October 14

Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor tomonidan tyutorlarning ish faoliyati hamda ularga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi

Joriy yilning 14-oktabr kuni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor boshchiligida Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limida faoliyat olib borayotgan tyutorlarning ish faoliyati hamda ularga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

Birinchi prorektor tomonidan tyutorlarga talabalar bilan individual ishlash, ular bilan do'stona munosabatni yo'lga qo'yish, ijarada istiqomat qiladigan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganib, xonadonlarning qish mavsumiga tayyorgarligini ko‘rish, agar yetarli sharoitlar mavjud bo‘lmasa talaba uchun yaxshi sharoitlarga ega bo‘lgan ijaraga joylashtirish kabi vazifalar belgilab berildi hamda mas'ullarga tashabbuskor va fidoyi ish olib borayotgan tyutorlarni doimiy rag‘batlantirib borish vazifalari yuklatildi.