๐ญ๐ก๐ ๐ฅ๐จ๐ฏ๐ ๐จ๐ ๐๐ฑ๐ข๐ฌ๐ญ๐๐ง๐๐...๐ฑ 1- episode
Erta tongda uyg'onarkanman bugun har galgidan ham yengilroq ekanimni tanamdagi yengillikdan his qildim . Mana bugun men 18 yoshga qadam qo'ydim...
Har gal tug'ilgan kunimda toqqa chiqardim ammo bugun o'rmon ortidagi daryo bo'yiga boraman...
~
O'rnidan turgan qiz yotoq tepasidagi daftar va qalamni olib shoshib shoshib birnimalarni yoza boshladi... goh tez tez qalab tebratar gohi esa tashqaridan sarg'ish nur deraza darpardasidan mo'ralab , yengil va iliq yoz shamolini yetaklab kirishiga va tabiatdagi daraxt barglari mutassil mayin tebranishiga qarab hayol surib qolardi va yana bir qancha so'zlarni gaplarga ulab qog'oz ustiga yotkizib chiqqach o'rnidan turdi va yotoq ustini tartiblab bir bir qadam bosib deraza oldiga borgach toza tong havosidan to'yib nafas olgan bo'ldi .
~
Bugun har kungidan ham havo ajoyibroqdek , qushlar boshqacha sayrayotkandek , quyosh o'zgacha nur sochayotkandek , maysalar ham oddiy tebranmay huddi quvnoq raqs tushayotkandek ko'rinyabdi . Balki hayotimda boshqacha bir mo'jiza yuz berar...
~
Hayolidan o'tgan oxirgi jumlaga soyun ham ishomgisi keldi. Ammo bu holat yuz berishi dargumonligi miyyasida bong Ursa ham yuragi buni har eslaganda pastga siyliqib ketganda tomog'iga achchiq olovli to'p tiqiladi ammo buni har galgidek azobli tabbasumi ortiga berkitdi.
~
Bugun yig'lamayman ... hammasi ortda qoldi... dadam ham rahmsiz buvim ham ... 2 yildan buyon ular meni yo'qlashmadi endi nega men ularni sog'inishim kerak ?!
~
Derazadan tushayotkan yorqin nurni to'rli darparda ortiga berkitdi . Lekin kajbahs quyoshbobo yanayam charaqlagandek parda bilan olishib hona ichiga avvalgidek porlash ila nur olib kelmoqda . Ko'zlarida liq yosh bilan shikafcha ustidagi o'rtacha kattalikdagi suratni oldi va bag'riga bosib ko'ziga to'lgan yoshni bag'ri ezilib yig'lab yubordi..
~
Yana , mana yana yig'layabman oyii~ Bilaman yig'lamasligim kerak... ammo nega aynan men nega menga tuhmat qilishdi ... o'gay onam meni qiynasa ham dadam uchun o'sha uyda edim ... rahmsiz buvim menga do'q po'pisa qilsa qoldim...
Chidolmadim oyi~ menga tuhmat qilishlariga chidolmadim men o'g'ri emasdim... mayli , men hozir mana shu yolg'izlikda baxtliman . Menda siz bor ... sizning suratingiz bor men baxtliman ...
~
Qo'lidagi suratni oxirgi bor ko'ksiga bosgan qiz yanoqlarida qotib qolgan ko'zyoshlarini artgan bo'ldi .
~
Bugun daryo bo'yniga boraman men ko'pincha o'sha yerga boraman u yerdagi majnuntol mening eng sevimli daraxtim . Biz bir birimizga o'xshaymiz sababi uzundan uzun daryo bo'yida yolg'iz o'zi umr kechirmoqda...
Tashqariga chiqqanimda kun issiq edi ammo baxr dilni ochadigan issiq shamol esmoqda. Uyim oldida avval hechnarsa yoq edi bir uyim yovvoyi o'tlardan boshqa , hozir esa qarasangiz ko'nglingiz ochiladigan , sariq chuchmomalar barq urib ochilib yotibdi , to'g'risi men hozir qandaydur baxtliman 2 yildan buyon bunday bo'lmaganman , balki bugun tug'ilgan kunim bo'lgani uchundir... yolg'izlik qo'rqinchli deb o'ylardim lekin unday emas ekan , siz unda o'zingizni toparkansiz. Men topdim...
O'zim yashashim qo'rqinchli emas aksincha yaxshiroq o'gay ona , do'q po'pisalari limmo lim buvi bilan yashagandan yolg'iz yashashim ancha yaxshi...
~
Qo'lida kichik to'rhalta , quchog'ida esa muqovasi talaygina bo'lgan 2 ta kitobni ko'tarib olgan qiz yengil qadam bosgancha ketarkan va nihoyat asosiy yo'lga daryoga olib boradigan so'qmoqqa chiqib oldi . Yo'l unchalik katta emas , yo'lning ikki chetidan ulkan daraxtlarning yam yashil barglari orasidan quyoshning sarg'in nurlari ohista mo'ralamoqda. Havoda esa yoz tafti ufirib turibdi...
~
Bu joylar yoz faslida yanayam chiroyli bo'lib ketadi . Men bu yerda 2 yildan buyon yashayman . Hozirgi yashayotkan uyimga avval 1 marotaba oyim olib kelgandi , aniq eslolmayman 6 yoki 7 yosh paytlarim oyim bilan kelgandik . O'shanda menga oyim bir gap aytgandi , hozir aniq eslolmayman ammo oxirgi jumlalari yodimda qolgan ekan ,, bu yerga albatta kel , qizalog'im bu yerda baxtli bo'lasan " . O'sha mudhish kunda , o'gay oyim va buvim meni uydan yelkamga tuhmat toshini ilib haydagan kunlari yodimga shu hozirgi yashayotkan avval o'z oq gulchanbarim - onam yashagan uylari yodimga lop etib urildiyu , avtostansiyadan shu qishloqqa bilet olib avtobusda yo'lga chiqdim . Mana shundan keyin mendan hech kim habar olmadi. Ichingiz og'rirkan siz qarndoshim degan kimsalar sizga keraksiz buyumdek nazarda tutishlaridan dilim og'ridi ammo undaylardan men ham kechdim ... kerak emas dedim... ammo mening dadam bor o'sha uyda , o'sha g'urbatxonada mening dadam bor , u kasal yurolmaydi men borib olib ketishni so'radim ko'nmadi , ilojsiz qaytib keldim, lekin har oy dorilarini olib beraman . To'g'ri oddiy hikoya yozishdan naf yoq ammo o'zimga yetarlicha pul topolaman , yangi boshlaganimda yashashimga yetadigan pul bo'ldi ammo hozir dadamga dorilariga ham orada mablag' ajratyabman har holda padarim , nima qilsin axir uyda 2 jodugardan ham yomonroq buvim va o'gay onam bor . Aslida ularga dadam emas ularni kassaligiga keladigan nafaqa puli kerak ...
Hozir so'qmoq bo'ylab ketarkanman hayolimga oyim keldi.. mening oyim ... nurli farishtam... oyim Juda mehribon edi , men ham oyimdek ona bo'laman...
~
Soyun daryo bo'yiga kelguncha kun yanayam isib ketgandi ammo daryo bo'yi salqin va ora orada yengil shamol havoda sizib o'tishi natijasida daryo qirg'og'idagi majnuntol shohlari nozik tebranmoqda . Soyun kelgach majnuntol tagiga o'zi bilan olib kelgan torhaltdan oq choyshabni olib yerga ko'rk berib turgan yashil nozik maysalar ustiga yozdi , va uning oldiga shaxsan o'z qo'llari bilan tayyorlagan sharbat va Shirinlikni ham oldi . Qo'liga doim o'zi bilan olib yuradigan o'zi sevgan romanini olib choyshab ustiga sho'kallagancha mutola qila boshladi...
~
Bu yerlarga kelganimga hali 1 hafta ham bo'lmadi ammo bu yerning toza ajoyib havosi odamni tetiklashtirar ekan. Hamma joy yam yashil , daraxtlar ko'p tog'lar esa bir biridan ulkan , ularni ko'rishingiz bilan mo'yqalamni ishga solib qog'ozga tushirgingiz keladi . Tog'lar uchida oq qalpoqdek bo'lib turgan qor , va undan quyiroqda sarg'imtil bo'lib ochilgan chechaklarni ko'rib ajib bir hislat sizni chulg'aydi va o'z o'zidan hayolga tolasiz . O'tgan 1 haftadan buyon bir nechta suratlarni ishladim , bu yerga aslida 3 kunga kelgandim ammo hozir umuman ketgim kelmayabdi birinchidan bu joyda manzara ko'p ham chiroyli va toza havoga ega maskan , ikkinchidan by yerda odamlar ko'p bo'lmagani uchun shovqin suron yo'q bunday joyda rassom odamga o'z o'zidan ilhom keladi va bu menga ayni muddaodir .
~
Qo'lidagi mo'yqalamni suv bilan tozalagach maxsus idishchaga solayotkan yigit oxirgi ishini maxsus fartukni yechish bilan yakunladi. Ayvoncha chetiga cho'kka tushgancha atrofga termulib turgan yigitning yuziga iliq shamol urilarkan ko'zlarini yumgancha chuqur nafas olib chiqardi va ko'zlarini ochib yana olis tog'larga boqqanda ko'ngli yorishib ketgandek bo'ldi .
~
Jungkook ichkariga kirib qo'liga o'zi doim olib yuradigan rugzagini oldi va bugun ham yangi surat chizish uchun sayohatga chiqdi . U kelgandan buyon bir nechta joylarga bordi va turli xil suratlar chizdi. U aslida qobilyatli ammo hammada ham turli ilhomlanish usuli bo'ladi , uning uslubi shunday har bir chizgan suratini har xil ko'rganzmalarda qimmatga sotib olishadi va u eng taniqli rassomlar qatorida ekanini ko'pchilik san'atdagi shaxslar biladi .
~
Doimgidek ajoyib manzara , daryo , daryo bo'yida esa maysalar barx urib yotibdi . Uzoqdan qaraganda kichkinagina ko'ringan majnuntol yaqinrog'idan qaraganimda anchagina ulkan ekanini angladim, shoxlari shu qadar uzun ediki , yer yuziga tegay tegay deb turardi . Etibor bermagan ekanman uning narirog'ida maysa ustiga choyshab solib bir qiz kitob mutoala qilarkan beixtiyor unga ko'zim ymtushdi va ko'zlarimni undan olib qocholmay qoldim , bir qarasa kulib tabbasum qilib kitob mutola qiladi va tezda yuz ifodasi o'zgarganidan qo'lidagi kitobi romantic janrdagi Roman ekanini angladim . Bilmayman uni shu zayl 30 daqiqacha kuzatib turdim balki yana kuzatib turishni davol ettirardim ammo u kitobini qo'yib atrofga nazar tashlaganda undan beixtiyor ko'zlarimni uzdim . Sekin u tomon qararkanman u qo'llarini ortga tashlab ko'zlarini yumib oldi . Shu holda qarab turarkanman uning tim qora uzun sochlari, kichkinagina burunchasi oppoq yuziga qo'ndirilgandek turishini ko'rib uni yaqindan ko'rgim keldi ammo o'sha qizni uzoqdan kuzatishni afzal bildim.
~
Negadir doim oxiri yaxshilik bilan tugaydigan hikoyalarni yoqtiraman , mening eng sevgan romanim mana shu kitibdir qachonki men uni o'qiganimda qachondir hayotimga kirib keladigan o'sha insonim haqida o'ylayman, nega bilmadimu men Roman ichidagi yigitga havas qilaman. U rostan ham o'z yorini qattiq sevgan...
Men yoshligimdan arg'inchoq uchishni yoqtiraman ammo oyim vafot etganlaridan buyon biror marotaba atg'imchoq uchmabman naq 8 yildan buyon yoqtirgan mashg'ulotimni qilmabman . Torhaltada arqon olib kelgandim anchagina mustahkam menimcha meni ko'tara oladi..
~
O'rnidan sakrab turgan qiz ni ko'rib undagi energiyaga qoil qoldim quvnoq ekani harakatlaridan ma'lum , o'rnidan turib qo'liga arqon oldi undan keyin katta majnuntol shoxiga o'rmalab chiqdi to'g'ri 2 marotaba sorg'alib tushdi ammo baribir chiqdi , chiqqach bir ikki qadam bosib kattagina shoxga qo'lidagi arqonni arg'imchoq uslubida bog'ladi. Avvaliga kap katta qizning qiliqlariga kulgim keldi ammo u qizda beg'uborlik borligini sezdim negadir uni kuzatish yoqyabdi .
~
Ana bo'ldi endi qanday qilib arg'imchoqqa o'tirishni o'ylashim kerak biroz uzoqroq bo'libdi ammo uddalash mumkin...
~
Yasagan arg'unchog'i biroz bo'shroq bo'ldi , yiqilmasa bo'lgani .
~
Soyun 2 3 bor qayta qayta urinishlar bilan va nihoyat arg'imchoqaa o'tirib oldi. Har borib kelganida suv yuzasiga yalang oyoqlarini tekizarkan zabqdan lablarida mayin tabbasum porpirardi . Sochlari esa tabiatda selkinarkan , qizning kalta ko'ylagi etagi hilpirar uni tashqaridan ko'rgan odam uning zavqlanishini ko'rib beixtiyor u ham sherik bo'lardi .
~
Aslini olganda majnuntol tanasi silliq bo'ladi , va unga arg'jmchoq ilib bo'lmaydi ammo soyun bundan behabar unga arqon bog'lab arg'imchoq uchmoqda . Miriqib ucharkan birdan qattiq silkindi yuqoriga tezlikda qaragan qiz arqon bog'langan tuguni allaqachon bo'shab qolganini ko'rdi ammo arg'imchoqan tusholmaydi chunki u ko'lning qirg'og'idan uzoqda shu , yana bir silkinish va qiz suvga tushib ketdi.
~
Nima bo'lganini bilayman bir mahal o'tirgan arqonim silkindi yuqoriga qarasam ipidan bo'shab qolgan ekan hechnarsa qilolmayman , agar hozir soyga tushgan chiqolaman suzishni bilaman . Hozir aniq bilaman tukkan tuguncham yechiladi va men suvga tushman ammo hechnarsa qilmaydi chiqib olaman . Kutganimdek bo'ldi , arqon bo'shab suvga tushdim ammo negadir suzolmayabman , namuncha oqib tez bo'lmasa , ko'rinishidan sekin ko'rinardi usti sokin ichi tez oqar ekan ... ayshshsh...
~
Qizni suza olmayotkanini ko'rgan yigit u tomon chopib kelarkan hech o'ylab o'tirmay daryoga o'zini otdi. Qizni belidan ushlab qirg'oqqa olib chiqqan yigit uni maysa ustiga qo'ydi va o'zi quloqlariga kirgan suvni chiqarib yuborish uchun qulog'i ustiga qoqqancha qizga qaradi , qaraganda soyun hech qanday qimirlashlarsiz yotarkan Jungkook qo'rqib ketdi va qizni oldiga cho'kkalagancha uning yuziga kaftlarini bosdi yurak urishini tekshirish uchun soyunni chap ko'ksiga quloqlarini bosib ko'rdi.
Jungkook : ayshshsh , sust Juda past , nima qilish kerak edi...
Yigit asabiylashgancha ko'zlari oldiga tushib g'ashiga tegayotkan ho'l sochlarini ortga qo'li bilan siqib taragan bo'ldi va qizni oldiga bordi .
Jungkook Soyunning yuzini osmonga qaratgancha avval burnini bir qo'li bilan chimchilab berkitdi va uning bejirim kichkina qulpunaydek lablarini orasini ochib o'zi unga suniy nafas bera boshladi. Uning lablari orasiga shu zayl 2 daqiqa nafas tuhfa etgan jungkook lablarini uzdi va ikki kaftini birlashtirib qizning ko'ylagi oldini ochdi va bag'rini ezib yurak mashqini qilganda 5 chi bor masajdan keyin qiz yo'talgancha yonboshlab boya cho'kib ketganda yutgan suvlarini chiqara boshladi .
Yigit unga qarab turarkan qiz o'zini yana maysa ustiga tashlab yubordi , jungkookning ko'zlari esa hamon maysa ustida ko'zlarini yumib holsizlanib yotgan qizda edi. U qizga yaqindan etibor berdi va Unga yaqin kelib uning yuzini tomosha qila boshladi .