September 25

Atoqli adib Abdulla Qahhor hamda oʻzbek shoiri va demokratik adabiyoti asoschilaridan biri Muqimiy haykallari oldida madaniy-ma’rifiy tadbir va sport musobaqalari o‘tkazildi

Joriy yilning 25-sentyabr sanasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va san’at bo‘limi, Magistratura va kechki ta’lim hamda Raqamli iqtisodiyot fakultetlari hamkorligida oʻzbek adabiyotining zabardast vakili, atoqli adib Abdulla Qahhor hamda oʻzbek shoiri va demokratik adabiyoti asoschilaridan biri Muqimiy haykallari oldida madaniy-ma’rifiy tadbir va sport musobaqalari o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi O‘quv metodika bo‘limi boshlig‘i Ma’mura Zohidova ishtirok etdilar.

Shoira M.Zohidova o‘zbek adabiyotiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli adiblar, shoir va yozuvchilar Muqimiy hamda A.Qahhorlarning hayot yo‘li, ularning shu darajagacha etguncha chekkan zahmatlari, shogirdlari haqida talaba-yoshlarga so‘zlab berdi. A.Qahhorning yozgan ko‘plab hikoyalarini tahlil qilar ekan, Anor, Bemor, O‘g‘ri hikoyalariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Muqimiyning yozgan she’rlarini, ayniqsa, Sayohatnoma, Tanobchilar va shunga o‘xshash she’rlarini izohlab, ulardan namunalar o‘qib berdilar.

Tadbir davomida «Iqtisodchi» talabalar teatr studiyasi ishtirokchilari tomonidan A.Qahhorning Bemor hikoyasi asosida sahnalashtirgan sahna asari hamda Muqimiy hayotini yorutuvchi sahna asari namoyish etildi.

Shu bilan bir qatorda sport o‘yinlari, ya’ni armrestling, stol tennisi va arqon tortish turlari bo‘yicha musoboqalar o‘tkazilib, unda talaba yoshlar faol ishtirok etishdi.