December 4

BuxDU, Adabiyotshunoslik:ingliz adabiyoti mutaxassisligi 2 kurs magistranti Ashurova Nigina tomonidan o'tkazilgan ochiq darsdan lavhalar

2024-yil 5-noyabr kuni “Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti” mutaxassisligi 2-kurs magistranti Ashurova Nigina pedagogik rahbari O.X.G’aniyeva boshchiligida 11-2TNI-24 guruh talabalari bilan “Reading and Writing” fanidan “What kind of future?” mavzusida ochiq dars o’tkazdi. Ochiq dars davomida magistrant o’qitishning turli interfaol usullaridan foydalandi. Jumladan, dars davomida “Wordwall” kabi ta’lim platformalaridan foydalanildi, ularda talabalar mavzuga doir turli vazifalarni va mashqlarni bajarishdi. Bundan tashqari, dars tanqidiy va tahliliy fikrlash, O’qish va Yozish til ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan edi.

Ochiq darsda talabalar kelajak, xususan, tibbiyot kelajagi bilan bog’liq matnni o’qib tahlil qildilar va ushbu mavzudagi bir qancha mashqlarni bajardilar.

Darsni “Ingliz Adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik” kafedrasi dotsenti, f.f.d. O.X.G’aniyeva (PhD) tahlil qildilar.