November 30

Illicit love 6-episode

๐‡๐š๐ฆ๐ฆ๐š๐ฌ๐ข ๐ฌ๐ž๐ง ๐๐ž๐ฒ๐š...

~

Qorong'u hona darpardalaridan quyoshning yorqin nuri ichkarini yoritmoqqa urinadi ammo uddalayolmay els els ojiz sharg'ish tusdagi nur honaga ,,tong otganidan " darak beradi. Yostiqdan boshini ko'tarmoqqa chog'langan yigit o'rnidan turarkan yuraguda allanechuk og'riq turgandek bo'ldi , oradan vaqt o'tarkan yurak og'rig'i zo'riqib biqiniga undan so'ng qorin bo'shlig'iga o'rmalarkan yotoqdan shaxt bilan o'rnidan turib shkafdan o'rtacha kattlalikdagi qutichani oldi va uning ichidan sariq rangli kichkina tabletkani chiqarib shoshgancha og'ziga olib bordi ammo og'riq shu darajada kuchaygandiki hatto nafas ham ololmaydigan darajaga olib kelib qo'ygandi.

~

Ertalab hammasi yaxshi bo'lishiga ishonch bilan uyquga ketaman ammo mana shu oxirgi bir oydagi tongim hali hamon rasvo bo'lib otyabdi...
Fojia yuz berdi... hammasi mening hayotimdan bir kunda bir soniyada chiqib ketdi... dadam va oyim baravariga ikkovlari ham men va ukamni chirqillatgancha bu razil hayotda qoldirib ketishdi . Dadam biznesmen edi , oyim oddiy uy bekasi. Hayotimizda bekam-u ko'st yashayotkandik qachonki men ikki qanotim ota onamdan ayrilmagunimcha... ikki aka uka ko'chada qoldik yetimxona eshigida chirqillab turarkanmiz na dadam hayot paytida atrofida girdikapalak bo'lgan amakim na oyimning
jonajon ,, singlisi " xolam bizga yordam qo'lini cho'zishdi... yetimxona... eshitilishi ham sovuq ammo nimasidir yaxshi bu yerni ham eslayman bahor chiqib yoz boshlangan palla edi negadir birdaniga yomg'ir aralash bo'ron bo'ldi o'sha payt mening ukan ayvonchada bo'lgan va o'zi nurab tushay deb turgan ustun ukamni bosib qolgan... Yana ayriliq yanayam kuchliroq yolg'izlik... dadam menga kundalik bergandi va uni 18 yoshimda ochishimni va o'qishimni aytgandi o'sha payt men 13 yosh bo'lganman yani o'sha kundalikni ochib ko'rganimda... ukam vafot etgan kun men kundalikni ochdim... chunki o'zim ham oilam ortidan ketmoqchi edim jonimga qasd qilishdan avval dadamning dil so'zlarini o'qishni istadim...
O'sha kundalik meni hayotta qoldirdi... o'sha kundalik meni mana shu chirkinlik , g'irromlik , aldamchilik , yolg'on to'lgan yo'lga olib kirdi... kundalikning har bir varog'ini o'qirkanman daftar tutib turgan kaftlarim o'z o'zidan tugilib uning ikki chetini buklab yuborganini uni o'qib bo'lgach angladim... o'sha tun devor burchagiga qanday g'am bilan kuchsizlik bilan cho'kkalagan bo'lsam tongda esa kuch va g'yrat bilan o'rnimdan turdim . Qasos shunchalik kuchli olov ekanki sizni tanangizni yoqib kulga aylantirar ekan... o'sha ondan boshlab uxlamadim tunlari reja tuzdim , qasos olovi ila bag'rimni yonishini qasos olgan kunim oilamni chirqillatganlar qichqiriqlarini hayolan tinglab tinchlantirdim... mana oz qoldi deganda yana mening oyog'imdan dard chaldi... axir 3 oy avval shifokor aytgandiku hamma muolajalarni olgandim , axxxx og'riq zo'riqyabdi . Hozir 3 daqiqadan keyin dori ta'sir qiladi... immmm... Jin ursin* jiminn o'zingni qo'lga ol hali o'lishga haqqing yo'q!... Ana endi biroz yaxshi qancha yotdim a shu polda axx quyosh tikkaga kelibdi ku... hah mayli ulguraman axir Milan qochib ketmagan atigi 3 soatlik yo'l.
Jimin dushdan chiqqanda soat millari 11 ni ko'rsatayotkandi. U kiyimlarini almashtirdi va bir stakan suv ichdiyu mashinasi kalitini olib ko'chaga chiqib ketdi...

~

Quyoshning zarrin shulasi yo'l chetidagi daraxtlarning tanasini nishonga olgandek uriladi ammo daraxt barglari soyasida qizg'ish tusga kiradiyu taslim bo'lishni istamay yanayam chirangandek taslim bo'lmaydi. Kun qizigandan qiziqib borar , ko'chada odamlar ko'p ham oz ham emas di , katta yo'lda mashina serqatnov edi .
Jimin mashinani tezlikda haydab ketarkan telefoniga qo'ng'iroq keldi va ,,tanish" raqamni ko'rgach jimin shoshilmasdan qo'ng'iroqqa javob berdi .

Jimin : eshitaman , janob Kim - uzoq yillik do'sti bilan samimiy uslubda gap boshladi jimin .

Taehyung : salom jimin , bir masala bor shuni hal qilish kerak .

hozirgi vaziyatda Taehyung jiddiyroq masala bilan qo'ng'iroq qilganini jimin darrov angladi..

Jimin : ho'sh qanday muammo bor ?

Taehyung : muammo ko'p aynan sen hal qiladigan birinchidan kecha postdan hamkorlar kutayotkan eng kerakli ,, mollar " o'tmagan .
Ikkinchidan senga aytgandim kasinoda qotillik qilib bo'lmasligini lekin sen aytganni qilmading shu masala kundan kunga shishib semirib ketyabdi , eng yomoni o'sha kasino sening nomingda .

Jimin do'stining gaplarinidan asabiylashgandan asabiylashib mashinani chetga oldi va biroz o'ylanib javob bera boshladi.

Jimin : Tae u yerdagi ishlarni biroz cho'zib tur ,,mol" masalasini 1 soatda hal qilaman yana sen ,, o'sha " ishga aralashmay tur sen hozir aralashishing hafli. Kasino masalasi hechnima emas qo'llaridan hechnima kelmaydi . Har ehtimolga qarshi shu ishni olib borayotkan detectivlarga ko'z quloq bo'lib turaver lekin aralashib qolma , kasino mening nomimda senga xavf solishmaydi hozircha shu ishni cho'zib turishga harakat qil.

Taehyung jiminning gaplarini eshitib u doimgidek
,, jimin " ligini qilishini o'ylagandi va shunday bo'ldi ham ...

Taehyung : o'zing kelib hal qil . Kasino masalasi hazillashadigan masala emas 22 kishi halok bo'lgani ularni qiziqtirib qo'ygan qamalib ketasan agar .

Jimin : ho'p , borib hal qilaman ammo hozir Italiyada qiladigan ishim ko'p .

Taehyung: bugun Milanda eng katta o'yin bo'larkan deb eshitdim.

Jimin : ha bugun o'sha o'yin bo'ladi.

Taehyung: sen ham borishing aniq ho'sh o'lja kim ?

Jimin : ha men bormoqchi emasdim lekin sobiq qaynotang shaxsan chaqirdi .

Taehyung : haa~ Mening qaynotam janob Changin... senga aytmabman mening sobiq xotinim kasinodagi qotillikni o'zi ko'rib chiqyabdi...

Jimin : ouuu qaraya sizlarni yana taqdir tutashtiribdiku a

Taehyung: sen majbur qilganing uchun uylangandim !

Jimin : sen haqiqiy do'stsan Tae men uchun nimalar qilmading .

Taehyung : haya janob changinning qizi bor edi yana bir balki shu qizni o'zing olarsan a ?

Jimin : o'ylayabman shuni .

Ikki do'st gaplarini jiddiy masala bilan boshlab so'ngi gaplarini hazil bilan yakunlashdi . Jimin kechga yaqin bir shahardan boshqa bir Shaharga - Milanga yetib keldi . Odatda u Milanda tez tez bo'lib turgani uchun mehmonhonada turgisi kelmagani sabab o'ziga uy sotib olgandi hozir yetib kelgach to'g'ri uyiga borganda soat millari yettiga qarab ketayotganini ko'rgach yengil dush qabul qildi , kiyimlarini o'zgartirib bugun eng muhim Milan gamblerlaridan eng taniqli va kartada eng zo'r deb tanilgan odamlar bilan bo'ladigan o'yinga tayyorlandi...

Kirish zalidagi qizil baxmal gilamga devorda osilib turgan o'rtacha kattalikdagi naqshli rangi huddi tillani eslatadigan qandillar jilosida yanada lovvulab turibdi . Katta zalda odam siyrak ekanini ko'rgan Jimin kech qolmaganiga amin bo'lgach atrofga nazar tashlagan bo'ldi chamasi hali buyon o'yin boshlanmagan edi ammo kichikroq stol atrofida bir nechta odamlar bor edi .

~

Vanihoyat bugun... bugun men 19 yildan buyon tanamni qasos olovi bilan qizdirayotkan oilada ayrilishimga sababchi bo'lgan insonni uchrataman , hammasi shu ongacha rejamdagidek bo'ldi , barchasi o'z izidan ketdi faqat yana bir necha qadamlar qoldi , ortga yo'l yoq ! Yuzlab kishilarning jonini olishga to'g'ri keldi lekin jonimni bersan beraman lekin sotqinlik qilmayman deganlar ham birgina oilasiga xavf yetkazmasligim uchun bulbuli go'yo bo'lib sayradi... demak oila , farzand hamma uchun eng qadrlisi...

~

Italiyada Oqshom allaqachon hukm surmoqda . Kechga qadar bor issiqligini olamga bag'ishlagan quyosh ufqqa tomon bosh qo'yganiga bir necha soatlar bo'lmoqda . Ko'chada iliq mayin yozning huzurbaxsh shabbodasi esmoqda.

Ko'cha chetida tufligini qo'llariga ushlagancha yalang oyoqda bir bir qadam bosgancha ketayotkan qiz qo'lidagi telefoniga qaragancha oyoq uchida yerni avaylagandek ohista qadam bosib ketarkan shiddat bilan yo'lini kesib to'xtagan mashina sababli qo'lidagi telefonini qo'lidan tashlab ortga yeldek 1 2 qadam tashladi .
Mashina eshigi ochilib ichidan o'ziga tanish o'sha yigitni ko'rib bag'iga qo'lini qo'ygancha tez tez nafas olib chiqara boshladi . Yigit Unga doimgidek jilmayib qarab turgancha uni o'ziga kelishini kutdi va yerga boya tashlab yuborgan telefonni oldi .
Seoyoung o'zini tez tartibga soldida yigitning qo'lidagi telefoni ko'rib uni oldiga uchib borib telefonini olaman deganda yigit qo'lini olib qochdi va yuqoriga ko'tarib oldi qiz uni qo'lidagi telefonni olishga urinishi va bu besamar ketishini miriqib tomosha qilayotkan yigitning kulgisi qizning jaxlini chiqargandan chiqararkan qiz undan bir qadam uzoqlashib unga qo'llarini cho'zdi

Seoyoung: telefonimni ber !

Yigit Unga shoshilmay javob bergan bo'ldi

Jimin : evazigachi ?

Seoyoung: evaziga evaziga deyaveradimi ?

Demak men aynan mana shu qadrli Oilasiga rahna solaman... menga qilganlaring uchun javob berish vaqti keldi janob Hwan!!!

Kasino

~

Eng yomon kuning qaysi deb so'rashganda o'ylab o'tirmay mana shu bugungi kunimni ko'rsatgan bo'lardim. Hamma insonni yomon ko'radigan insoni bo'ladi menda ham bor ammo men u bilan unchalik tortishmasdim . Lekin bugun oshirib yuborgani uchun u bilan janjallashib ketdim bilaman bu judayam yomon hodisa ammo meni haqorat qilishga haqqi yoq edi . O'zi u qiz bilan 11 yoshimdan buyon tanishman ammo negadir boshidan yoqmagandi , dadam uning dadasi bilan yaqin hamkor va do'st ekani sabab uyimizga kelib tirishardi yoki biz ularnikiga mehmonga borardik . Monika nega aynan men bilan tortishishini bilmadimu lekin bugungi holatni eslagim ham kelmayabdi to'g'risi . Eng Alam qiladigani Menga tuhmat qilgani bo'ldi sevgan yigitning boshqasiga uylansa boshqalardan nega Alam olasan ahmoq! Monika o'zi shundoq ham hunuk qiz lekin ko'p yigitlar hwan amaki boy bo'lgani uchun unga sevgi isxor qilishlarini butun Universitet biladi ammo yaqinda u bilan anchadan buyon uchrashib yuradigan Palo ismli yigit boshqa qizga uyalib ketti va o'sha Palo uylangan qiz mening eng yaqin dugonam Sena edi shu sabab meni avvaldan yomon ko'rgan Monika endi ochiqchasiga men bilan tortishyabdi . Nega asabiylashyabman o'ziga yarashasini berdimku o'zim bilmagan holda uning yuziga shapaloq tortib yubordim keyin buni ustoz ko'rib qolgani uchun jazo tariqasida ikkimizga ham ariza yozdirdi va o'sha ariza tongga qolmay dadamga yetib boradi . Jin ursin barchasini taksi ham to'xtamayabdi ustiga ustak kech tushdi soat allaqachon yettidan oshibdi . Uyim unchalik uzoq emas yayov borsam ham bo'ladi ammo bugun yayov yurgim kelmayabdi na iloj bugun mening omadsiz kunim ekan ... yayov yurarkanman da ... Yo'l quyun miyyamga yana Monika ismli jodugar keldi u bilan yana 3 yil qanday qilib birga kun o'qiyman kim bilsin balki bugungi tarsakidan aqli kirib qolgandir...

~

Italiyada Oqshom allaqachon hukm surmoqda . Kechga qadar bor issiqligini olamga bag'ishlagan quyosh ufqqa tomon bosh qo'yganiga bir necha soatlar bo'lmoqda . Ko'chada iliq mayin yozning huzurbaxsh shabbodasi esmoqda.

Ko'cha chetida tufligini qo'llariga ushlagancha yalang oyoqda bir bir qadam bosgancha ketayotkan qiz qo'lidagi telefoniga qaragancha oyoq uchida yerni avaylagandek ohista qadam bosib ketarkan shiddat bilan yo'lini kesib to'xtagan mashina sababli qo'lidagi telefonini qo'lidan tashlab ortga yeldek 1 2 qadam tashladi .
Mashina eshigi ochilib ichidan o'ziga tanish o'sha yigitni ko'rib bag'iga qo'lini qo'ygancha tez tez nafas olib chiqara boshladi . Yigit Unga doimgidek jilmayib qarab turgancha uni o'ziga kelishini kutdi va yerga boya tashlab yuborgan telefonni oldi .
Seoyoung o'zini tez tartibga soldida yigitning qo'lidagi telefoni ko'rib uni oldiga uchib borib telefonini olaman deganda yigit qo'lini olib qochdi va yuqoriga ko'tarib oldi qiz uni qo'lidagi telefonni olishga urinishi va bu besamar ketishini miriqib tomosha qilayotkan yigitning kulgisi qizning jaxlini chiqargandan chiqararkan qiz undan bir qadam uzoqlashib unga qo'llarini cho'zdi

Seoyoung: telefonimni ber !

Yigit Unga shoshilmay javob bergan bo'ldi

Jimin : evazigachi ?

Seoyoung: evaziga evaziga deyaveradimi ?

Jimin uning gaplaridan jilmaygancha unga tomon harakatlanib kelganda qiz unga umuman reaksiyasiz qarab turdi , bundan ko'rinib turibdiki Seoyoung yigitga ko'nika boshlagan yani jimin uning intim hududiga kiritishga oz qolgandi .

Jimin : kech bo'lganda hayolsurib nima qilib yuribsiz yaxshi qiz ?
U shunday deya qo'lida turgan telefoni qizga uzatdi . Uning qo'lidagi telefonni zarda bilan yulib qolgan qiz unga javob qilmay yigitni aylanib o'tib ketdi . Jimin uning ortidan qarab turarkan o'z o'zidan yuziga beixtiyor keng tabbasum qalqidi .
~
O'yin bekor qilingani sabab qaytib kelayotkanimda yo'l chetida hayolsurib tufligini qo'lida ushlab oyoqyalang ketayotkan qizga ko'zim tushdi , tanidim ! Bir qarashdayoq tanidim bu menga tanish o'sha chehrali qiz . Negadir uni ko'rishim bilan o'z o'zidan hursand bo'lib ketdim va uni yana jig'iga tegmoqchi emasdim lekin har safar asabiylashganda qisiladigan ko'zlari , chimriladigan va do'rtayib turadigan lablarini doim ko'rgim keladi. Chiroyli qiz tan olish kerakki rostanam haligacha u kabi jozibali qizni ko'rmaganman ayniqsa uning qomati , bunga to'xtalmasam ham baribir tariflab berolmayman ingichka bellar koftasini turtib chiqqan ko'ksi , to'lishgan ikki yanog'i , qirra burnchasi, va undan taraladigan faqat o'smirlardagina bo'ladigan 18 yosh ifori...

~
Jimin uning oldidan bir so'z demay o'tib ketgan qizga qarab turdida bir nimani hayol qilgandek o'zi ham mashinasiga tez o'tirdi . Uncha uzoqqa ketmagan yo'l chetida bir bir qadam bosib yana boyagidek telefonini o'ynab ketayotkan qizni oldiga mashinani yaqinlashtirdi va past tezlikda mashinani haydab oynadan qizga murojat qildi .

Jimin : kech bo'ldi , mashinaga chiq .

Seoyoung uning gaplariga etibor bermay telefonida dugonasi bilan smslashib ketarkan ora orada jilmayib ham qo'yardi . Jimin unga bir necha bor gapirgandan keyin ham uni etiborga olmagan qizdan jaxli chiqqanidan chiqdi va mashinani keskin burib yo'l chetiga to'xtatdi . Mashina ichidan keskin qadamlar bilan yurib kelib qizni qo'lidagi telefonni yulib oldi .

Jimin : men senga gapiryabman hoy qiz !

Seoyoung unga qararkan ko'zlaridan o't sachrab turgan yigitdan yuragi silkinib ketgandek bo'ldi va o'zi bilmagan holda sekin javob qaytardi

Seoyoung: t..telefonimni qaytaring !

Jimin : hozir mashinaga chiqasan va men seni uyinga olib borib qo'yaman, o'shanda sen telefoningni olasan .

U shunday deya qizni javobini kutmay ham mashina tomon ketdi . Seoyoung uning ortidan hayron qarab qolarkan , nima qilishni bilamay turganda mashina signalidan turgan joyida bir qalqib tushdi . Sekin qadamlar bilan mashina eshigi oldiga borib , hafsala bilan uni ochdib unga o'trdi .

Seoyoung Jiminga gapriganda unga u hatto javob ham qaytarmadi . Seoyoung ham uning qo'rs muomilasidan asabiylashishi tabiiy ammo unga qayta gapirgisi ham kelmadi.

~
Bir qarasang jentelmen , bir qarasang qo'rs qo'pol. Vokzalda qilgan oliyjanobligidan so'ng unga mehrim uyg'ongandek bo'lgandi , lekin nega yana shunday qo'lolllik qiladi ?! Yana gapirganda etiborsiz qoldiradimiyey , nega chiqdim o'zi mashinasiga ? - ko'zlari , uning ko'zlaridagi qaynoqlik meni kuydirgandek bo'ldi uning ovozi esa negadir meni titratib yubordi uning jismida hukmronlikka o'xshash nimadir bor edi , o'sha payt men o'zimda itoatkorlikni sezdim ammo nega ?!
Hayol bilan bo'lib qolgan ekanman, mashina to'xtaganidan keyin atrofga nazar tashlarkanman qandaydir kafega kelib qolganimizni ko'rib unga o'grildim ammo u allaqachon mashinadan tushib men o'tirgan o'rindiq eshigini ochgandi , unga qaraganimda menga qarab kulib turgan ko'zlarda na g'uborni ko'rdim , na jaxlni unda shunchaki beg'uborlik va samimiy tabbasum mujassamligini ko'rgach beixtiyor mashinadan tushdim .
Ichkari kattagina ekan , odamlar ham serqatnov ammo shunga qaramay ichkari tinch hamma o'z sherigi bilan sokin suhbat qurmoqda bazilar esa burchakda o'tirib telefon yoki nootebokida nimalardir qilyabdi . Bu joyni ko'rgach negadir albatta dugonam bilan aynan shu kafega kelishni reja qildim . Shunday atrofni kuzatib turarkanman bilagimdan kimdir beozor ushlaganidagina hayolot olamimdan chiqdim .

Jimin : Milanga kelganimda bu yerga tez tez kelib turaman , ajoyib joy .

Seoyoung: haa ko'rinib turibdi.. ammo nega bu yerga keldik ?

Jimin : chunki mening qornim och edi .

Seoyoung: ochqagan bo'lsangiz o'zingiz keling edi nima qilardingiz meni ovvora qilib ..

Jimin : men yolg'iz ovqatlanolmayman baxtimga yo'limdan sen chiqding .

Seoyoung yonidagi yigitning javobidan unga angraygancha ergasharkan hali hamon qizni bilagidan ushlab olgan yigit uni hecham qo'yib yubormasdi . Ularga peshvoz chiqqan ko'rinishidan o'rta bo'lyli , uzunchoq yuziga yarashib turadigan tillarang jingalak sochli oq ko'ylak va qora fartuk taqib olgan yigit italiyabchada Jiminga gapira boshladi . Unga ham italiyan tilida javob qaytararkan Jimin va afitsiyant yigitni gaplarini Seoyoung tushunsa ham indamay ularni tinglab turardi . Birozdan keyin ularga yo'l ko'rsatib ketayotkan afitsiyant ortidan jimin va Seoyoung ham ergashdilar.

~
Bir yo'lakdan boshqa tarafga o'tganimizda bu yer avvalgi birinchi kirgan joyimizdek emasdi . Bu yerda odam kam , shovqin ham yoq edi . Va negadir bu yer kafee emas Restoranga ko'proq o'xshardi . Afitsant ko'rsatgan joyga borib joylashdik. To'g'risi bu yerning ko'rinishi menga juda yoqdi . Yana atrofni nurli yoritib turgan qandil ham , drvorlaridagi nafis bezaklar ham restoran ko'rkiga ko'rk qo'shib turardi .

~

Jimin : nima buyurtiramiz ?

Seoyoung Unga qarata berilgan savolga javob berishga shoshilmadi u ham menuni olib afitsiantga Italian tilida buyurtma berdi . Jimin uning savoliga javob bermagan qizga etibor bermay u ham o'ziga buyurtma beridi.
Buyurmalari stol ustiga kelganda jimin ichkilikni ko'rib bir Seoyoungga bir sharobga qarab qoldi .

Jimin : nima sen kichkina ichasanmi ?

Seoyoung unga odatdagidek savol berilgandek shoshilmasdan javob berdi .

Seoyoung: men uchun yomon kun bo'lganda haa ichaman ...

Jimin : nega oddiy qizil sharob ichasan, viski ichamiz.

Seoyoung: men uni ko'tarolmayman mast bo'lib qolaman kerak emas .

Jimin : lekin bunda mast bo'lmaysan , shunchaki tomog'ingni achishtiradi holos .

Seoyoung Unga javob tariqasida keskin ,, yo'q " deya inkor qilib bosh chayqadi .

~

Ahhh aytsamikan bu yerning aynan shu qizil sharobi odamni oyoqda turolmaydigan darajada mast qilishini yoki kerakmasmikan ... to'g'risi men ham bu sharobdan o'ylab ichaman , agar 2 stakandan ko'p ichsangiz umuman hechnarsani anglolmay qolasiz ammo rohatbaxsh ... lekin qarshimdagi nozigoimga qanday qmtasir qilishi menga qiziq shu sababli ortiqcha qistamadim shunchaki tatib ko'rsin...

~

Jimin va Seoyoung restorandan chiqishganda allaqachon soat 9 edi ...

Jimin Seoyoungga yaqin kelib yuzini kaftlariga oldi .

Jimin : Seoyoung, yurolasanmi ?

Qiz javob o'rniga unga keng tabbasum qilib yigitning ymbilagidan ushladi

Seoyoung: n..nnnega siz bunchalik yoo..qimtoysiiiiz ?

Oxirgi so'zlarini kulgi aralash aytgani , ichkilik tasirida ikkala yanog'i olmadek qizarib ketgani jiminga Juda kunlgili ko'rinar edi ...

Jimin : men yoqimtoy emasman ayni payt sen yoqimtoysan .

Jimin qizni bu turishda hechqachon yura olmasligini tushunib uni qo'liga ko'tarib oldi va mashinaga o'tkazdi va o'zi rolga o'tirib mashinani haydab ketdi .

~

Uning qiliqlari o'zidan ham boshqacha , naq bir shishani o'zi tugatdi , bekor uni to'xtatmabman o'zi aslida 1 stakanda mast bo'lgan bu qiz lekin negadir men ham to'xtatmadim . Hozir esa uni shu ahvolda uyiga olib borolmayman , yana uni manzilini ham so'ramaganman iloji yoq uyimga olib boraman .
Lekin men ham biroz ichganman tanam qiziyabdi, o'zimni ushlolaman degan umiddaman...

~

Salom momiqoylarim๐Ÿ’‹
Keyingi qisim HOT ๐Ÿคซ๐Ÿ”ฅ

~

Salom momiqoylarim๐Ÿ’‹
Keyingi qisim HOT ๐Ÿคซ