuni TDIU va Ural DIU qo'shma xalqaro ta'lim dasturi fakulteti talabalari Хalqaro ijodiy iqtisodiyot konferensiyasida (WCCE) ishtirok etishdi. Tadbirda ijodiy sohaning 2 mingdan ortiq xalqaro vakillari, jumladan, biznes rahbarlari, ekspertlar va tahlilchilar ishtirok etdi.

Atoqli adib Abdulla Qahhor hamda oʻzbek shoiri va demokratik adabiyoti asoschilaridan biri Muqimiy haykallari oldida madaniy-ma’rifiy tadbir va sport musobaqalari o‘tkazildi

Joriy yilning 25-sentyabr sanasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va san’at bo‘limi, Magistratura va kechki ta’lim hamda Raqamli iqtisodiyot fakultetlari hamkorligida oʻzbek adabiyotining zabardast vakili, atoqli adib Abdulla Qahhor hamda oʻzbek shoiri va demokratik adabiyoti asoschilaridan biri Muqimiy haykallari oldida madaniy-ma’rifiy tadbir va sport musobaqalari o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi O‘quv metodika bo‘limi boshlig‘i Ma’mura Zohidova ishtirok etdilar. Shoira M.Zohidova o‘zbek adabiyotiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli adiblar, shoir va yozuvchilar Muqimiy hamda A.Qahhorlarning hayot yo‘li, ularning shu darajagacha etguncha chekkan zahmatlari...