November 29

Hold me tight 4-episodeโ˜†

Hold me tight
Ep 4

Kech tushguncha xonamdan chiqmadim, ertalabki suhbatdan so'ng deyarli hech narsa gaplashilmadi. Shunchaki meni xonamga chiqarib yuborishdi aftidan o'sha yigitni tanimaganimni aytishim ularga hush kelmadi chog'i menga qovoq tumshuq qilib olishdi, zinalar bo'yi pastga tushar ekanman mehmonlar hali ham ketishmaganini payqadim. Dadam ham bugun kompaniyadan erta qaytibdi va yonidagi mehmonlardan biri bo'lmish erkak bilan ayvonda qizg'in suhbat qurishayotgan bo'lsa, suyukli o'gay onam o'sha ayol bilan bir biriga gap bermay kulishardi.

- qizim bu yerga kel o'tir sen bilan yaqindan suhbat qurmoqchiman - boyagi ayol meni ko'rishi bilan yonidan joy ajratib kelishimga ishora qildi. Bu safar unga muloyimlik bilan yonidan joy oldim.

- ancha ulg'ayibsan, oxirgi marta seni ko'rganimda beg'ubor qizaloq eding endi bo'lsa ulg'ayib haqiqiy kibor xonimlardek bo'libsan - ayol og'iz to'ldirib meni maqtash davomida sochlarimni silab qulog'im ortiga o'tkazdi. Bunga nisbatan men ham mamnuniyat bilan unga kulib qaradim.

Xizmatkor kechki ovqat tayyor bo'lganidan xabar berganda hammamiz stol atrofiga yeg'ildik lekin akam hali hamon uyga yo'q edi kechki ovqatga yetib kelmagani uchun dadam uni jazolashi aniq shuning uchun undan havotir olayapman.

- bizning yigitimiz qayerda qoldi? uni qanchalar ulg'ayib kelishgan bo'lganini ko'rish istagimiz bor - Liza xonim yonidagi ayolga savol nazari bilan qarab aytgan gaplari hammani to'xtab unga qarashga undadi.

- Jungkook tez orada kelib qoladi - ayol biroz hijolatomuz ifodani aks ettirgan holda javob berdi.

- Hech qisi yo'q, bizning Jimin ham halicha kelgani yo'q - Liza xonim endi gapga Jiminni ham qo'shishi Bonani jahlini chiqardi.

- Rostan ham Jimin ko'rinmaydi, u qayerda? Uni ham ko'rmaganimizga ancha bo'lgandi.
Erkakning qiziqish bilan aytgan gaplaridan Janob Parkning biroz jahli chiqdi, chunki u o'g'lini uyda mehmonlar bo'la turib kechki ovqatga yetib kelmaganini mas'uliyatsizlik deb baholardi.

- Bilansanmi, Doyun Jiminning qo'shimcha mashg'ulotlari ko'p shuning uchun odatda kechki ovqatga vaqtida yetib kela olmaydi. Buning uchun mazur tutasizlar - janob Park bu safar biroz tabassum bilan gapirdi.

- Buning uchun uzr so'rashni keragi yo'q albatta, yoshlarni tushunishimiz kerak axir o'z kelajagini yaxshi ta'minlash uchun qattiq harakat qilishyapti, hozirgi raqobat kuchli bo'lgan hayotimizda eng muhim narsa ham shu.

Eshikdan kirib kelgan yigitga hamma birdek nazar tashladi. U ohista qadamlar bilan stol atrofidan joy olgan mehmonlarga odob ila salom berdi.
- Aneyonghaseyo, kechikkanim uchun mazur tutasiz mashg'ulotlarim biroz cho'zilib ketti.

- xush kelibsan Jimin - Jeon xonim yigitga quvonch ufurib turgan nigohlari bilan qaradi.

- omoo kichik Park ulg'ayib ancha kelishgan bo'libdi. Tan olish kerakki sen yoshliginda bunchalik husnli bo'lmagansan Jack - Janob Doyun ham ayoliga hamo hang tarzda gapirdi.

- maqtovlar uchun tashakkur, sizlarga yoqimli ishtaha - Jimin yana bir bor tazim qilib xonasiga ko'tarilish uchun shaylandi.

- ovqatlanmaysanmi? - Liza xonim o'g'liga kuyukkandek savol berdi.

- och emasman - Jimin ayolga orqa qilgancha gapirib zinadan tepaga ko'tarildi.

Bona

Yana bir borgi eshikning xizmatkorlar tomonidan ochilishi endi stol atrofidagilarning ishtahasini buzilishiga sabab bo'ldi. Eshikdan kirib kelgan yigit biroz uyalish hissini aks ettirib, tazim qildi.

- kechirasizlar kechki ovqatga biroz kech qoldim.

- sen uchun ham hech qisi yo'q, menimcha bunday kech qolishlarni bugun yetarlicha ko'rib bo'ldik - Liza xonim hazilomus tarzda Jungkookga kulib gapiridi.

- kelaqol o'g'lim senga hozir qo'shimcha likopcha olib kelishadi.

- men do'stlarim bilan ovqatlangandim.

- men ham to'ydim, agar Jungkook och bo'lmasa men unga xonamni ko'rsatmoqchiman, bunga ruhsat berasizlarmi? - Qiz o'rnidan turib ularning gaplarini bo'ldi.

- albatta qizim Jungkook bilan xonangga chiqishingiz mumkin, sizlarga mevalar yuboraman.

- ovorama bo'lmang, ko'p qolib ketmaymiz.
Qiz yigitning oldidan "ortimdan" deya ishora qilib zinalardan tepaga ko'tarildi.

- ufff...hammangizga yoqimli ishtaha
Yigit yuzida soxta kulgi paydo qilib hammaga yana tazim qilidida qizning ortidan ergashdi.

Xona oldida to'xtab eshikni tutgan qiz yigitga kir deya eshik ochdi.

- ohoo xonang namuncha qorong'i, dekoratsiya ishlarida uquvsiz ko'rinasan.
Yigit xonani tekshirish davomida yo'lida to'xtamay qizning yotog'iga o'tirib qo'llarini orqasiga tirab oldi. Uning gaplariga etibor bermay hali ham xona chetida ensa qotirib turgan qizni ko'rishi bilanoq yuzini jiddiylashtirdi.

- nima istaysan?

- kel gaplashib olamiz! - Qiz ham yigitga yaqinlashib uning oldidan joy oldi.

- meni tanimaysan deb o'ylagandim.

- umuman olganda men seni o'sha kunning o'zidayoq taniganman.

- lekin yuz qiyofangdan tanimagadek eding.

- to'g'ri boshida biroz ikkilanish paydo bo'lgan bo'lishi mumkin ammo sening bu suyuq basharangdan tanimaslikning iloji yo'q.

- imhmhm suyuqmanmi? - Yigit qizga lab uchida tabassum qilib yaqinlasha boshladi, uning harakatlari qizni belida tutish va qiz uni o'zidan itarishi bilan tugadi.

- oldin ham shilqim eding, hozir ham shilqimligingcha qolibsan - Qiz yigitning qiliqlaridan yuzini burishtirib sekin uzoqlashdi.

- yaa qanday qilib 7 yoshimda shilqim bo'lishim mumkin? - Yigit qizning gaplariga norozilik bildirdi.

- biroz jiddiy bo'la olasanmi?

- xo'p yaxshi, nima demoqchi eding?

- kelishuvni aytmoqchiman, kelishib olishimiz kerak....

Jungkook

Kechki ovqatdan so'ng hamma o'z xonasiga kirib ketti. Janob Park va Liza xonimning qistovlari bilan Jeonlar oila yana bir necha kun ularni uyida mehmon bo'lishga rozi bo'lishdi.

Iliq dushdan so'ng sochlari nam holda sochiq bilan quritayotgan qiz tashqaridan kelgan baland mototsilk ovozi tufayli xonaga tutashgan ayvonga chiqdi.

- kech bo'lganda qayerga ketyapti? - biroz yuzida havotir aks ettirib xonasiga qaytgan qiz ko'zgu oldiga yaqinlashib sochini quritishda davom etdi.

Shahar ko'chalari bo'ylab katta tezlikda mashinalarni quvib o'tayotgan mototsikl kichik kafe oldida to'xtadi, yigit boshidagi shlemni yechib mototsikldan tushdi va kafening ichiga kirdi. Bosh stullardan birini egallab, o'ziga kerakli bo'lgan insonni qidira boshladi
.
Deyarli yarim soatdan buyon joyidan siljimay kuyib pishib ishlayotgan qizni kuzatib o'tirgan yigit bazi bazida ho'rsinib qo'yardi. U qizga tikilishdan hech ham charchamasdi, uning har bir harakatidan qandaydir uyg'unlik hissini olardi. Vanihoyat belgilangan ish vaqti ham o'z nihoyasiga yetdi, kiyimlari o'zgargan qiz eshik tomon yurganini ko'rgan Jimin o'rnidan turib uni orqasidan ergashdi. Qiz eshikdan chiqib ho'rsindi va piyoda yurishga qaror qildi, yo'l bo'yi shaharning shovqin suronli, mashinalar ko'p qatnaydigan mavzesidan hayol surib borarkan Jimin ham unga ergashgan holda sekin qadam tashlardi.

Pov Jimin
U nega bunchalar sokin?.... Nega o'zi uni ortidan yuribman? Buni o'zim ham bilmayman shunchaki ayni vaqtda uni yonida bo'lish meni xotirjam qilayapti.

- sabringga qoyilman, men seni kuzatib charchab kettim - bekat oldida o'tirgan qizni yoniga o'tirish barobarida gap boshladi.

- senn?? bu yerda nima qilyapsan?

- shunchaki kechki sayrga chiqqandim.

- meni kuzatib yuribsanmi? - bu safar qiz qo'pol ohangda savol nazari bilan qaradi.

- yo'q albatta, aytdimku shu yerdan o'tib ketayotib seni ko'rib qoldim deb - yigit qizni ko'zlariga tik qarab tap tortmay yolg'on gapirdi.

- xo'sh o'zing kech bo'lganda bu yerda nima qilyapsan? - endi yigit xuddiki hech narsadan habari yo'qdek savol berdi.

- men ham sen kabi kechki sayrga chiqdim deylik.

- tushunarli.....avtobusda ketasanmi?

- ha, bu taksidan ancha qulayroq.

- uying qayerda?

- yaa nega doim shaxsiy savollar beraversan? - qiz jahli chiqqan kabi o'qrayib qaradi.

- buning nimasi shaxsiy? shunchaki manzilingni so'radim xolos.

- bularning hammasi menga tegishli shunday ekan menga bunday savollar berma. Xayr men kettim ertaga o'qishda ko'rishguncha.

Avtobusi kelgan qiz Jiminga qo'l siltagancha ketdi. Bekatda esa faqatgina yigitning o'zi qoldi. Endi u xotirjamlik hissini beruvchi narsasini yo'qotgandek yuragini ushlab oldi.

Jimin

~

Raya

~

Cafe