January 22, 2024

#tadbir #мероприятие #event


Adliya vazirligi mutasaddilari yoshlarga quloq tutdi

Toshkent davlat yuridik universitetida “Vatanparvarlik va milliy qadriyat” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Yoshlar ongida qonunga hurmatni shakllantirish ruhida tarbiyalash, jamiyatda yoshlar rolini oshirish, ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, ularni milliy qadriyat va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik, mardlik va jasurlik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari Sherzod Rabiyev, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b. Islambek Rustambekov, Adliya vazirligi mutasaddilari, TDYU talabalari, universitet qoshidagi akademik litsey va yuridik texnikumlarning oʻquvchilari ishtirok etdi.

Uchrashuvda mahallalarda, ta’lim muassasalarida, mehnat jamoalarida “Huquqiy targ‘ibot kunlari” va “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil qilish, yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot aksiyalarini o‘tkazish, ularning ongida qonunga bo‘ysinib yashash va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishni keng targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni (ommaviy sport musobaqalari va sport to‘garaklari) tashkil etish, harbiy xizmatning xususiyatlari orqali tarbiyalash tizimini yo‘lga qo‘yish, yoshlar bandligini ta’minlashga, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit olishi, subsidiya ajratilishiga ko‘maklashish, kasb-hunar va tadbirkorlik o‘quv markazlariga yuborish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, bunda ekstremistik, terroristik materiallarni tarqatishning oldini olish bo‘yicha manzilli targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yish borasida qilinayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlarga adliya tizimidagi yutuqlar, tizimdagi yoshlarning faoliyati, adliya organlariga ishga qabul qilish jarayonlari haqida foydali ma’lumotlarga ega boʻldi.

Ochiq va samimiy muloqotda yoshlarning mavzu yuzasidan berilgan savollariga javob qaytarildi.

——————————

Ответственные сотрудники Министерства юстиции выслушали молодежь

Во встрече, организованной в целях воспитания молодежи в духе формирования уважения к закону, повышения роли молодежи в обществе, повышения ее духовно-интеллектуального потенциала и мировоззрения, воспитания в духе уважения к национальным ценностям и традициям, формирования у молодежи чувства патриотизма, храбрости и мужества, приняли участие заместитель министра юстиции Республики Узбекистан Шерзод Рабиев, врио ректора Ташкентского государственного юридического университета Исламбек Рустамбеков, ответственные сотрудники Министерства юстиции, студенты ТГЮУ, учащиеся академического лицея при университете и юридических техникумов.

На встрече предоставлена информация об организации в махаллях, образовательных учреждениях, трудовых коллективах интеллектуальных игр «Дни правовой пропаганды» и «Хукукий заковат», проведении правовых пропагандистских акций среди молодежи, широкой пропаганде формирования в сознании законопослушного образа жизни, нетерпимого отношения к правонарушениям, проведении мероприятий, направленных на пропаганду здорового образа жизни (массовые спортивные соревнования и спортивные кружки), налаживании системы воспитания через особенности военной службы, обеспечении занятости молодежи, получении кредитов в рамках программ семейного предпринимательства, содействии выделению субсидий, направлении в профессиональные учебные центры и бизнес-центры, укреплении идеологического иммунитета, организации адресной пропагандистской работы по предотвращению распространения экстремистских, террористических материалов.

Также молодежи предоставлена информация о прогрессе в системе правосудия, деятельности молодежи в системе, процессах трудоустройства в органы юстиции.

В ходе открытого диалога участники получили ответы на интересующие их вопросы.

——————————

A meeting was organized on the topic “Patriotism and national values”

At the meeting, organized with the aim of educating young people in the spirit of developing respect for the law, increasing the role of young people in society, increasing their spiritual and intellectual potential and worldview, educating them in the spirit of respect for national values and traditions, developing a sense of patriotism, bravery and courage among young people, The event was attended by Sherzod Rabiev, the Deputy Minister of Justice of the Republic of Uzbekistan, Islambek Rustambekov, the acting rector of Tashkent State University of Law, senior officials of the Ministry of Justice, students of TSUL, students of the academic lyceum under the university and law colleges.

At the meeting, information was provided on the organization of intellectual games “Days of Legal Propaganda” and “Huquqiy Zakovat” in mahallas, educational institutions, and work collectives, legal propaganda campaigns among young people, widespread propaganda for the formation in the minds of a law-abiding lifestyle, an intolerant attitude towards offenses, and holding events, aimed at promoting a healthy lifestyle (mass sports competitions and sports clubs), establishing an education system through the features of military service, ensuring youth employment, obtaining loans within the framework of family entrepreneurship programs, facilitating the allocation of subsidies, referrals to vocational training centers and business centers, strengthening ideological immunity, organizing targeted propaganda work to prevent the spread of extremist and terrorist materials.

Also, youth were provided with information about progress in the justice system, youth activities in the system, and employment processes in justice agencies.

During the open dialogue, participants received answers to their questions.


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram