March 18

Bir musulmon yigitning aytgan so'zlari

Agar meni sevsang, buni menga e'tirof qilma, bu meni xursand qilmagani kabi sendan uzoqlashtiradi! Sevgi izhorlari meni o'zgartirolmaydi.


Agar meni sevsang, meni kut va men eng to'g'ri zamonda eshigingizni taqillataman.

Meni o'zingdan uzoq tut; men senga yaqinlashgan bo'laman. Agar menga yaqinlashsang sendan uzoq turaman.

Sevma meni, men sening sevgidan bexabar bo'lishingni istayman. Sevgini senga o'zim o'rgatishni xohlayman, to'g'ri zamon kelganida va mening halolim bo'lganingda, Alloh taoloning roziligida uchrashganimizda...


Menga nima his qilishingni aytma! menga vaqtingni ayirma, seni yo'qotishligim uchun meni uzoq tutma, meni gunoh qilishga, oilangning orqasidan man qilingan munosabatlar bilan sevadigan bir erkak emasman. Seni gunohkor his qildirib, seni azob chektirish istamayman.


Menga chegaralar qo'yginki o'tolmayin. Ichingdagi meni o'ldirginki men ichingda kattarib seni o'ldirmayin. Ichingdagi go'zalliklarni muhofaza qil. Men sening ma'sum iffatli va pok bo'lishingni xohlayman. Men seni sevaman, oson emaski.


Va keyin, butun bu gaplardan so'ngra har qanday qarshilashish va sen bilan hamma qiyinchiliklarning ustidan o'tishlik uchun tayyor bo'laman.


Iffatinga zarar bermoq istagan qanday ishonchli bir erkak bo'lolaman?
Oilanga hiyonat qilmoq xohlagan qanday mo'min bo'lolaman?
Allohning g'azabi ostida ulg'aygan bir ishqga qanday ishona olaman?


Seni sevmoq seni asramoq demoqdir, ichingdagi go'zalliklarni muhofaza etmoq demakdir, o'ldirmoq emas. Shuning uchun yengil körma, qiymatingni tushirma. Endi meni sevmaginki, so'ngra sendan nafratlanmayin.


Qalbim seni istaydi va yo'qotishlikni hech xohlamaydi.
Sening men uchun vaqtinchalik bir havas bo'lishingni istamayman; ayolim bo'lishingni, sevgilim va farzandlarimning onasi bo'lishingni istayman. Sening butun hayotimni birlikda o'tkazadigan kishi bo'lishingni xohlayman...🫶🫶🫶

https://t.me/kichkina_shahzoda_blog