May 17, 2025

Yo'qotilgan poklik🥀

7-episode

X boshqa xonaga — kuzatuv monitorlari oldiga qaytdi. Ekranda Yudjin kurashayotganini ko‘rib, ko‘zlari qattiqlashdi.
X:
— Ajoyib. Men sendan ko‘proq lazzatlanaman, Yudjin...

Yudjin kravatda yotar ekan, bir ustiga qarar, bir qoʻlidagi arqonga qarar edi... U hozirgi ahvolidan achinib ketardi... U Taehyung bilan birga boʻlgan vaqtlarini eslab chiqar ekan, Taehyung agar biror noxush vaziyatlardan qanday chiqib ketishni oʻrgatgani yodiga tushdi...

FLASHBACK.
Pic-nic

Taehyung bogʻda hayol surib oʻtirar ekan, uzoqda qoʻlida dasturxon koʻtarib olgan Yudjinga qarab, koʻngli biroz gʻash tortganligini his qildi...

Pic-nic
Pic-nic
Pic-nic
Pic-nic

Taehyung: – Yudjin bu yerga tezroq kel, boʻlaqol gapim bor....

Taehyung shunday deb Yudjinni chaqirdi... Yudjin nima gapirar ekan deb qiziqib, tezroq yurib va hatto asta yugurib keldi.

Yudjin: – Nima gap? Nimadir boʻldimi? Ovozingiz tashvishli eshitildi...

Yudjin havotir bilan Taehyungni boshdan oyoq kuzatib chiqdi... Taehyung uni qoʻlidan tortib, yoniga o'tirgizdi.

Taehyung: – esingdami senga men xavfli odamman. Iloji, boricha manga yaqinlashmagin deb aytgan edim.

Yudjin: – ha shunday degandiz... Nimadur boʻldimi?

Taehyung: – Sen men bilan ekansan, senga va menga har narsa boʻlishi mumkin... Biz bilmaymiz... Chunki men sen oʻylaganchalik oddiy odam emasman.

Yudjin: – siz meni yonimda ekansiz men oʻzim haqimda qaygʻurmasam ham boʻladi. Shunday ekan, tashvish tortmang... Menga hech narsa boʻlmaydi....

Taehyung: – Agar men yoqligimda yovuz odamlarga asir tushib qolsang, ular birinchi har doim seni qoʻlingni bogʻlab qoʻyishadi... Senga ulardan qanday halos boʻlish yoʻlini oʻrgataman...

Yudjin: – Axir aytyapman-ku, menga....

Taehyung uni ogʻzini qoʻli bilan yopib shunday dedi: – Iltimos, gapimni boʻlma... Shunchaki o'rgan.

Yudjin boshini qimirlatib qoʻydi.

Taehyung: – Hozir oʻrgatadigan narsamni aslo unutma! Bu senga kerak boʻlib qolishi mumkin. Avval oʻrgataman, keyin amalda qoʻllaymiz... Agar qoʻlingni bogʻlab qoʻyishsa, doim bosh barmoqni joyidan qoʻzgʻatishing kerak boʻlib qoladi... Shunda arqondan chiqishi osonlashadi. Toʻgʻri bu biroz ogʻriqli, lekin amallasa boʻladi... Endi amalda qoʻllaymiz... Menga arqon olib kel!

Yudjin osha yerdagi bir ombordan arqonni topib keldi...

Taehyung oʻz qoʻliga mahkam bogʻladi...

Taehyung Yudjinga ishora qilib: - Mana qara! - deya bosh barmogʻini chiqardi. Yudjin buni koʻrib qoʻrqib ketdi va baqirib yubordi... Taehyung qoʻlini yechib boʻlgach yana joyiga qaytarib qoʻydi...

Taehyung: – bu biroz qoʻrqinchli koʻrinadi, ammo eng yaxshi usullardan biri.

Yudjin: – Umid qilamanki, bunday holatga umuman tushmayman...

FLASHBACK TUGADI

U shu usulni qoʻllash kerakligini bilardi, lekin juda qoʻrqardi, chunki bu hazilakam narsa emasdi... U barmogʻini chiqarishga qoʻrqardi, lekin iloji yoʻq shunday qildi... U tilini tishlab, barmogʻini joyidan chiqardi... Ogʻriqdan koʻzlari chaqnab ketdi, koʻziga yosh toʻldi... Lekin chidashga majbur edi... Qoʻlini kishandan halos qilgach, barmogʻini joyiga qaytardi... Keyin oʻrnidan turib, atrofni koʻzdan kechirdi... Sal uzoqroqdagi oyna tarafga oʻgirilgan stul ustida kamzul turganini ko'rdi... Yudjin uni kiygisi kiymay, kiydi. Keyin qoʻlidagi ogʻriqni qoldirish uchun pastelda poristinani (tarjimasini bilmadim😂) bir boʻlagini sitib, qoʻliga bog'ich sifatida foydalandi.

U bu yerdan qochishni oʻylardi. Xonani bir koʻz yugurtirib chiqdi... U yerda ish stoli koʻrdi. U yerga borib stol ustidagi rasmga koʻzi tushdi...
U yerda Kim Sung-min qovogʻi soliq holatda ikki chekkada Taehyung va Jungkook turardi. Taehyung tushkun kayfiyatda, Jungkook baxtlidek koʻrinardi. U bunga uncha eʼtibor bermadi... Keyin tortmani ochdi, ichida toʻpponcha bilan birga hujjatlar turardi. U toʻpponchani oldi va hujjatlarni oʻqiy boshladi. Hujjatlarda Kim Sung-minning biznesi kasodga uchrashi haqida maʼlumotlar bor edi... Birdan u bu xona Kim Sung-minning Taehyungning otasini xonasimikan deb oʻylay boshladi. Sal uzoqroqda reja doskasi bor edi... Uni oldiga bordi. Doskada turli rejadagi rasmlar bor edi... U rasmlarni yaxshilab kuzatdi.

U yerda Taehyung va Jungkookning rasmlari osilgan edi.

Birga tushgan rasmi

Taehyungning alohida turgan rasmiga qizil markerda X chizilgan edi, u yerdan yashil rangli chiziq Yudjinning rasmiga borib taqaldi... U osha ilk uchrashuvdagi bazmdagi turgan holati edi...

Doskadagi sur'atlar
Doskadagi sur'at

U biroz asabiylashdi... Qachon rasmga tushgan edim deb turgan edi... Taehyungning rasmidan yana bir yashil chiziq oʻtgan edi... U Kim Sung-minning biznesiga tashkilotiga borildi, u hozircha reja ostidaligini tushundi... U oʻsha hujjatlarni esladi...

Yudjin: – bu kimni xonasi oʻzi? Men qayerdaman? Nahotki men Kim Sung-minning xonasida boʻlsam... Taehyungning otasini xonasidaya? Yoʻq yoʻq unday boʻlishi mumkin emas... Yoki bu...

Shu payt eshik ochilib: – Toʻgʻri adashmading... Bu meni xonam... Yaʼni kamina Jungkookning xonasi...

Jungkook shahvoniy jilmayib, shunday qarab turar ekan, Yudjin qoʻrqib ketdi va darxol toʻpponchani qoʻliga oldi. Jungkook unga asta yaqinlashar ekan:

– Sen baribir bunday qilolmaysan. Toʻpponchadan foydalanishni bilmaysan... Shuning uchun tinchgina joyiga qoʻyib qo'y! Oʻzinga ham menga ham muammo tugʻdirib nima qilasan?

Yudjin: – Qurol ushlashni bilmaydigan odamdan qoʻrqish kerakligini eshitganman... Har narsa boʻlishi mumkin.

Yudjin shu soʻzlarni aytar ekan, tezlik bilan qurolni oʻqladi. Qurol otishga shay turgan edi.

Jungkook: – Axir, qanday? Oddiy bir talaba qiz bunday qilishni bilishi mumkin emas... Bu sen oʻynaydigan oʻyinchoq emas, baby... Uni darxol joyiga qoʻy...

Jungkook bu soʻzlarni havotir ichida aytar ekan, Yudjin vaxshiyona tabassum qilgandi...

Yudjin: - Albatta bularni oʻzim oʻrganmagan... Meni ustozim... Ha.. Ha taxmin qilgan boʻlsang kerak, menga ularni Taehyung oʻrgatgan.

FLASHBACK
Xiyobonda uchrashuv

Taehyung oʻsha kuni biroz asabiy edi... Birdan hayoliga Yudjin keldi...
Unga qoʻngʻiroq qilib, xiyobonga chaqirdi... Yudjin yetib keldi... Taehyung orqaga oʻgirilib, Yudjinni kutib turar ekan, Yudjin yugurib borib, Taehyungni orqasidan quchoqlab oldi.

Yudjin: – Ko'rishmaganimizga atiga 1 soat boʻldi, nima shu chalik tez sogʻindingizmi?

Taehyung uni qoʻllarini ushlab: – Seni har on, har soniya sogʻinaman...

Yudjin: – Hoʻp, qayerni aylanamiz?

Taehyung: – Pistoletlarga qiziqasanmi?

Yudjin: – Boʻlmasamchi... Lekin uni ovozi qanday qoʻrqinchli.

Taehyung: – U qoʻrqinchli emas, u shunchaki choʻchitib yuboradi xolos. Agar xohlasang oʻrgataman.

Yudjin: – Shunday imkoniyatdan voz kechish mumkin ekanmi?!

Taehyung uni oʻzini yashirin makoniga olib bordi, lekin bu joy haqida unga hech narsa demadi... Unga avval qurolni o'qlashni, keyin esa uni ushlashni, poylashni keyin otishni oʻrgatdi...

An Yudjin

Yudjin quroldan foydalanishni oʻrganishda uncha no'noqlik qilmadi, unchalik ham qiynalmadi, osonlikcha oʻrgangani uchun Taehyung uni maqtab qoʻydi.

FLASHBACK TUGADI

Jungkook: – Demak Taehyung, sevgilisini oʻziga oʻxshatib qotilga aylantirmoqchi bo'libdidee...

Yudjinning barmogʻi qurolni otishga shaylanib turgan edi, uni endi otmoqchi boʻlib turgan edi, birda....

——————————————————

7- episode tugadi...

Fikr va reak kutib qolaman