Baxt uchun tovon
Jungkook bu xabarni Taehyungga aytganidan soʻng:
Taehyung Milaning axvolidan xavotir olib tezda shifoxona tomon yoʻl oldi
Shifoxonaga yigirma daqiqada yetib keldi.
Bu vaqtda doktorlar Milaning yaqinlari bilan gaplashishlari haqida xabar keldi
Taehyung tezda shifokor huzuriga kirdi
Shifokor: Siz Kim Milaning turmush oʻrtogʻi Janob Kimmisiz?
Shifokor: Ayolingiz homilador 🤰
Ammo ayolingiz koʻp asabiylashishi natijasida hushini yoʻqotgan yaxshiyamki vaqtida shifoxonaga olib kelishibdi aks holda bola nobud boʻlishi mumkin edi
Darvoqe janob kim ayolingizni ertaga olib ketishingiz mumkin
Uni shifoxonada olib qololmaymiz faqatgina tajribali shifokor va hamshiralarni koʻrik uchun uyingizga yuborib turamiz
Taehyung Milani uyiga olib ketdi. Ish safarlariga bormasa qolgan vaqtini Mila bilan oʻtkazardi
Taehyung Milaning bu ahvolga tushishiga oʻzini sababchi deb bilardi
Oradan 3 oy oʻtdi
Taehyung bugun ishi yuzasidan Berlinga ketishi kerak edi.
U safarda vaqtida Milaga Mina topib bergan enaga ayol gʻamxoʻrlik qilardi.
Bugun yana ish safariga joʻnab ketishidan avval doʻstlariga qoʻngʻiroq qilib Mina va Namrani uyiga chaqirdi. Bunga Felix va Jungkook ham rozi boʻlishdi .
Har holda ular ham Taehyung bilan ketishadi rafiqalarining xavfsizligi uchun ham Taehyungning uyi eng munosib joy edi.
Taehyung Runa xonimga butun boshli uy ishlarini yuklash u uchun qiyin sinov ekanligini oʻylab shunday qildi
Mina Milaning dugonasi edi balki u ayni damda shifokor ham, ham u Mila va Namrani oʻz singlisidek koʻrardi
Runa xonimga uy ishlarini qilishda yordamlashish ular uchun ham bir ovunchoq edi
Mana hozir ham ular Runa xonimga koʻmaklashib boʻlishgach yuqoriga Milaning xonasiga chiqishdi.
Mila uxlagan vaqtida juda beozor koʻrinardi ammo bu uning haqiqati emas...
Mina shu hayollar ogʻushida sayr qilar ekan uni Milaning yuragiga ulangan uskuna ovozi real hayotga qaytardi
Mina tezda Namra va Runa xonimni qoʻshni xonaga chiqarib yubordi va Milaning yurak urishini tiklashga urindi.
Buning uchun u Mila bilan u hushyor vaqtida qanday gaplashgan boʻlsa shunday muomala qilib yuragini massaj qildi...
Oradan 3 soat oʻtdi. Mina nixoyat xonadan chiqdi.
Namra uni kuta kuta xonasida uxlab qolgan edi .
Mila Runa xonimni chaqirdi va koʻzida yosh bilan uni pastki qavatda gaplashish niyatida ekanligini aytdi
Runa: Mina xonim Milaga nima boʻldi
Mina: Runa xola Mila.. Milani saqlab qola olmadim . Mila bizni tark etdi. Mila va bolasini men oʻldirdim😭😔
Runa: Tinchlan Mina qizim axir sen ham bandasan bu Allohning hohishi.
Mina: Men axir vaʼda bergandim 😭😞
Runa : Tinchlan Mina yoʻqsa hozir Namra ham uygʻonadi u uchun bu juda ogʻir agar eshitsa u ham tamom boʻladi hech boʻlmasa Namra va bolasi uchun..
Bu vaqtda Mila sekinlik bilan Namraning xonasiga kirib uni biroz kattalashgan qornini va uzun sochlarini siladi. Ammo shu payt koʻngli aynib yuvinish xonasiga kirib ketdi
Yuvinish xonasidan kelgan ovoz sababli Namra uygʻonib ketdi va Mina deb oʻylab eshikni ochdi
Bu vaqtda Mila endigina yuzini yuvayotgan edi va u ham Mina deb oʻylab sochiq soʻradi.😅🤭
Namra koʻzlariga ishonmas edi va biroz sukut saqlab sochiqni uzatdi va eshikni yopib Milaning xonasiga bordi
Namra bu tush emasligini anglagach butun uyni boshiga koʻtarib baqirdi❤️🔥
Uni ovozini eshitgan zahoti Runa xonim va Mina yuqoriga koʻtarilishdi va toʻgʻri ovoz kelgan xonaga kirishdi. Bu vaqtda Mila oʻz xonasiga oʻtib korxona hujjatlarining baʼzilari bilan tanishib chiqayotgan edi va u juda dargʻazab koʻrinardi.