Mistake
Ba’zan biz izlagan inson taqdirimizning eng kutilmagan burchagida kutib turadi."
Asosiy qahramonlar:
Kim Taehyung (28 yosh)
Kasbi: Professional fotograf, dunyo bo‘ylab sayohat qiladi, san’at va go‘zallikni suratlari orqali ifodalashga intiladi.
Xarakteri: Sirli, sokin, lekin yuragida kuchli his-tuyg‘ularni saqlaydigan inson. O‘tmishda tushunarsiz tarzda hayotiga kirib kelgan notanish yigitni yillar davomida unutolmagan.
O‘tmishi: Yillar oldin sayohat paytida bir notanish yigitni tasodifan suratga oladi. O‘sha lahzadan boshlab, u yigit unga unutilmas iz qoldiradi. Taehyung uni qidiradi, lekin topolmaydi...
Jeon Jungkook (29 yosh)
Kasbi: Prokuror – qonun va adolat ustun bo‘lishi kerak deb hisoblaydi, shaxsiy hayotini ishidan ustun qo‘ymaydi.
Xarakteri: Jiddiy, qat’iyatli, sovuqqon ko‘ringan bo‘lsa ham, ichida iliqlik va himoya qilish istagi bor.
O‘tmishi: O‘zini faqat ishiga bag‘ishlagan. U sevgi yoki taqdirga ishonmaydi. Lekin hayoti keskin o‘zgaradi, chunki u kutilmaganda o‘zini sirli fotograf – Taehyungning hikoyasi markazida topadi.
Hikoya qisqacha:
Chet elda safar davomida Taehyung tasodifan kamerasi obyektiviga tushgan bir yigitga oshiq bo‘lib qoladi. O‘sha yigitning yuzi, nigohlari va sirli ifodasi yillar davomida uning xotirasidan chiqmaydi. U butun umrini shu insonni izlashga bag‘ishlaydi, lekin har safar umidi puchga chiqadi.
Yillar o‘tib, Koreyaga qaytgach, Taehyung tasodifan o‘sha insonni yana ko‘rib qoladi… ammo u prokuror Jeon Jungkook bo‘lib chiqadi.
Jungkook esa Taehyungni avval faqat surat orqali ko‘rgan, lekin endi real hayotda uchratgach, unga qandaydir tushunarsiz tortilish his qila boshlaydi. U buni rad etadi, buni xatolik deb o‘ylaydi… lekin his-tuyg‘ular hech qanday mantiqqa bo‘ysunmaydi.
Keyinchalik, ayriliq, sevgi, e’tibor, mehr, kurash va ishonch ularning hayotini o‘zgartiradi. Ular taqdirning o‘yiniga dosh bera oladilarmi? Yoki bu faqatgina bir xato edi?
❝ U sening orzularingdan ham go‘zal edi. Lekin sen uni kechikib sevding...❞