Autumn Spring ๐... ๐ 5-episode
Negadir birdaniga sovuq tushib ketti , tashqari izg'irin , o'tgan kungi yomg'irdan keyin kuzning iliq tafti o'rnini qish egallagandek zumda izg'irin achchiq sovuq tushdi . Ko'chadagi dov daraxtlar tanasini berkitib turgan barglarini ayoz sovuq bir bir to'kib 3 kun ichida yalang'ochlab qo'ydi . Bu havoning ham gashtini yoshlik, talabalik davrlarida yoqtirar ekansan , avvallari oyim qish va kuz fasllarini yoqtirmasliklarini gapirganda men negadir hayron bo'lardim mana endi ona bo'lib tushunyabman...
Kecha kechqurun nechida uxlaganimni bilmayman 4larga yaqin ozonda uyg'onib ketibman bag'rimda Jiho ham lo'ppi yuzini ko'z ko'z qilgandek pish pish qilib uxlarkan doimgidek asal yanoqlarga lablarimni beixtiyor botirganimni bilan lablarimni kuydiradigan darajada qizib ketganini sezib qo'rqib ketdim . Peshonasini ushlasam lov lov yonyabdi o'rnimdan turib oshxonaga chopib borib dori qutisini olib keldim , harorat o'lchagichni topish ham bir qiyin bo'ldi chunki jiho hech kasal bo'lmasdi axiri uni topib issig'ini o'lchadim, 39ยฐ . Qo'rqib ketdim bolang kasal bo'la turib qanday dori berishni bilamay qo'l oyog'i bog'liq odamdek turish azob ekan . Shu payt telefon qo'ng'irog'i eshitildi qarasam yostig'im ustida o'z telefonim jiringlamayabdi . Mehmonhonadan kelayotkan qo'ng'iroq ovozi tindi va o'rniga tiniq ammo yo'g'on Erkak ovozi eshitildi... Tanidim , bu o'sha nomussizni ovozi ! Bu nimasi ! Kechqurun men eshikni qulflamaganmidim ?! Jaxlim chiqib ketganidan shaxt burilib
Endi o'sha tarafga yurganimda Jiho g'ingshib yig'lay boshladi hozir mavridi emas Euna , hozir nima qilsam ekan ? Shifoxonaga olib borsammikan ? Axir o'zim biror bir narsa qilolmayman ertalabgacha ham kutolmayman yaxshisi tez yordam chaqira qolaman .
Euna : bo'ldi o'g'lim , oyingni qiynama yig'lama Jihoo~
Qo'lidagi bolani bag'riga mahkam tortib yotoq ustidagi telefonni olgan qiz uni yoqishga urindi ammo telefon quvvati o'chganligi sabab yoqolmadi , har har zamonda qo'lidagi bolani peshonasiga barmoqlarini yurgizarkan Jiho qizigandan qizib ketar issig'i balandlashib ketayotganini Euna sezgan sari yurak bag'ri ezilardi...
~
Kechqurun tungi klubdan chiqanimdan keyin to'g'ri kecha kelgan uyga keldim bugun Seoulga qaytishim kerak shunga kecha tashlab ketgan shartnomamni javobini olgani kelgandim bilaman kecha o'laman dod roziemasman degan qizning fikri o'zgarmagan lekin ko'nadi ko'nmay qayerga boradi , eshik ochiq ekan kirishimga telefonim jiringlab qoldi unga javob berarkanman ichkari honadan bolaning big'illab yig'lagan ovozi eshitildi , bu qanday ovoz a quloqni Kar qilaman deydi telefondagi suhbatni chalaligicha yakunlab yig'i ovozi eshitilayotkan hona eshigiga qo'l uzatdim , tungi chiroq yoniq bo'lgani uchun hona ichi nim qorong'i ekan yotoq burchagida bolani bag'riga olgancha bola bilan birga yig'layotkan qizga qarab turarkanman beixtiyor honaga kirdim . Nega bular yig'layabdi , ko'pdan buyon o'zi ham bola bilan yig'alyotkan yosh boladan farqi yo'q onaga qarab nima bo'lganini so'radim , piq piq yig'laganidan bo'g'ilib qolgan ovozida sekin javob berdi .
Euna : issig'i bor ekan tushmayabdi...
Bolani peshonasidan ushlab ko'rdim rostan ham issig'i baland.
Yoongi : nega shifoxonaga qo'ng'iroq qilmaysan?! Bolani ber kiyinib o'zing ham tezroq chiq !
~
Nima bo'lganini bilmayman oxirgi eslaganim Jiho istmasi yuqorilab bezgak tutishiga oz qolgani bo'ldi , oyoq qo'lim qaltirab o'zim ham yig'lay boshlaganimda eshikdan men ,,nafratlanadigan" odam kirib keldi . Shoshib tungi kiyimimni almashtirdimu ko'chaga otildim , mashinaga chiqanimda qo'lida bolani ushlab mashina ro'l tarafida o'tirgan ekan , chiqqach Jihoni menga uzatdi va o'zi ustidagi pidjagini yechib menga uzatdi , hayronman nega u ko'zimga daxshatli ko'rinmayabdi ... balki yaxshilik qilayotkani uchundir ...
Yoongi : ustiga tashlab ol bolani issig'i bor sovuq qotadi .
Qo'lidagi indamay olib Jihoni ustiga yopib oldim . Rostan ham havo Juda sovuq bo'lib ketibdi , Shu topda hayolimga bolaligim keldi esimda qish kunlari edi dadam , buvim va men birga yashardik bir kuni tongga yaqin uyg'onib ketdim uyg'onganimda dadam tepamda sochlarimdan silab zir qaqshab o'tirgan ekan , shundan keyin yana uyquga ketdim ertalab ko'zimni shifoxonada ochgandim keyin bilsam bezgak bo'lib qolgan ekanman o'shanda doktor aytgan bir gap esimda bu gapni buvim ham katta bo'lganimda aytgandi meni issig'im chiqishi mumkin emas ekan , behosdan bezgak bo'lib qolarkanman Jiho tug'ilganda doya aytgandi Jihoga ham mendagi istmaga nojoya ta'sir bor ekan . Shu sababli qo'rqib ketdim eng yomoni bezgak payti istmaga qarshi istagan dorini qabul qilib bo'lmaydi . Hayyolar bilan bo'lib qolibman mashina to'xtagandan keyin pastga tushdik shifoxonaga kirganimizdan keyin Jihoni muolajalar hoansiga olib kirib ketishdi .
Nima qilishimni bilmay qoldim , ichkaridan Jihoni big'illab yig'lagani eshitilar , Shu topda naqadar yomon ona ekanimdan o'ksinib o'zimni ham ushlab turolmay yig'lab yubordim , lenonim pol ustiga cho'kkalab yig'larkanman muolaja hoansida Jihoni yig'isi tindi yuragim shu qadar achishganidan achishar , ichimda bir nima uzilib ketgandek bo'lar edi . Rostan ham men yomon onaman... boyagina yig'i ovozi tingan honadan yana chir chir etgan o'g'limning yig'lagani eshitila boshladi . Betoqatlanib o'rnimdan turdim nima qily ?! Nega kasal bo'ladi men kasal bo'lmaymanmi o'g'limni o'rniga ?! Yana ko'zlarimdan o'z o'zidan yosh quyilib kela boshladi. Atrofga ham qaramanman yelkamga og'ir kaftlar bosilganida o'zimga kelib tepamga qarasam qo'lida yelim idishda suv ko'tarib turgan yigitni ko'rdim-u ko'z yoshlarimni barmoqlarim orasiga artib o'rnimdan turdim , ichkari honadan esa hamon bolam yig'isi eshitilib turibdi ... qo'lidagi suvni uzatgandi chetga burilib devorga yopishtirilgan stollardan biriga joylashdim. Boya olib kelgan suvni endi bilagi orasiga olib tepamga keldi .
Keng karidorda deyarli odam yo'q faqat ora orada hamshiralar uyoq buyoqqa o'tishadi holos . ,, kirish " bo'limidan muolaja bo'limigacha bo'lgan oraliqda bola yig'isi ovozi jaranglaydi . Bu bo'lim yosh bolalarniki bo'lgani uchun ham bu yerda umuman chang g'ubor yo'q hamma yer top toza , linonin pol shiftdagi yorqin chiroqlar gasirida yaraqlaydi hatto yo'lak oxirigacha oppoq yoriq tushib turibdi .
~
Undan minnadorman ammo nimadir yuragimdagi muz unga bu minaddorchiligimni aytishga yo'l qo'ymayabdi . Na gapiraman na unga bir qaray olaman u uzatgan qo'ldan tutdim , baribir ham minadorchilik bildirishim kerak. Unga bir nimani tomog'imdan yutgancha yuzlandim u esa shuni taxmin qilib kutgandek menga tikilib turibdi . Tezroq unga aytadiganimni aytishni istab chaynaldim ...
Yoongi : Jiho mening ham o'g'lim !
Yana ...
Qizning gaplarini bo'lgan yigit o'z so'zlarni o'rindiqqa o'tirgach davom ettirdi...
- yana senga aytgan taklifim javobini aytasanmi ?! Ha javob berishga shoshilma agar ,, yo'q "
desang Jihoni olib ketaman .
Qiz javob o'rniga yerga qarab achchiq kulimsiradi ko'zlaridan tomgan yoshni sidirib tashlab yigitga yuzlanib dona dona qilib gapira boshladi .
Euna : Hechqachon , men sendaka odamning jirkanchliklariga botmayman .
Yoongi zaharhandalik bilan yana unga pesh chiqdi .
- Men jirkanchman ammo mendan bo'lgan o'g'il shirin shundaymi ?
Qo'lidagi suvdan ho'plagan yigit qizning asabilashgandan kipriklari pirpirab lablari titrashini kuzata boshladi ...