INFINITY LOVE
Otliqlar shiddat bilan saroy tomon
chopar ekan xalq orasida allaqachon
turli xil taxmin va gaplar tarqala
boshladi.
— demak soqchilar aytayotgan
oʻsha mashhur sarkarda kelibdida
— aytishlaricha u judayam sovuq
va berahm ekan. Dushmanlaridan
hali birortasi ham tirik qolmagan
ekan
Ular shunday mayda chuyda gaplar
gapirib otliqlar ortidan hayrat bilan
qarab turishardi.
Otliqlar saroyga yetib kelib,
ot egalari birin ketin
otdan tushishdi. Ularning
eng kattasi buyuk sarakarda
sheriklarini saroy tashqarisida
qoldirib oʻzi kirib ketdi.
— hazrati oliylariga kelganimni
habar qiling.
— ular allaqachon habardorlar sizni
kutyapti, kirishingiz mumkin
Sarkarda yuzidagi jiddiylikni
yoʻqotmasdan bir maromda
qadam bosib taxt qoʻyilgan xonaga
kirdi. U yerda qirol Kim Hanbin
taxt ustida oʻtitar, atrofida bir necha
saroy aʼyonlari bor edi
Qirol sarkardaning kelganini
koʻrib biroz jilmayib unga yaqinroq
kelishini ishora qildi. Sarkarda
ham qirolning ishorasi bilanoq
taxtga yaqinroq borib qirolga
xurmat koʻrsatgan holda
tazim qildi
— sarakarda Jeon xush kelibsan.
Seni saroyimda koʻrib turganimdan
mamnunman. Ishlaring koʻp boʻlishiga
qaramay seni bu yerga chaqirtirdim.
Yaqinda eng sodiq sarkardamdan
ayrildim. Qoʻshinni esa sendan oʻzgasiga
ishona olmayman.
J— sizga hizmat qilmoq men uchun
buyuk sharafdir. Albatta ishonchingizni
oqlayman.
Q— yaxshi, chiqishing mumkin sen uchun
xona tayyorlangan bugun dam ol.
Sarkarda Jeon tazim qilgancha
xonadan chiqib ketdi. Oʻzi uchun
ajratilgan xonaga kirishdan avval
sevimli otini oʻz qoʻli bilan
ovqatlantirish uchun otxonaga yoʻl
oldi
Tim qora otimni doimgidek
oʻzim ovqatlantirish uchun
otxonaga bordim. U xuddi zulmatga
oʻxshaydi. Otxonaga kirishim bilanoq
koʻzim tun kabi qora otimning
yonida turgan sutdek oppoq
otga tushdi. U shunchalar yarqirab ediki
goʻyo koʻzni qamashtirar edi.
Oq bulutdek oppoq otni
koʻrib xatto oʻzimning tulporim
yodimdan koʻtarilishga ulgurgan ekan
uning bir hurkishi bilan oʻzimga keldim.
Oq otdan koʻzimni uzib
oʻz otimga yem berishni boshladim
Birozdan soʻng otxonada
oʻsha goʻzal otning shoʻx ovozlar
eshitila boshladi
U kirish tomon hurkib joyidan
sakrar ekan uning nigohi tushgan
tomonga men ham qayrildim..
Kirishda biz tomon bir yigit
qarab turar edi. U xuddi
farishtaga oʻxshardi. Shu darajada
nafiski ayollar uning oldida
uyatdan qizarishi aniq. Yigit kishi
ham shunday boʻlishi mumkinmi?